100
Agar rostlanuvchi ob‘ektga g‘alayonlovchi yoki boshqaruvchi ta‘sir
ko`rsatilsa, ob‘ekt chiqishidagi rostlanuvchi kattalik shu zahoti emas, balki bir
muncha vaqt o`tgandan so`ng o`zgaradi, ya‘ni ob‘ektda jarayonning kechiqishi
hosil bo`ladi. Modda (energiya)ning yaqinlashishi yoki sarf o`zgarishi bo`yicha
oniy (pog‘onali) g‘alayonlanishi ob‘ekt uchun eng yomon holdir.
Shuning uchun
rostlash tizimlari pog‘onali g‘alayonlanish uchun mos hisoblanadi.
Ob‘ektdagi kechiqish qarshiliklar mavjudligi va tizimning inersionligi bilan
izohlanadi. Sof (yoki transport) va oraliq (sig‘imli) kechiqishlar mavjud.
G‘alayonlovchi yoki boshqaruvchi ta‘sir ko`rsatilgan momentdan boshlab
rostlanuvchi kattalik ob‘ekt chiqishida o`zgara boshlagan paytgacha o`tgan vaqt sof
kechiqish deyiladi. Bu vaqt modda yoki energiya oqimining harakat tezligi va
g‘alayonlovchi ta‘sir ko`rsatilgan nuqta bilan rostlanuvchi kattalikning hozirgi
qiymati o`lchanadigan nuqta orasidagi masofadan aniqlanadi. Sof kechiqish tashqi
ta‘sirning shakli va miqdoriga ta‘sir qilmay, faqat ob‘ekt chiqishidagi reaksiyani
vaqt mobaynida siljitadi. Agar kirish ta‘siri sinusoidal harakterga ega bo`lsa,
ob‘ektda sof kechiqish mavjudligi chiqish signalining faza bo`yicha kechiqishga
olib keladi.
.
2
т
т
Т
(10.12)
Agar ob‘ektdagi modda yoki energiya harakatining
tezligini cheksiz
kattalikkacha yetkazish mumkin bo`lsa, sof kechiqishni nolga tenglashtirish
mumkin bo`lar edi. Sof kechiqishni minimumga yetkazish uchun datchik sezgir
elementini va ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini bir-biriga hamda
rostlovchi ob‘ektga mumkin qadar yaqin joylashtirish lozim.
Oraliq kechiqish rostlanuvchi ob‘ektda gidravlik va issiqlik qarshiliklari
bilan ajratilgan bir yoki bir necha o`zaro bog‘langan sig‘imlarning mavjudligi bilan
izohlanadi. Bu qarshiliklar ob‘ektda modda yoki energiya harakatiga to`sqinlik
qilib, tarqalish egri chizig‘ining transformatsiyasiga sabab bo`ladi.
Oraliq
kechiqishni ob‘ektning tarqalish egri chizig‘ida grafik ravishda rostlanuvchi
kattalikning o`zgarishi boshlangan momentdan tarqalish egri chizig‘iga o`tkazilgan
urinmaning absissa o`qi bilan kesishgan nuqtasigacha o`tgan vaqt davri bilan
aniqlash mumkin. Oraliq kechiqish o`tish jarayonining ayniqsa dastlabki davrida
ob‘ekt tarqalishining qiymati qancha katta bo`lsa, g‘alayonlovchi ta‘sir natijasida
rostlanuvchi kattalikning o`zgarishi shuncha past bo`ladi.
Shunday qilib, kichik
o`zgarishli o`tish jarayonlari oraliq kechiqish avtomatik rostlash vazifalarini
101
yengillashtiradi. Oraliq kechiqish ob‘ektdagi sig‘imlar soni va oraliq qarshiliklar
miqdori bilan aniqlanadi. Oraliq qarshiliklarning vaqt bo`yicha o`zgarishi oraliq
kechiqish miqdorining ortishiga olib keladi. Rostlanuvchi ob‘ektning to`liq
kechiqish
vaqti
sof kechiqish vaqti
m
bilan oraliq kechiqish vaqti
n
ning
yig‘indisidan iborat:
n
т
(10.13)
Kechikish rostlash jarayonining sifatiga yomon ta‘sir qilib, jarayonning
turg‘unlik koeffitsiyentini kamaytiradi. To`liq kechiqish vaqti qancha ko`p bo`lsa,
ob‘ekt ishini rostlash shuncha qiyinlashadi. Ba‘zan kechiqishning haddan tashqari
kattaligi ob‘ektdagi rostlashni qiyinlashtiradi. Shuning uchun to`liq
kechikish
miqdorini iloji boricha kamaytirish maqsadga muvofiqdir.