O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet122/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Uilyam Folkner (1897–1962). XX asr AQSh adabiyotining yirik namoyandalaridan biri. U “Nurafshon avgust”, “Shovqin va qahr”, “Shahar”, “Qo‘rg‘on”, “Qishloq”, “Ayiq”, “Xoku turobni bulg‘ovchi”, “Sahro”, “O‘lim to‘shagida”, “Sartoris”, “Avessalom, Avessalom”, “Rohibaga marsiya”, “Hikoyalar majmuasi” singari ja- honga mashhur asarlar muallifi.
“Rivoyat”, “O‘g‘rilar” romanlariga Amerikaning “Pulitser” mu- kofoti berilgan. 1950-yilda uning asarlari Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Folkner dunyoning o‘ziga xos, betakror, eng keskin uslubli adiblaridan biri. U inson fojialarini eng yuksak gumanizm nuqtai nazaridan yorita oldi. XIX–XX asr Amerika hayoti, tarixi reallikla-
rini, tang vaziyatlarni haqqoniy, qiziqarli tasvirlaydi. O‘ziga xos “tang” uslubda yozadi. Uning barcha asarlari, ularning voqealari, qahramonlari o‘zaro chambarchas bog‘lanib ketadi. Va yaxlit san’at diyori gavdalanadi. Realizm, naturalizm, modernizm uning asar- larida yorqin, ta’sirchan adabiy-badiiy hodisa kabi hayratga soladi. Agar Xemingueyning tashqi ko‘rinishi, fe’l-atvori, adabiyotdagi us- lubi modaga kirgan bo‘lsa, Folkner Amerika va jahon adabiyotiga real chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Xeminguey jahon urushlari (Birinchi va Ikkinchi), turli mamlakatlar va odamlar haqida yozgan bo‘lsa, Folkner o‘zining aksariyat asarlarida AQShning Mississipi shtatin- ing Yoknapatof okrugi haqida yozdi.
Umuman olganda, mazkur okrug AQShning agrar hududi bo‘lib, bu yerda sanoat, ishlab chiqarish munosabatlari yyyetarli darajada rivojlanmagan, irqiy munosabatlarda muammolar yyyetarli dara- jada. Tabiiy rivojlanish to‘xtatilganda, xatto odamlar xotirasida ham ko‘p narsalar yo‘q bo‘lib ketadi, tarix afsonaga aylanadi.
Bu afsona hozirga qadar yashab keladi. Adabiyot u bilan cham- barchas bog‘liq. Bu afsona janubliklarga o‘z ma’naviy mustaqillig- ini saqlab qolishga yordam beradi. AQShda hozir regional adabiyot deyarli yo‘q, garchi Gottornni Yangi Angliyasiz, Mark Tvenni esa Yovvoyi G‘arbsiz tasavvur qilish qiyin bo‘lsa ham. Shuningdek, janubiy romanchilik maktabi haqida ham gapiriladi. Bu janubliklar yo‘qolib ketmaganliklaridan dalolat beradi. Folkner bu afsonaning mohiyatini juda aniq, yorqin bo‘yoqlarda aks ettiradi.
Adibning 1924-yili nashr ettirilgan “Marmar favn” she’riy to‘plami muvaffaqiyat keltirmadi. 1925-yili u taniqli yozuvchi Shervud Anderson bilan tanishdi, aynan u Folknerga she’riyat bilan emas, nasr bilan shug‘ullanishni, o‘zi yaxshi bilan Janub va janub- liklar haqida yozishni maslahat beradi. 1926-yili uning “Askar mu- kofoti” romani chop ettirildi. Adib urushdan qaytib kelib, tinch ha- yotga moslasha olmagan, jismoniy va ruhiy majruh kishilarning fo- jeasini tasvirlaydi. 1927-yili “Moskitlar”, 1929-yili esa “Sartoris”, “Shovqin va qahr” romanlari e’lon qilindi. Shundan keyin Folkner o‘zini to‘liq adabiyotga bag‘ishlashga qaror qildi. Zo‘ravonlik va
qotillikka bag‘ishlangan “Ibodatxona” (1931) romani katta shov-
shuvga sabab bo‘ldi.
30-yillarda Folkner gotika uslubida “O‘lim to‘shagida”, “Sarto- ris”, “Avessalom, Avessalom” romanlarini yozdi. 1942-yili yozu- vchi o‘zining eng mashhur qissalaridan biri “Ayiq”ni chop ettirdi. 1948-yilda rasizm muammosi bilan bog‘liq, muhim ijtimoiy romani “Xoku turobni bulg‘ovchi” yozdi. 40–50 yillarda yozuvchining Ja- nublik zodagonlarning fojeali taqdiriga bag‘ishlangan “Shahar”, “Qo‘rg‘on”, “Qishloq” romanlaridan iborat eng yaxshi trilogiyasi nashrdan chiqdi. 1949-yili Folkner zamonaviy roman janrini rivo- jlantirishdagi xizmatlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
I.G‘ofurov “Uosh”, “Emili uchun atirgullar”, “Qora musiqa”, “To‘zonli sentyabr”, “O‘t qo‘yuvchi”, “Qorong‘i tushganda”, “Alvon yaproqlar”, “Karkasson” hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan

Download 0,5 Mb.
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.