24
muassasani davlat akkreditatsiyasi va attestatsiyasidan oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish,
ichki baholashni tashkil etish va uni belgilangan tartibda oʻtkazish, tashqi baholashdan oʻtkazish
uchun akkreditatsiya komissiyalariga kerakli shart-sharoitlarni yaratish, tegishli maʼlumotlar
bilan taʼminlash;
muassasani malakali kadrlar bilan taʼminlash, pedagog xodimlarga boʻlgan
ehtiyojni
aniqlash, uni qoplash choralarini koʻrish, oʻquvchilar orasidan iqtidorlilarni tanlab pedagogik
yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilash va
ijrosini taʼminlash, tegishli malaka va kompetensiyalarga ega xodimlarni tanlash va ishga qabul
qilish, ular oʻrtasida vazifalarni oqilona va adolatli taqsimlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish,
pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil qilish hamda ijro, mehnat va ishlab chiqarish
intizomiga rioya qilinishini taʼminlash, xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-
sharoitlar yaratish;
navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtish muddati tugashidan olti oy oldin pedagog
kadrlarni attestatsiyadan oʻtish lozimligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish;
pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bilan tanishtirishi hamda attestatsiyadan
oʻtishi uchun hujjat topshirishini hamda attestatsiyadan oʻtkazish uchun hujjat topshirishini
nazorat qilishi;
oʻqituvchilar malakasini oshirish ishlarida ijobiy, konstruktiv va ragʻbatlantiruvchi muhit
yaratish, ularning tashabbuskorligi va faolligini oshirish, oʻqituvchilar
malakasini oshirish
jadvali va maktab ehtiyojlariga mos ravishda oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanish dasturini ishlab
chiqish hamda malaka oshirishga jalb qilish ishlarini tashkillashtirish, pedagog xodimlarni
ragʻbatlantirish uchun davlat taʼlim standartlari talablarining bajarilishini xolis baholashni tashkil
qilish;
muassasada bilimni baholashning yangi tartibi joriy qilingan taqdirda oʻqituvchilar
tomonidan oʻquvchilar bilimini bob boʻyicha summativ baholash va chorak boʻyicha summativ
baholash jarayonlarini adolatli va shaffof oʻtkazilishini taʼminlash;
maktabning 9- va 11-sinfni tugatgan, taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari
darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yakuniy
davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida
shahodatnoma berilishini taʼminlash;
maktabning 11-sinf bitiruvchilariga nizom talablariga muvofiq oltin va kumush medallar
berilishini taʼminlash;
maktab bitiruvchilarini oliy hamda boshlangʻich professional taʼlim muassasalariga
oʻqishga kirish hamda ishga joylashtirish koʻrsatkichlarini yaxshilash choralarini koʻrish;
jamoada sogʻlom maʼnaviy-ruhiy, xavfsiz va ragʻbatlantiruvchi muhitni yaratish, maktab
qoshidagi Maxsus komissiya faoliyatida obyektivlik, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash uchun
sharoit yaratish;
oʻquvchilarning bilimlari sifatini davlat taʼlim standartlariga mos kelishini,
tarbiyaviy
ishlar samaradorligini taʼminlash va nazorat qilish, oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirishini
yaxshilash va ularga sifatli taʼlim berish maqsadida maktabni uzluksiz rivojlantirish choralarini
koʻrish;
oʻquvchilarni maktabga qabul qilish va sinfdan-sinfga oʻtkazish va bir maktabdan
boshqasiga oʻtkazish ishlarini tashkil qilish, oʻquvchilarning oʻzlashtirishini yaxshilashga va har
birining imkoniyatlarini toʻliq roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, shuningdek, oʻquvchilar
ehtiyojiga asosan sifatli taʼlim xizmatlarini koʻrsatish choralarini koʻrish;
ota-onalarga va fuqarolarga reglament talablariga muvofiq davlat xizmatlarini (dublikat
shahodatnoma berish, 1-sinfga onlayn qabul, oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish)
koʻrsatilishni taʼminlash;
25
oʻquvchilarni darsliklar va oʻquv metodik qoʻllanmalari bilan taʼminlash ishlarini tashkil
etishini nazorat qilish;
ota-onalar, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari bilan oʻquv-tarbiyaviy ishlarni
takomillashtirish boʻyicha hamkorlikni tashkil qilish;
bolalikni himoya qilish boʻyicha, voyaga yetmaganlar huquq va manfaatlari xavfsizligini
muhofaza qilishga oid talablarga rioya qilinishini taʼminlash;
kam taʼminlangan oilalarning 1-11-sinf farzandlarini ijtimoiy muhofaza qilish ishlarini,
ularni qishki kiyim-kechak majmuasi va darsliklar bilan bepul taʼminlashni tashkil etish;
internat turidagi umumtaʼlim muassasalarida yotoqxonaga muhtoj oʻquvchilar uchun
kerakli yashash va ovqatlanish sharoitlarini yaratish;
oʻquvchilarni milliy anʼanalar, urf-odatlar boʻyicha
tarbiyalashga, ularda milliy
va umuminsoniy qadriyatlarni uygʻunlashtirish asosida yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarni
shakllantirish, vataniga va xalqiga sodiq fuqaro sifatida tarbiyalash;
maktab xodimlari orasidagi eng faollarini ragʻbatlantirish, lavozim vazifalarini
bajarmaganligi uchun ularga nisbatan oʻz vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qoʻllash;
oʻquvchilarni ichimlik suvi bilan taʼminlash va bolalar uchun qoʻyilgan sanitariya-
gigiyena talablariga rioya qilish.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomaga muvofiq, qonunchilikda
nazarda tutilgan oshkoralik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan sifatli ish yuritish tizimini
shakllantirish;
maktabning mulkiy manfaatlarini sudda, hakamlik sudida, davlat hokimiyati va boshqaruv
organlarida himoya qilish;
barcha direktorlar bir yilda ikki marotaba shaxsiy rivojlanish rejasi ijrosi boʻyicha
Direktorlar
Kengashiga hisobot berish;
barcha direktorlar maktab dasturining ijrosi yuzasidan har uch yilda bir marotaba
Direktorlar Kengashiga hisobot berish;
maktab faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning,
murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini
hurmat qilish;
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya
qilish, shuningdek muassasa xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish;
foydalanish uchun oʻziga
topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
maktab boshqaruv muhitini shakllantirishda xalqaro tadqiqot mezonlarini inobatga olish;
maktab xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish uchun tanlab olingan hollarda xalqaro talablar
asosida tadqiqotlarni oʻtkazishni taʼminlash.
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.