72
Yozuv tufayli odamlar to‘plagan tajribani avloddan-avlodga eng yaxshi tarzda yetkazish
imkoni tug‘ildi.
Negaki og‘zaki nutq yordamida o‘tkazilgan taqdirda u buzilishi, o‘zgarib va hatto u siz
yo‘qolib ketish mumkin edi. Yozma nutq foydalaniladigan murakkab umumlashmalarning rivojlan-
tirilishida, badiiy timsollarni yetkazishda muhim rol o‘ynaydi.
Nutqsiz kommunikatsiya vositalari bamisoli o‘ziga xos his-tuyg‘u tili bo‘lib, so‘z bilan
ifodalanadigan til kabi u ham ijtmoiy taraqqiyot mahsuli hisoblanadi va turli milliy madaniyatlarda
bir-birlariga o‘xshamasligi mumkin.
Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarda turlicha vositalar
tanlanadi. Jumladan, bolalar yig‘idan ko‘pincha katta yoshdagilarga ta’sir qilish va ularga o‘z
istaklari hamda kayfiyatini yetkazish vositasi sifatida foydalanadilar.
Og‘zaki kommunikatsiya ta’sirini kuchaytirishda munosabatga kirishuvchilarning fazoda
joylashuvi muhim ahamiyatga egadir.
Nutqsiz kommunikatsiyada qo‘llanilayotgan vositalarning axborotni so‘z bilan yetkazish
maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi.
Ayni paytda nutqsiz kommunikatsiya – imo-ishora pantomimika, nutqning ohangidagi rang-
baranglik ham rivojlanishi mumkin.
Bo‘lajak o‘qituvchilar faqat nazariy bilimlarni egallash bilan chegaralanmasdan amaliy malaka va
ko‘nikmalarni ham egallash zarur, ya’ni bular pedagogik, psixologik bilimlar asosida o‘quvchilarni
ilmiy bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan dars bera bilish, tarbiyaviy ishlarni rejalashtira bilish,
O‘quvchilarning jamoa, usullarini tanlay bilish, o‘quvchilarni individual, jamoa ishlarini
tashkil qila olish, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni uyushtira bilish va ularga rahbarlik qilish,
ota-onalar, jamoatchilik o‘rtasidagi ishlarga rahbarlik qila olish, sport, sayohat va boshqa tarbiyaviy
malaka va ko‘nikmalarni olib borishlaridan iboratdir.
So‘z mahoratli o‘qituvchining egallashi lozim bo‘lgan bilim malaka, ko‘nikmalari ustida
ekan, o‘qituvchining kommunikativ ko‘nikmalari haqida to‘xtalishimiz va mohiyati haqida fikr
yuritishimiz maqsadga muvofiq va muhim ahamiyatga egadir.
Mahoratli o‘qituvchining kommunikativ ko‘nikmasi – bu o‘qituvchilik kasbiga ilk tayyor-
garlik ko‘ra boshlagan davrdan, umuman hayotda odamlardagi o‘z fikrini ifoda etish usullarini
bilish, o‘zida mana shu xislatlarni namoyon qila olishdir.