236
Atrof muhitni muhofaza qilishning xalqaro huquqiy prinsiplari xalqaro jamoatchilik
a’zolari bo’lgan davlatlar va xalqaro tashkilotlarning birgalikdagi harakatlari
natijasida ishlab
chiqilgan. Ular BMT Bosh Assambleyasining alohida qarorlarida, Atrof muhit bo’yicha BMT
Stokgolm konferentsiyasining, Evropada Xavfsizlik bo’yicha kengashning Yakuniy hujjatlarida
(Xelsinki, 1975 y.), Butun jahon tabiat xartiyasining qarorlarida, BMT Atrof muhit va taraqqiyot
bo’yicha xalqaro konferentsiyasining qarorlarida (Rio de Janeyro, 1992 y.)
va boshqa huj-
jatlarda bayon etilgan. Ushbu prinsiplar umumlashtirilgan xolda quyidagicha ifodalanadi:
1) inson ekologik huquqlarining ustunligi;
2) davlatning o’z hududidagi tabiiy resurslarga nisbatan suvereniteti;
3) bir davlat ekologik farovonligiga boshqasining ekologik
zarari hisobidan erishishga
yo’l qo’yib bo’lmaslik;
4) barcha darajalarda ekologik nazoratni amalga oshirish;
5) xalqaro ekologik axborot bilan
erkin almashish;
6) davlatlarning favqulodda holatlarda bir-birlariga yordam berishi;
7) ekolognk huquqiy nizolarni tinch yo’llar bilan hal etish.
Davlatlar atrof tabiiy muhitni ifloslantirishdan ko’rilgan zararni qoplash hamda ekologik
zararning salbiy oqibatlari uchun xalqaro javobgarlik choralarini ishlab chiqish maqsadida
hamkorlikni rivojlantirish majburiyatini oladilar.