246
P.I.Chaykovskiy musiqasi jahon madaniyatida alohida o‘rin tutadi.Uning
san’ati turli mamlakatlar va xalqlar uchun yaqin va sevimli bo‘lib qoldi,
chunki kompozitor ijodi markazida o‘zining dard-alamlari va quvonchi,
tashvishlari va shubhalari, muhabbati va nafrati, o‘lim haqidagi o‘ylari va
baxt sari intilishlari bilan doimo inson turardi. Ezgulik va yovuzlikning
abadiy mavzusi, hayot mohiyatini izlash, shaxsning murakkab ichki
dunyosini tushunib yetishga intilish, rus tabiatining shoirona obrazlari va
xalq
hayotining
yorqin
ko‘rinishlari-bularning
hammasi
buyuk
san’atkorning diqqat markazida bo‘ldi. Kompozitor deyarli har bir janrda
yangi so‘z ayta oldi. Shundaybo‘lsada, uning uchun opera va simfoniya
bosh janr bo‘lib qoldi P.I.Chaykovskiyning betakror va chuqur milliy ijodiy
uslubi XIX asrning birinchi yarmi rus musiqasi-M.Glinka va uning
zamondoshlari an’analari va xalq qo‘shiqchilik san’ati ta’siri ostida
shakllandi. Bir vaqtning o‘zida, asl rus san’atkori sifatida u G‘arbiy
Yevropa musiqa madaniyati: V.Motsart, L.Betxoven, R.Shuman, F.Shubert,
G.Berlioz, F.List va boshqa san’atkorlar ijodiy yutuqlarini hushyorlik bilan
qabul qildi.P.Chaykovskiy musiqasining eng asosiy
xususiyatlaridan biri
uning vokal asarlariga ham, cholg‘u asarlariga ham birdek xos bo‘lgan,
xalq qo‘shiqlari hamda shahar romansi ohanglari bilan yaqindan
bog‘liqlikdagi mislsiz go‘zal kuychanligidir.
Kompozitor haqida talabalar tushunchaga ega bo‘lgach, uning ijod
yo‘li o‘rganiladi. Uning operalaridan “Yevgeniy Onegin” eng mashhur
operasi hisoblanadi. 1877-yil may oyida qo‘shiqchi Lavrovskayaning
maslahatiga ko‘ra, Chaykovskiy Pushkin romansi asosida opera yozishga
qaror qiladi. Bunda u Pushkin she’rlaridan foydalandi. Chunki asarlarining
haqiqatparvarligi, soxta emasligi uni hayratga solar edi. Opera syujeti
asosida asosiy qahramonlardan biri bo‘lgan Tat’yananing lirik taqdiri,
Onegin rad etgan javobsiz sevgisi, yosh navqiron yigit Lenskiyning yigitlik
g‘ururi tufayli hayotning rahmsiz qonunlari qurboniga aylanib, duelda
Onegin tomonidan o‘ldirilishi hikoya qilingan.
Chaykovskiy operani yozishda adabiy obrazlarini chetga surib, ayni
paytda o‘z musiqiy xarakteristikalarida Pushkin
qahramonlarining yangi
siymolarini chizib berdi. Jumladan, Tat’yana, Lenskiy va qisman Onegin
obrazlari Pushkin romanida tasvirlanganidan farqli o‘laroq operada
boshqacha-dramatik qiyofa kasb etdilar. XIX asr boshlarida rus hayotidan
olingan romanga Chaykovskiy o‘z zamonasining ruhini olib kirdi. U o‘z
qahramonlarning baxtga intilishlari va hayotlaridagi baxtsizliklari
o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirib beradi. Kompozitor operani “Lirik
sahnalar” deb atagan bo‘lishiga qaramay, undagi voqealar juda tez
rivojlanadi.
O‘qituvchi opera mazmunini to‘laqonli yoritib berishi lozim.
Operadagi bosh qahramonlarning “ariya”laridan namunalar eshittirilishi,
247
talabalarni o‘sha davr ichida yashash tasavvurini shakllantirishi lozim.
Operadan namuna tinglatilgach, o‘qituvchi tomonidan cholg‘u asbobida
o‘sha kompozitorning biror bir mashhur asari ijro etilib,
nazariy tahlil
qilinsa talabalarning darsga bo‘lgan qiziqishi yanada rivojlanadi.
O‘qituvchi o‘qitish jarayonida oldindan darsni loyihalashtirishi zarur, bu
jarayonda pedagog o‘quv predmetining o‘ziga xos tomonini va sharoitini,
eng asosiysi, talabaning imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi
faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli
kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o‘qituvchi
talabalarni ta’limning markaziga olib chiqishi kerak.
Pedagog-talaba darsning maqsaddan natijaga erishishida qanday
texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida,
chunki har ikkala tomonning
asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda talabalarning
bilim saviyasi, guruh xarakteri, turli xil texnologiyalar tanlanadi. Shu
narsani ta’kidlash joizki ta’lim-tarbiyaning sifati va samaradorligini
ta’minlash talabaning o‘quv mazmunini o‘zlashtirishga yo‘naltirgan o‘quv
jarayonining to‘g‘ri, mazmunli, qiziqarli tashkil etilishi, bu jarayonda
talabalarni darsda oddiy tinglovchi emas, mashg‘ulotni
faol ishtirok
ettuvchisi, mustaqil topshiriqlarni bajarovchi, mustaqil va ijodiy fikrlovchi,
o‘z fikr mulohazalarini erkin ifoda eta oluvchi, o‘z fikrini himoya qila
oladigan faol shaxsga aylanishi muhim rol o‘ynaydi.
Umumiy tarzda xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, talabalarga rus
kompozitorlari asarlarini o‘rgatishda yuqori natijaga erishish uchun
amaliyotda o‘quv jarayonida loyixalash va pedagogik texnologiyalarni
qo‘llashni taqozo etadi. Ular juda xilma-xildir. Bular yangi interfaol usullar
va ta’lim metodlari hamda hozirda dars jarayonida qo‘llaniladigan yangi
pedagogik texnologiyalar shular jumlasidandir.
Ta’kidlash lozim-ki, yuqorida keltirilgan zamonaviy texnologiyalar
va loyixalash, o‘qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi
texnologik treninglardan
keng foydalanilsa, talabalarda aqliy, ijodiy va
mustaqil fikrlash shakllanadi. Ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga,
yetuk mutaxassis bo‘lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo‘lgan kasbiy
fazilatlarini oshirishga keng yordam beradi.