191
rol o‘ynaydi hamda shu tarzda xususiy va davlat tuzilmalarning
strategik barqarorligini
ta’minlaydi.
XXasrning oxirgi o‘n yilligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) insonlar
hayot tarzi va jamiyat rivojiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri bo‘lib qoldi. Bugungi kunda
kishilik jamiyatida axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini jadal
rivojlanishi natijasida
insonlar hayotining barcha yo‘nalishlarida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Axborot–
kommunikatsiya texnologiyalari inson hayotining barcha jabhalarini, ya’ni
ish faoliyatini ham,
muloqotini ham, maishiy va madaniy sohalarini ham qamrab olmoqda. Ular har bir odamga
hayot kechirish darajasini rivojlantirish va yaxshilash uchun
katta imkoniyatlarni ochib
bermoqda hamda insonni yolg‘izlikdan chiqarib, jahon axborot jamiyatiga qo‘shilishiga
imkoniyat yaratmoqda.
Respublikamiiz hukumati tomonidan AKTga oid zarur me’yoriy-huquqiy
baza yaratilib,
u 11 ta ixtisoslashtirilgan (sohaviy) va 6 ta o‘zaro bog‘langan qonunlar, O‘z.R. Prezidentining 3
ta farmoyishi, O‘z.R. Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari hamda 600 ta
qonunosti hujjatlarni o‘z ichiga olgan.
Aloqa va axborotlashtirish sohasida sifatli faoliyatni ta’minlash uchun O‘zbekiston
Respublikasi Hukumati o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha
sohalarida axborot texnologiyalarini keng ko‘lamda qo‘llash va
jahon axborot hamjamiyatiga
kirish uchun qulay sharoitlarni yaratishdan iboratdir.