61
impulslar sonini ko‘paytirish mumkin. Bu usul tezligini o‘lchash kerak bo‘lgan
aylanib turgan qurilmada yorug‘lik oqimini uzib turish imkoni bor elementlari
mavjud bo‘lgan yerlarda ishlatilishi mumkin.
.Ikkinchi usulda aylanib turgan jismning yuzasiga o‘rnatilgan oynaklardan aks
etgan yorug‘lik impulslarini yorug‘lik manbasinig
yoniga joylashtirilgan
fotoelement qabul qilib oladi va elektr impulslarga o‘zgartiradi. Bu usul aylanish
tezligini o‘lchash avvaldan nazarda tutilmagan, qisqa vaqt davomida o‘lchash zarur
bo‘lgan va yorug‘likni aks etadigan oynakchalar osonlik bilan o‘rnatilishi mumkin
bo‘lgan xollarda ishlatiladi. Lekin o‘lchash aniqligini
oshirish maqsadida
g‘ildirakning bir aylanishiga to‘g‘ri kelgan impulslar sonini ko‘paytirish
cheklangan.
a) O‘lchash prinsipi
b) O‘lchash sxemasi
v) Ko‘prikdan
olinadigan signal
3.14 – rasm. Differensial magnitorezistorli sensorning ishlash prinsipi va tuzilishi
Impulslar sonini ko‘paytirish uchun inkrementli enkoderlar ishlatiladi. Bu
usul aylanadigan diskning yuzasida aylana bo‘yicha yaratilgan ingichka
tirqishlarlardan kesib o‘tgan yorug‘lik impulslarini
generatsiya qilish uchun
ishlatiladi .Diskdagi tirqishlar soni 10 dan 1000 gacha bo‘ladi va diskning bir
aylanishida muvofiq 10 dan 1000 gacha impuls ishlab chiqariladi. 3.15 –
rasmda
bunday sensorning ishlash prinsipi ko‘rsatilgan.
Yorug‘lik manba’si sifatida cho‘g‘lanuvchi lampa yoki LED yorug‘lik
diodlari ishlatiladi. Yorug‘lik impulslarini qabul qilish
sezgir elementlari sifatida
fotorezistor, fotodiod yoki fototranzistor ishlatilishi mumkin. Aylanadigan
diskning yuzasida aylana bo‘ylab yaratilgan tirqishlar bilan birga boshqa qatorda
joylashgan, diskning holatini belgilovchi tirqish ham bo‘ladi. 3.16 – rasmda
inkrementli sensorning diskidan olingan impulslar diagrammasi keltirilgan. A va
B kanallaridagi impulslar diskda bir-biriga nisbatan chorak davrga siljitilgan ikki
qator tirqishlardan olingan, alohida kanaldan disk
holatini belgilovchi yagona
62
impuls olingan. Inkrementli sensorlarning afzalligi ularning yengilligi va aylanish
tezligini o‘lchash zarur bo‘lgan yerga osonlik bilan o‘rnatilishida. Shunda disk
jismning aylanish xarakteristikalariga deyarli ta’sir etmaydi. Zamonaviy
inkrementli sensorlarda yorug‘lik manba’si sifatida infraqizil LED va yorug‘likni
sezish uchun fototranzistor ishlatiladi. Bu sensorni alohida elementlardan yig‘ish
mumkin, lekin tayyor yig‘ilgan sensorlar ham mavjud.
3.15- rasm. Kesib o‘tish va
aks etish
prinsiplarida ishlaydigan optik
sensorlarning ishlash prinsiplari
3.16 – rasm. Inkrementli enkoderning
konstruksiyasi va ishlash prinsipi
3.17 – rasm.Inkrementli enkoderning
impulslar diagrammasi