108
Xulosa
1. «Prinsipal-agent» muammosi har qanday tashkilot faoliyat ko`rsatishini
murakkablashtiradi. «Agent»dan «prinsipal»ning foydaliligini oshiruvchi
harakatlarni kutishadi, lekin «agent» hamma vaqt o`zi bilan «prinsipal» o`rtasida
mavjud bo`lgan axborot asimmetriyasidan o`z foydasi yo`lida va «prinsipal»
manfaatlariga zid ravishda foydalanishga harakat qiladi. Muammoni hal etish
yo`llari bir nechta: yuqori harajatlar bilan bog`liq bevosita nazoratni kuchaytirish;
«prinsipal» tomonidan «agentlar» musobaqasining tashkil etilishi; «agentlar»ning
tashkilot faoliyatining daromadlarida ishtirok etishi va «agentlar»ning o`zlari
tomonidan «prinsipal» funksiyalarining bajarilishi. «Prinsipal-agent» muammosini
hal etishning ushbu variantlari firma ichki tuzilmasi uchta xilining tabiatini
izohlaydi: unitar, xolding va multidivizional.
2. Firmaning ichki tuzilishi tarkibini shartlab beruvchi omillarning har bir
o`ziga xos kombinatsiyasi tashkiliy madaniyat asosida o`zini o`zi takror ishlab
chiqarish tendensiyasiga ega. Gap tashkilotning trayektoriya bo`yicha rivojlanishi
haqida borayapti. «Rivojlanishning tarixiy shartlanganlik samarasi»ning mavjud
bo`lishi korxonalarning to`rtta ideal xili haqida gapirish imkonini beradi:
buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona,
A
firma,
J
firma va o`tish
xilidagi korxona. Korxonalarning bunday xillari buyruqbozlik iqtisodiyotida
(sho`rolar xilidagi iqtisodiyotda), mutlaq raqobat iqtisodiyotida (Amerika xilidagi
iqtisodiyotda), iqtisodiyotning korporativ modelida (yapon xilidagi iqtisodiyotda)
va o`tish iqtisodiyotida yuzaga kelgan omillarning o`ziga xos kombinatsiyalarini
aks ettiradi.