|
Elektromagnitli ijrochi qurilmalar
|
bet | 21/82 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #272089 |
Bog'liq avtomatik rostlagich
Elektromagnitli ijrochi qurilmalarni vazifasi mexaniq, pnevmatik va gidravlik sistemalarda energiya yoki massa oqimini boshqarishdir. Ular 2 xil bo‘ladi: suriluvchi elektromagnitli klapan va elektromagnitli sirpanuvchi mufta. Elektromagnitli yuritmalar elektrodvigatellarga qaraganda ancha arzon, ishlashi ishonchli va ishga tushish tezligi yuqoridir. Tortuvchi elektrmagnit (3.1.3.a-rasm) ga yoki suyuqlik oqayotgan quvurdagi rostlovchi organni boshqaruvchi organni signaliga muvofiq ochib-yopib turish vazifasini bajaradi.
b)
3.1.3.-rasm. Elektromagnitli ijrochi qurilmalar. a-elektromagnitli klapan-to`siq; b-elektro-magnitli mufta.
Elektromagnitli mufta (3.1.3.b-rasm) ishchi mexanizmlarni ishga tushirish, to`xtatish va ularni tezligini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Muftaning etakchi valida elektromagnit maydon hosil qiladigan cho`lgam joylashgan. Cho`lgamga xalqa va cho`tkalar orqali kuchlanish beriladi. Muftaning etaklanadigan tomoni yakor ishchi mexanizm valiga mexaniq ulangan. U val o‘ki yo`nalishida o`nga yoki chapga surilishi mumkin. Elektromagnit chulg‘amida tok bo‘lmasa, yakorni prujina chap tomondan suradi, natijada ishchi mexanizminingvali aylanmayqoladi.Elektromagnit chulgamidan tok o‘tganda, hosil bo‘lgan magnit maydon kuchi prujinani elastiklik kuchini engadi va yakor muftaning etakchi yarim pallasiga kelib yopishadi, texnologik mashina vali etak chi val bilan birga aylana boshlaydi. Chulg‘amdan o‘tadigan tok miqdoriga qarab ishchi mexanizm tezligini rostlash mumkin bo‘ladi. Bunday muftalar seriyasi sanoatda ko‘plab ishlab chiqarilmokda. Ular 24va 100voltli o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi va 5-22 Vtquvvat oladi. Ulanish vaqti 20-40 ms, uzilish vaqti esa 15...30 ms ni tashkil qiladi.
|
| |