Har oratni avtomatik rostlash tizimlarining turkumlanishi




Download 1,8 Mb.
bet42/82
Sana23.09.2024
Hajmi1,8 Mb.
#272089
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82
Bog'liq
avtomatik rostlagich

Har oratni avtomatik rostlash tizimlarining turkumlanishi


Barcha avtomatik rostlash tizimlari rostlash prinsipiga qarab to‘rt guruxga bo‘linadi.

  1. Avtomatik stabillash tizimi – bu tizimda rostlagich rostlanadigan kattalikning berilgan qiymatini o‘zgarmas saqlaydi.

  2. Programmali rostlash tizimi – bu tizim rostlanadigan kattalikning oldindan belgilangan qonun (vaqt) bo‘yicha o‘zgarishini ta‘minlaydi.

  3. Taqlidiy tizim – bu tizim rostlanadigan kattalikning boshqa biror miqdorga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ta‘minlaydi.

  4. Ekstremal rostlash tizimi – bu tizimda rostlagich rostlanadigan miqdorning o‘zgaruvchan sharoit uchun optimal qiymatini saqlaydi.

Elektrik isitish uskunalarining har orat rejimini rostlash uchun asosan dastlabki ikki gurux tizimlari ishlatiladi. Har oratni avtomatik rostlash tizimlarini ish turiga qarab iki guruxga: uzlukli va uzluksiz rostlash guruxlariga bo‘lish mumkin.
Avtomatik rostlash tizimlari (ART) ning avtomatik rostlagichlari vazifasiga qarab besh tipga: pozitsion (releli) proporsional (statik), integral (astatik), izodrom (proporsional, integral), oldini oluvchi va birinchi hosilali izodrom ART ga bo‘linadi.
Pozitsion rostlagichlar uzlukli ART ga, rostlagichlarning qolgan turlari esa uzluksiz ishlaydigan ART ga kiradi. Har oratni avtomatik rostlash tizimlarida eng
ko‘p ishlatiladigan pozitsion, proporsional, integral va izodrom rostlagichlarning asosiy xususiyatlari quyida ko‘rib chiqilgan.

7.3.1-rasm. Har oratni avtomatik rostlash funksional sxemasi.


Har oratni avtomatik rostlash funksional sxemasi rostlash ob‘ekti I, har orat datchigi 2, programmali qurilma 3 yoki har orat darajasi topshirgichi 4, rostlagich 5 va ijro qurilmasi 8 dan iborat. Ko‘pchilik hollarda datchik bilan programmali qurilma orasida birlamchi kuchaytirgich 3, rostlagich bilan ijro qurilmasi orasida esa ikkilamchi kuchaytirgich 6 o‘rnatiladi. Qo‘shimcha datchik rostlashning izodrom tizimlarida ishlatiladi.Har orat datchigi sifatida termik juftlar, termik qarshiliklar (termistorlar) va qarshilik termometrlari ishlatiladi.

Download 1,8 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82




Download 1,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Har oratni avtomatik rostlash tizimlarining turkumlanishi

Download 1,8 Mb.