|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 128/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)Aks – protokol. ICMP protokoli tarmoq tugunlariga erishishni nazoratlash uchun tarmoq adminstratorlariga vositalar taqdim etadi. Bu vositalarni xabarning ikki turi bilan almashishni kirituvchi aks-protokol: aks-talab va aks- javob tasavvur etish mumkin. Kompyuter yoki marshrutizator inter tarmoq boʻyicha aks-talab yuboradi, unda tugunning IP manzili koʻrsatiladi. Aks-talab olgan tugun aks-javobni tashkil qiladi va talab yuboruvchiga-tugunga xabarni qaytaradi. Talabda boʻlgan ayrim maʻlumotlar, javobda qaytarishi kerak. Chunki aks-talab va aks- javob tarmoq boʻyicha IP paketlar ichida uzatiladi va ularni muvoffaqiyatli yetkazib berish, inter tarmoqni butun transport tizimining normal ishlashini bildiradi.
Belgilash tuguniga yetishmaslik toʻgʻrisida maʻlumotlar
Marshrutizator IP paketni yubormasa yoki yetkazib bera olmasa, u paketni yuboruvchi tugunga “Belgilash tuguniga yetishib boʻlmaslik” (3-xabar turi) xabarini yuboradi. Bu xabar kod maydonida, paket nima uchun yetkazib berilmaslik sababini aniqlovchi mazmunga ega. Sabab quyidagicha kodlanadi (4.3.2-jadval):
4.3.2-jadval
-
Kod
|
Sabab
|
0
|
Tarmoqqa yetishib boʻlmaydi
|
1
|
Tugun yetishib boʻlmaydi
|
2
|
Protokolga yetishib boʻlmaydi
|
3
|
Portga yetishib boʻlmaydi
|
4
|
Fragmentatsiya talab etiladi, 2F bit esa oʻrnatilgan
|
5
|
Manba bergan yoʻnalishda xato
|
6
|
Tayinlash tarmogʻi nomaʻlum
|
7
|
Tayinlash tuguni nomaʻlum
|
8
|
Tugun-manbaga ajratish
|
9
|
Tayinlash tarmogʻi bilan oʻzaro ishlash adminstrativ taʻqiqlangan
|
10
|
Tayinlash tuguni bilan oʻzaro ishlash adminstrativ taqiqlangan
|
11
|
Servisning berilgan sinfi uchun tarmoqqa erishib boʻlmaydi
|
12
|
Servisning berilgan sinfi uchun tugunga erishib boʻlmaydi
|
Marshrutizator qandaydir sabab bilan tarmoq boʻyicha 10 paketni uzata olmasligini aniqlasa, tugun manbaga ICMP xabarini yuboradi va keyingina paketni olib tashlydi. Xato sababidan tashqari ICMP xabari yetkazib berilmagan paket sarlavxasini va maʻlumotlar maydonining birinchi 64 bitini xam kiritadi. Tayinlash tarmogʻi yoki tuguniga apparaturaning vaqtincha ishdan chiqishi, yuboruvchi belgilangan manzil notoʻgʻri koʻrsatkichga xamda marshrutizator belgilangan
tarmoqqa yoʻnalishi toʻgʻrisida maʻlumotga ega boʻlmaganda erishilmasligi mumkin. Protokol va portga erishilmaslikdan tayinlash tugunidagi qoʻshma darajaning qaysi bir protokolida amalga oshishishi yoki UDP yoki TCP protokollarining ochiq porti yoʻqligini bildiradi.
|
| |