40
Podstansiyalarda barcha tok o‘tkazmaydigan
metall qismlar
himoyaviy zaminlash tizimiga ulanadi.
Podstansiyalarda qo‘llaniladigan aksariyat elektr uskunalar
O‘zbekiston Respublikasining elektrotexnik korхоnalarida ishlab
chiqariladi.
1.5.
Kоnchilik kоrхоnаlаrining elektr tаrmоqlаri
Konchilik korxonalarida elektr energiyaning keng qo‘llanilishi,
uni uzatish masalalariga alohida ahamiyat berilishini taqozo qiladi.
Elektr energiyani uzatish elektr tarmoqlar vositasida amalga oshiriladi.
Elektr tarmoqlar quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:
– kuchlanish miqdori bo‘yicha har bir tarmoq nominal
kuchlanishi bilan tavsiflanadi. Nominal kuchlanishlar
shartli ravishda
past, o‘rta, yuqori va o‘ta yuqori chegaralarga bo‘linadi. Undan
tashqari ba’zi holatlarda tarmoqlar 1000 V gacha va 1000 V dan
yuqori kuchlanishlarga ajratiladi;
– tokning turi bo‘yicha o‘zgarmas tok va o‘zgaruvchan tok
tarmoqlariga bo‘linadi. O‘zgaruvchan tok tarmoqlari bir fazali ikkita
simli yoki uch, to‘rt simli uch fazali bo‘ladi;
– vazifasi bo‘yicha ta’minlovchi
va taqsimlovchi tarmoqlarga
bo‘linadi. Ta’minlovchi tarmoqlar elektrstantsiyalar bilan podstan-
siyalarni bog‘laydi va kuchlanishi odatda 35 kV va undan yuqori
bo‘ladi. Taqsimlovchi tarmoqlar iste’molchilarni elektr energiya bilan
ta’minlashga xizmat qiladi va kuchlanishi 35 kV dan past bo‘ladi;
– tuzilishi bo‘yicha
havo liniyalari,
kabel liniyalari, shinalar va
elektr simlarga bo‘linadi;
Konchilik korxonalarida elektr tarmoqlarning bir necha turlari
jumladan havo liniyalari, kabel liniyalari, shinalar va elektr simlar
qo‘llaniladi.
Ushbu tarmoqlarni tanlashga va bajarilishiga quyidagi asosiy
talablar qo‘yiladi:
– yong‘in chiqarishdan xavfsiz, ya’ni
normal va avariya rejim-
larida tarmoqdan oqqan tok belgilanganidan ortiqcha qizishga olib
kelmaslik;
41
– texnika nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqlik, ya’ni normal
va avariya rejimlarida tarmoqda isrof bo‘lgan kuchlanish qiymati nor-
madan oshmaslik;
– tejamli, ya’ni tarmoqning kesim yuzasining
qiymati iqtisodiy
nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq bo‘lishi;
– mexanik mustaxkamlik, ya’ni tashqi muhit ta’siriga chidamli
bo‘lishi kerak (bu talab asosan havo liniyalariga tegishli).
Kon korxonalarida uchraydigan elektr tarmoqlar tuzilishi va
bajarilishi bo‘yicha quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:
a) izolyatsiyasiz simlarni izolyatorlar
yordamida tayanchlarga
mahkamlangan, ochiq havodan o‘tkazilgan – havo liniyalar (HL);
b) transheyalarda, tonnellarda yotqizilgan yoki yerga ko‘milgan
har turli kabellar – kabel liniyalar (KL);
d) galereyalarda, estakadalarda, tonellarda yoki maxsus yo‘lak-
larda tayanchli
konstruksiyalarga mahkamlangan, katta kesimli
izolyatsiyasiz yoki izolyatsiyalangan simlardan tuzilgan – tok
o‘tkazuvchilar;
e) binolarning ichki va tashqi devorlariga mahkamlangan, kichik
kesimli (16 mm
2
), kichik kuchlanishli (1000 V gacha) rezina yoki
plastmassa izolyatsiyali simlardan tuzilgan – elektr o‘tkazuvchilar.