97
O„zbekiston Respublikasi Standartiga (O„zRST 646-95) binoan buyumlarning
qanday ashyodan va usulda tayyorlanganligidan qat‟i nazar ular yuzasining g„adir-
budurligini miqdoriy ravishda bitta yoki bir nechta ko„rsatkichlar
orqali baholash
mumkin:
-profilning o„rtacha arifmetigi -R
a
;
-profil notekisliklarining o„nta nuqtasi bo„yicha aniqlangan balandligi -R
z
;
- profil notekisliklarining
eng katta balandligi- R
max
;
-profil notekisliklarining o„rtacha qadami -S
m
;
-profil mahalliy chiqiqlarining o„rtacha qadami S,
profilning nisbiy tayanch
uzunligi l
p
(3.1 rasm).
R
a
ko„rsatkichi afzal hisoblanadi.
Standart tuk bilan qorejagan va shunga o„xshash yuzalar uchun qo„llanilmaydi.
Standartga, shuningdek, materiallardagi nuqsonlar (g„ovaklar, kavaklar, darzlar) yoki
tasodifiy paydo bo„lgan shikastlar (tirnalgan, ezilgan va shunga o„xshash joylar)
uchun ham amal qilinmaydi.
R
a
ko„rsatkichi hamma profil notekisliklarining
balandligini, R
z
ko„rsatkichi
eng baland profil notekisliklarining o„rtacha balandligini, R
max
ko„rsatkichi
profilning
eng katta balandligini ta‟riflaydi. Sm, S va t
p
qadam ko„rsatkichlari notekisliklar
ajralib turadigan nuqtalarning shakli va joylashishini hisobga olish uchun kiritilgan.
Bu ko„rsatkichlar profilning spektral tasnifini ta‟riflaydi va ularni me‟yorlash
imkonini beradi.
3.1-rasm.Yuzaning profilogrammasi va g„adir-budurlikning
asosiy
ko„rsatkichlari.