Yig„ish ishlarini avtomatizatsiyalash




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/123
Sana20.05.2024
Hajmi8,1 Mb.
#244991
TuriУчебник
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   123
Bog'liq
Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

6.4. Yig„ish ishlarini avtomatizatsiyalash 
Mashina tayyorlashni umumiy mehnat sig„imida yig„ish ishlari ulushini kattaligi 
va yig„ish umumiysiklini uzunligi yig„ish ishlariniavtomatizatsiyalash muammolarni 
dolzarbligini ko„rsatadi. Bu muammoni echish orqali nafaqat mahsulot sifatini 
oshirishga uni ishlab chiqarish samaradorligiga erishiladi, balki muhim ijtimoiy 
vazifa-yig„ish jarayonlarida foizi 60-80 gacha boradigan charchatadigan jismoniy 
qo„l mehnatini kamaytirish, ba‟zida yo„qotish imkonini beradi. 
Ishlab chiqarish tajribalari shuni ko„rsatadiki, mayda va o„rtacha mahsulotlarni 
yig„ishni avtomatizatsiyalash yig„ish narxini 55-65% ga kamaytiradi. Yig„ishni 
avtomatizatsiyalash iqtisodiy jihatdan o„zini, uni tashkil etishga ketgan xarajatlarni 
ozod qilingan ishchilar oyligini iqtisod qilish hisobiga bir yarim yilda qoplasa 
oqlaydi
4

Yig„ishni avtomatizatsiyalash bir qator afzalliklarga ega bo„lgan holda 
sanoatdagi ulushi talab darajasida emas, buning asosiy sabablaridan biri 
mashinasozlikni umumiy mahsulotini 75-80% seriyali va mayda seriyali ishlab 
chiqarishlarda chiqariladi va bunday mahsulotlar turi tez-tez o„zgarib turadi.
Tajribalar shuni ko„rsatadiki, yig„ish ishlarini avtomatizatsiyalash mahsulot 
ishlab chiqarishni etarlicha katta hajmida o„zini yaxshi oqlaydi, buni qo„yidagi 
6.3-jadvaldan ham ko„rish mumkin. Ko„pchilik yig„ish operatsiyalari o„zini texnik 
tasnifi va texnologik mohiyatiga ko„ra ko„pchilik ishlov berish operatsiyalaridan 
oddiyroq.
Shunga 
qaramay, 
yig„ish 
jarayonlarini 
avtomatizatsiyalashda 
katta 
qiyinchiliklarga duch kelinadi, bu detallarini uzatish, ularni aniq yo„naltirish, 
mo„ljallash va qayd etish kabilardir. Qo„l yordamida yig„iladigan ko„pchilik detallar 
konstruksiyalari ko„p holllarda yig„ishni avtomatizatsiyalashda to„g„ri kelmaydi. 


168 
6.3-jadval 
Avtomatik yig„ish sharoitida mahsulotlarni chiqarishni minimal dasturi 
Detalni eng kichik 
o„lchami,mm 
Siklni maksimal 
lavomiyligi, s 
Ishlab chiqarish 
dasturi, ming.dona/yil 
100 gacha 
100 gacha 
300 gacha 


30 
800 
320 
200 
Yig„ishni avtomatizatsiyalashni mashina yoki mexanizmni boshlang„ich 
loyixalash bosqichlardan boshlab nazarda tutish kerak. Masalan, yig„ishni 
avtomatizatsiyalashni kam detalli yig„ma birliklarni yig„ishda 4 tadan 12 tagacha 
detal bo„lishini ta‟minlash maqsadga muvofiq.
Qo„l yordamida yig„iladigan mahsulotlarni avtomatizatsiyalash orqali yig„ishga 
o„tkazishda bir qator qo„shimcha ishlar bajariladi, toki avtomatizatsiya ishlasin. (asos 
detali yaxshi tanlangan bo„lishi kerak, zarur bo„lganda sun‟iy asoslar yaratiladi, ikki 
yoki undan ortiq detali o„zaro qo„shiladi, detalga simmetrik va oddiy shakllar berish 
va hakozolar). 
Avtomatik yig„ish to„liq o„zaroalmashuvchanlik usulida amalga oshirilishi qulay
(qisqa zvenoli o„lchamli zanjirlar uchun). Usulni yig„ishni amalga oshiruvchi jihoz 
konstruksiyasini oddiyligini, yuqori unumdorlik va ishonchliligini taiminlaydi. 
Noto„liq o„zaroalmashuvchanlik usuli bo„yicha avtomatik yig„ishni qisqa 
zvenoli o„lchamli zanjirlar uchun noqulay, chunki nuqsonlar va tiqilishlarni paydo 
bo„lishi mumkin. Bu usul o„lchamli zanjirlar uchun iqtisodiy samara beradi. 
Guruhli o„zaroalmashuvchanlik usuli avtomatik yig„ishda tutashuvchi detallarni 
yuqori aniqligi, masalan, g„ildirash podshipniklarni yig„ishda qo„llaniladi. 
Avtomatik yig„ishda sozlash usuli cheklangan qo„llanishga ega, chunki kerakli 
jihozlar, sozlash va nazorat qurilmalarini kiritilishi hisobiga, murakkablashadi. 
Etkazish usulini avtomatik yig„ishda qo„llash maqsadga muvofiq emas.

Download 8,1 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   123




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yig„ish ishlarini avtomatizatsiyalash

Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish