55
2. LABORATORIYA ISHLARI
2.1. LABORATORIYA ISHLARI VA AMALIY MASHG„ULOTLARNI
BAJARISHNI TASHKIL QILISH
Har bir talaba laboratoriya ishlarini bajarish uchun mashg‟ulotga tayyorlanib
kelishi lozim. Buning uchun u ma‟ruzalar matni
va adabiyotlarni mutolaa qilib,
laboratoriya ishlarini bajarish bo‟yicha qo‟llanmani kutubxonadan olib o‟rganishi
va ish bo‟yicha hisobot shakli(formasi)ni tayyorlab kelishi shart.
Mashg‟ulot boshlanishida o‟qituvchi talabalarning ishni bajarishga tayyorgarlik
darajasini tekshiradi va ushbu tekshiruv natijalari asosida
tayyorgarligi yetarli
bo‟lgan talabalarga laboratoriya mashg‟ulotlarini bajarishga ruxsat beradi.
Har bir laboratoriya ishini 3-4 talaba birgalikda bajaradi. Laboratoriya ishining
tajriba qismi qo‟llanmada tavsiya qilingan tartibda va xavfsizlik choralariga rioya
qilingan holda bajariladi.
Ishning tajriba qismi bajarilgandan so‟ng laboratoriya ishlari bo‟yicha
hisobotga o‟tkazilgan tajriba natijalari kiritilib,
xulosa yoziladi va ushbu
laboratoriya ishi himoya qilinadi.
Betartib rasmiylashtirilgan hisobot himoyaga qabul qilinmaydi.
Himoya davomida savollarga aniq javob berib, o‟tkazilgan
tajriba natijalarini
tushuntura olgan talabalarga ushbu laboratoriya ishiga ajratilgan reyting sinovdan
o‟tganligi haqida o‟qituvchi jurnaliga joriy baholash (JB) ballarini qo‟yadi.
Mashg‟ulot davomida laboratoriya ishini himoya
qila olmagan talabalar
keyingi mashg‟ulotgacha o‟qituvchi ajratgan qo‟shimcha vaqtda ushbu ishni
himoya qilishlari lozim.Aks holda ular keyingi mashg‟ulotda
laboratoriya ishini
bajarishga qo‟yilmaydilar, buning o‟rniga avvalgi laboratoriya ishini himoya
qiladilar.
Laboratoriya ishlarini o‟quv rejasi bilan ko‟rsatilgan
muddatlarda bajarmagan
talabalar ularni barcha asosiy laboratoriya mashg‟ulotlari tugallangandan so‟ng,
o‟qituvchi belgilagan qo‟shimcha vaqtlarda bajarishlari kerak. Barcha laboratoriya
56
ishlarini bajargan va himoya qilgan talabalarning sinov daftarchalariga sinov
belgilari qo‟yiladi.