54
Bifilyar yo‘li bilan o‘ralgan simlarning induktivligi bo‘lmaydi
va shuning
uchun uni o‘zgaruvchan tokda ham ishlatish mumkin. Plata shaklida ishlab
chiqarilgan platinali qarshilik termometri 3.6 – rasmda ko‘rsatilgan. Ba’zi hollarda
nikel simli qarshilik termometrlarining simi shisha yoki slyuda tasmasiga o‘raladi
va slyuda bilan sensorning ikki yuzasi qoplanadi. Slyuda qoplami adgeziv suyuqlik
bilan qotiriladi. Qarshilik termometrlarining boshqa turlarida sim shisha asosga
o‘ralib, usti himoyalovchi metall qobiq bilan qoplanadi. Yuqori temperaturalarda
ishlatiladigan platinali qarshilik termometrlarida sim keramika asosga o‘ralib,
uning ustiga keramika qoplanadi.
Yuqorida qayd etilgan qarshilik termometrlarining yakka o‘ramli
turlari
bilan birga ikki o‘ramli turlari ham bo‘ladi. Ular ikkita, biri biriga bog‘liq
bo‘lmagan qarshilik termometrlaridan iborat va bir yerdagi temperaturani mustaqil
o‘lchashga imkon beradi. Bular nazorat o‘lchashlar uchun juda muhim. Ikki
o‘ramli qarshiliklardan biri sensorning temperatura xarakteristikasini chiziqli
qilish, o‘lchangan qiymatlarni kompensatsiya qilish uchun ham ishlatiladi.
Texnologik jarayonlarda o‘lchamlari kichik bo‘lgan
qarshilik termometrlariga
ehtiyoj bo‘ladi. Bunday sensorlarning qarshilik elementi mikroelektronika
texnologiyalari yordamida yaratiladi. Misol uchun yuzasiga metall qoplangan yassi
yoki silindr shaklidagi dielektrikning yuzasida lazer nuri bilan metall spiral
yaratiladi (lazer ortiqcha metallni eritib, olib tashlaydi). Bunday usulda yaratilgan
sensorning xarakteristikalari yuqori aniqlikka ega bo‘lib, o‘zining o‘lchamlari
kichik bo‘ladi. Bu esa ularning inersionligini keskin kamaytiradi. 2.12 –
rasmda
shunday sensorning konstruksiyasi ko‘rsatilgan.
3.6- rasm. Platina yotqizilgan qarshilik termometrining konstruksiyasi
O‘lchash rezistori himoyalovchi qobiq bilan qoplangan va uchlari alohida
kommutatsiya terminaliga chiqarilgan sensorlar
qarshilik termometri deb ataladi
va ular standart o‘lchash vositasi sifatida sotiladi. 3.7- rasmda shunday
sensorlarning ikki namunasi keltirilgan.
Ustida
himoyalovchi
qobig‘i
bo‘lgan qarshilik termometrlarining
qarshiligini o‘zgarishi vaqtga bog‘liq bo‘ladi. 3.8 – rasmda uchta platinali qarshilik
55
termometrlarining temperatura 20 K ga o‘zgarganda qarshiligining o‘zgarishi
ko‘rsatilgan.
Qarshilik termometrlari bilan temperatura o‘lchanganda, ularni o‘lchash
qurilmasiga ulash simlari va kontaktlarining qarshiliklari ham o‘lchashlarga
xatolik
kiritishi mumkin. Ularning ta’sirini kamaytirish maqsadida turli ulash sxemalari
ishlatiladi.
a) ikki rezistorli qarshilik termometri
b) kichik himoyalovchi qobig‘li
qarshilik termometri
3.7 – rasm. Qarshilik termometrlarining sanoat ishlab chiqargan namunalari
3.8 –rasm. Qarshilik termometrlarining
vaqt xarakteristikasi
3.9 – rasm.
Qarshilik
termometrlarini ulash sxemalari
Ikki simli ulash sxemasida sensorning qarshiligi to‘liq ko‘prikli o‘lchash
sxemasi bilan o‘lchanadi. Atrof muhit temperaturasi mo‘’tadil bo‘lganda, uning
ulash simlarining qarshiligiga ko‘rsatgan ta’sirini qarshiligi temperaturaga bog‘liq
bo‘lmagan rezistorlar bilan kompensatsiya qilinishi mumkin. Uch simli ulash
sxemasi ulash simlarini ancha uzaytirishga imkon beradi. Bu sxemada tashqi muhit
temperaturasining ulash simlarining qarshiligiga ko‘rsatgan ta’siri olib tashlangan.
Eng aniq o‘lchash natijasini to‘rt simli ulash sxemasi yordamida olish mumkin. Bu
sxemada sensorga manba berish zanjirlari bilan qarshiligini o‘lchash
zanjirlari
ajratib qo‘yilgan va shu yo‘l bilan o‘lchash natijasiga barcha tashqi ta’sirlar olib
tashlangan (3.9 – rasm).