90
4.1-rasm. Aloqa korxonalaridan mehnat muxofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish
Aloqa ishlab chiqarish-texnika boshqarmalarida (AICHTB)mehnat muxofazasi bo‘yicha
ishlarni AICHTB boshliqlari, bosh muxandislar va boshliq muovinlari uyushtiradi.
Korxona boshlig‘i korxonada mehnat muxofazasini tashkil qilish uchun javob beradi,
bosh muxandis va boshliq muovinlari va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, TX qoida va
me’yorlari, ishlab chiqarish sanitariyasi, ularga bo‘ysunadigan bo‘limlar, sexlar, uchastkalarda
yong‘in xavfsizligiga rioyaetilishi ustidan to‘liq ma’suldir.
Mehnat muxofazasi bo‘yicha ishlarning bajarilishi
ustidan nazorat uchun bosh
muxandisga bo‘ysunuvchi mehnat muxofazasi bo‘yicha muxandis tayinlanadi.
Raxbar yuqori xavfli ishlar ro‘yxatini bilishi, ximoya vositalari va saqlovchi qurilmalar
yarog‘lilik axvoli va mavjudligi ustidan kuzatib borishi, ventilyasiya qurilmalari, ish joylarining
yoritilishi, ishining to‘g‘riligini tekshirib borishi, shovqin va tebranishlarning kamayishiga
erishmog‘i, ishchi va xizmatchilarni ishlashning xavfsiz uslubni ularga o‘rgatish, saboqlar
uyushtirishi, texnika xavfsizligi qoidalarini nechog‘lik bilishlarini davriy tekshirib turishi lozim.
Raxbar,shuningdek, TX qoidalari va me’yorlarini bajarmagan shaxslarni ishdan
chetlatishi, agar insonlar hayoti va salomatligiga taxdid solayotgan bo‘lsa, mexanizmlar ishini
to‘xtatishi, jabrlanganga birinchi yordam ko‘rsatishni
tashkil qilish, baxtsiz xodisalarni tergov
qilish va ularni oldini olishyuzasidan choralar ko‘rishda ishtirok etishi lozim. Aloqa
korxonalarida travmatizmni kamaytirish va mehnat
sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan
tadbirlar o‘tqazish ustidan nazoratni kuchaytirish maqcadlarida mehnat muxofazasi axvoli
ustidan 3-pog‘onali nazorat joriy etiladi.
Xar kuni usta yoki brigadir jamoat nazoratchisi bilan birga ishchilar axvoli,
uskunalarning sozligi va ximoya vositalarining yaroqliligini tekshiradi.
Nuqsonlar topilganda
zudlik bilan ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘riladi. Agar nosozliklarni kuchlari bilan
bartaraf etish mushkul, imkonsiz bo‘lsa, nuqsonu nosozliklar 3-pog‘onali nazorat jurnaliga qayd
etiladi.
Xar xafta sex boshlig‘i katta jamoat nazoratchisi bilan xamkorlikda sexda Mehnat
muxofazasining axvolini birma-bir tekshiruvdan
o‘tkazadi, usta tomonidan bildirilgan
nosozliklar bo‘yicha qarorlar qabul qiladilar, avvalgi tekshiruvlarda
aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar bajarilishini nazorat qiladi. Tekshiruv natijalari sex boshlig‘i
xuddi shu jurnalga yoziladi.
Xar oyda bosh muxandis va Mehnat muxofazasi bo‘yicha muxandis korxona bo‘yicha
Mehnat muxofazasining axvolini tekshiradi, tekshiruvning 1 va 2 pog‘onalarida aniqlangan
nuqsonlarni bartaraf etilishini nazorat qiladi.
Tekshiruv natijalari korxona bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Mehnat muxofazasi bo‘yicha muxandis muntazam TX qoidalari va me’yorlari, ishlab
chiqarish sanitariyasi, yuqori turuvchi tashkilotlar farmoyishlari, nazorat qiluvchi organlari
xujjatlarining ijrosini nazorat qiladi.
U yangi qabul qilingan xodimlar bilan ilk yuriqnomani o‘tadi, TX bilimlarini tekshirish
bo‘yicha komissiyalar ishi va ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarni
tergov qilishda ishtirok
etadi.
91
Hisobotga noqulay sharoitlarda ishlovchilar soni xaqida ma’lumotlar va hisobot yilida
me’yorlarga muvofiq xujjatlar kiritiladi.
Hisobotda rekonstruksiya, kapital remont bo‘yicha bajarilgan ishlar xajmi va ishlab
chiqarishsexlar, umuman TX qoidalari va me’yorlari talablariga javob bermaydigan
uchastkalarni ekspluatasiyadan chiqarish to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Mamuriy-xo‘jalik va injener-texnik ishchi mehnat qonunchiligi va mehnat muxofazasi
qoidalarini buzsalar intizomiy, mamuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Xodimga mehnatintizomini buzganligi uchun ish beruvchi
quyidagi intizomiy jazo
choralarini qo‘llashga xaqli:
1. Xayfsan.
2.O‘rtacha oylik ish xaqining yigirma foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorga jarima solish
xollari xam nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish xaqidan jarima ushlab qolish ushbu
Kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilingan xolda ish beruvchi tomonidan amalga
oshiriladi.
3. Mehnat shartnomasini bekor qilish (100 - modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari).
Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llash taqiqlanadi.
Mamuriy jazo - (ogoxlantirishyoki jarima) TX qoidalari yoki sanoat sanitariyasi qoidalari
buzilishida aybdor xodimga texnik inspeksiya
va sanitarnazorat organlari tomonidan
ogoxlantirishyoki jarima solinadi.
Mehnat
muxofazasi qoidalari buzilishi, atrof-muxit ifloslanishi ustidan agar bu
qonunbuzarliklar oqibatida baxtsiz xodisalar chiqishi mumkin, insonlar salomatligiga zarar
etkazsa, mansabdor shaxslar prokuratura organlari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortiladi.