113
5.1-rasm. Yonish jarayoni. a) alanga tarkibida yonuvchi gaz miqdorini taqsimlanishi: 1-
yonuvchi gaz, 2-yonuvchi maxsulot, 3-alanga sirti; b) alanganing ko‘ndalang kesimi: 4,5, 6-
diffuziyali yonishning chegaralari.
Yonish paytida hosil bo‘ladigan «max» harorat miqdori yonuvchi material turiga bog‘liq
bo‘ladi. Masalan. qog'ozda - 510°C, suyuq yoqil g‘ida - 110-1300°C, taxtada - 1000°C, gazli
yoqilg'ida - 1200-1300°C hosil bo‘ladi.
Kimyoviy reaksiya tezligi sifatida ma’lum vaqt birligida ma’lum xajmdagi moddaning birikish
miqdori qabul qilingan. Aktivlashuv quvvati molekulalar o‘rtasidagi bog‘lanshni o‘zgartirishga
sarflanishi zarur bo‘lgan quvvat miqdoridir.
Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik yonuvchi aralashmaning qizishiga olib
keladi. Aralashmaning xarorati idish devorlari
xaroratidan oshib ketsa, undan ajralayotgan issiqlik
atrof muxitga tarqala boshlaydi. Ma’lum vaqt birligida idish devorlari orqali tarqalayotgan issiqlik
miqdori, idish devori va aralashma harorati orasidagi ayirmaga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi, ya’ni
V = A*S(T-T
i
), (5.1)
bu erda: V-idish devori orqali tarqalayotgan issiqlik tezligi; A-issiqlik tarqatish koeffitsienti; S-
idish devorlari yuzasi; T-aralashma harorati; T
i
-idish devori harorati.
Moddalar uchun o‘z-o‘zidan alangalanish harorati har xil bo‘ladi. Masalan, A - 73
benzinining o‘z-o‘zidan alangalanish harorati - 255°Cga,yog‘ochniki - 400°C, linoleumniki - 400°Cga
teng.
Tabiatda shunday aralashmalar uchraydiki, ularning xaroratini tashqaridan oshirmagan xolda
kimyoviy jarayonlar ruy berishi va bu jarayonlar o‘z-o‘zidan alangalanish xodisasini vujudga
keltirishi mumkin. Bunday xodisalarni zanjirli kimyoviy jarayonlar deb yuritiladi. Bu xodisaning
bo‘lishigaasosiysabab aralashma
xolidagi yonuvchi moddalarda, ma’lum sharoit taqozosi bilan,
xarorat o‘zgarmagan xolda, bir necha markazda moddaning aktiv atomlari hosil bo‘ladi hamda ular
modda tarkibidagi molekulalar bilan aktiv reaksiyaga kirishadi,
natijasida yonuvchi modda
molekulalari parchalanadi va yangi aktivmarkazlar xosil qiladi.
Predmetlar yonishining quyidagi turlari mavjud: alangalanish, yonish, o‘z-o‘zidan
alangalanish va o‘z-o‘zidan yonish.