40
uzunligi 3,75 mm.ga yetadi. Bu hujayralarning yadrolari juda tarmoqlangan,
hujayra olti qirrali. Har bir hujayra tashqi tomonga qayrilgan va ichki tomoni botiq
bo’lib, bezning yarim aylanasini qoplab turadi. Ipak bezida ikkita hujayra – biri
bezning qalin halqasimon devorining yuqorisini, ikkinchisi pastki yarmini tashkil
etadi. Bezning o’rta qismida yorug’lik hosil bo’lgan,
bu bezning naychasi
hisoblanadi. Bezli hujayralar ajratib chiqargan mahsulotlar ana shu naychalarga
tushib to’planadi. Hujayralar ajratib chiqaradigan mahsulotlarning asosiy
to’planish joyi ajratib chiqaradigan mahsulotlarning asosiy to’planish joyi suyuqlik
pufagidir. Bu organga rezervuar deb aytiladi. Bezning o’rta qismidan o’tadigan
naycha spiralsimon yo’g’onlashgan xitin kutikula bilan qoplangan. Kutikulaning
hamma yeridan juda mayda naychalar ketgan bo’lib, bular orqali hujayralar ajratib
chiqargan mahsulotlar asosiy nayga o’tadi. Lekin, ipak chiqaruvchi yo’llarda
kutikula boshqacharoq tuzilgan bo’lib, undan ipak massasi o’ta olmaydi.
Qurt o’sgan sari bez ham kattalashadi,
lekin bez hujayra sonining
ko’payishi hisobiga emas, balki hujayralar o’lchamining yiriklashuvi natijasida
kattalashadi. Beshinchi yoshida serhosil zotlarda bezning bo’yi ipak qurtining
bo’yidan deyarli besh marta uzun bo’ladi va 35 sm ga, og’irligi 1,7 g ga yetadi.
Toq chiqaruv yo’lining o’rta qismida siquvchi apparat bo’ladi.
Siquvchi apparat atrofida ipak chiqaruv yo’lining devori yo’g’onlashgan va
orqa tomondan kanalga taqalib turgan bo’ladi, buning natijasida kanal yoysimon
shaklga kiradi, bunda uning botiq tomoniga yuqoriga qaragan bo’ladi. Devorining
yuqorigi va pastki qismlari ayniqsa yo’g’onlashgandir.
Ipak qurtining
orqa tomonidan yuqoriga, yonga va pastga tomon uch juft
kuchli muskul chiqadi, bu muskullarning ikkinchi uchi teri qoplamining ichki
sirtiga birikkan bo’ladi. Muskullar qisqarganda siquvchi apparatning orqa qismi
salgina ko’tariladi. Bunda kanalning yo’li kattalashadi, muskullar bo’shashganda
esa orqa qismi pastga tushadi va kanalning yo’li torayadi.
Natijada siquvchi
apparat yordamida ipak qurti pilla o’rash uchun chiqaradigan ipakning yo’g’on-
ingichkaligini ma’lum darajada boshqarib turadi.
41
Shundan so’ng, juft ipak o’tkazuvchi yo’llarining bitta toq ipak o’tkazuvchi
yo’liga qo’shilish joyida orqa tomondan unga shingilsimon kichkina bezning
chiqaruv yo’llari ochiladi, ular “Lione” bezlari deb ataladi.
Ipak ajratadigan pilla ipagi ikki toladan iborat bo’lib, bu tolalar bir-biri
bilan bir tekisda va juda puxta birikkandir. Ipak tolasi chin ipak – fibroin va
fibroinni yupqa qatlam bo’lib, o’rab turuvchi yopishqoq yelimsimon modda –
serisindan iborat. Ipak tolasini 70-80 foiz fibroin va 20-30 foiz serisin tashkil etadi.
Bulardan tashqari juda oz miqdorda 2,5-3,5 foiz mineral va mumsimon moddalar,
pigmentlar bor.
Xulosa qilib aytganda, ipak bezi faoliyati qurtxonadagi haroratga bog’liq
bo’lib, qurt boqish jarayonida haroratni me’yoridan past (20-21
0
S) yoki ortiq (28-
29
0
S) bo’lishi ipak ajratuvchi bezda ipak moddasini
kam sintezlanishiga olib
keladi. Natijada pilla o’rash davrida qurtlar vazni yengil, qobig’i yumshoq yoki
qotib qolgan, sifati past pillalar o’raydi.
Demak, tut ipak qurtining ipak bezi faoliyati qurtxonadagi havo harorati va
pillalarning biologik ko’rsatkichlari orasida o’zaro bog’liqlik pilla vazni, qobig’i
og’irligi va ipakchanligiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu esa o’z navbatida
qurtxonadagi haroratni qurtlarning yoshiga qarab mo’tadil
darajada saqlash
zarurligini bildiradi.