18
Shkalali o`lchash vositalari;
Raqamli o`lchash vositalari;
O`ziyozar o`lchash vositalari.
1.6-rasm. O`ziyozar asboblar
a) uzluksiz yozuvli o`ziyozar asbob; b) nuqtali o`ziyozar asboblar
Kattaliklar va birliklar tizimi.
Atrofimizdagi hayot uzluksiz tarzda kechadigan muayyan jarayonlar,
voqealar, hodisalarga nihoyatda boy bo`lib, ularni ko`pini
aksariyat hollarda
sezmaymiz yoki e`tiborga olmaymiz. Chetdan qaraganda ularning orasida
bog`liqlik yoki uzluksizlik bilinmasligi ham mumkin. Ba`zilariga esa shunchalik
ko`nikib ketganmizki, aniq bir so`z bilan ifodalash kerak bo`lsa,
biroz qiynalib
turamizda, “...mana shu-da!” deb qo`yamiz. Butun suhbat barchamiz bilib-
bilmaydigan, ko`rib-ko`rmaydigan va sezib-sezmaydigan
kattaliklar haqida
boradi.
Kattaliklarning ta`rifini keltirishdan oldin ularning mohiyatiga muqaddima
keltirsak.
Yon-veringizga
bir nazar tashlang, har xil buyumlarni, jonli va jonsiz
predmetlarni ko`rasiz. Balki oldingizda do`stlaringiz ham o`tirishgandir (albatta
dars tayyorlab!). Garchi bu sanab o`tilganlar bir-birlaridan tubdan farq qilsa ham
hozir ko`rishimiz kerak bo`lgan xossalar va xususiyatlar bo`yicha
ulardagi
muayyan umumiylikni ko`rishimiz mumkin. Masalan, ruchka, stol va do`stingizni
olaylik. Bular bir-biridan qanchalik o`zgacha bo`lmasin, lekin o`zlarida shunday
bir umumiylikni kasb etganki, bu umumiylik ularning uchalasida ham bir xilda
tavsiflanadi. Agarda gap ularning katta-kichikligi xususida boradigan bo`lsa, biror
bir yo`nalish bo`yicha olingan va aniq chegaraga (oraliqqa) ega bo`lgan
makonni
yoki masofani tushunamiz. Aynan mana shu xossa uchala ob`ekt uchun bir xil
ma`noga ega. Ushbu ma`no nuqtai nazaridan qaraydigan bo`lsak, ular orasidagi
tafovut faqat qiymatdagina bo`lib qoladi. Yoki og`irlik tushunchasini, ya`ni misol
tariqasida olingan ob`ektlarning Yerga tortilishini ifodalaydigan xususiyatini
19
oladigan bo`lsak ham, mazmunan bir xillikni ko`ramiz. Bunda ham ular orasidagi
tafovut ularning Yerga tortilish kuchining
katta yoki kichikligida, ya`ni
qiymatidagina bo`ladi. Biz buni oddiygina qilib
og`irlik deb atab qo`yamiz. Bu
kabi xususiyatlar talaygina bo`lib, ularga
kattalik nomi berilgan.
Kattaliklar juda ko`p va turli-tuman, lekin ularning barchasi ham ikkitagina
tavsif bilan tushuntiriladi. Bu sifat va miqdor tavsiflari.
Sifat tavsifi olingan kattalikning mohiyatini, mazmunini ifodalaydigan tavsif
hisoblanadi. Gap masofa borasida ketganda muayyan olingan ob`ektning
o`lchamlarini, uzun-qisqaligini yoki baland-pastligini bildiruvchi xususiyatni
tushunamiz, ya`ni ko`z oldimizga keltiramiz. Buni oddiygina bir tajribadan
bilishimiz mumkin. Bir daqiqaga boshqa ishlaringizni yig`ishtirib, ko`z oldingizga
og`irlik va temperatura nomli kattaliklarni keltiring... Xo`sh,
ularning sifat
tavsiflarini seza oldingizmi. Bir narsaga ahamiyat bering-a, og`irlik deganda
qandaydir bir mavhum, og`ir yoki yengil ob`ektni, aksariyat, tarozi toshlarini ko`z
oldiga keltirgansiz, temperatura to`g`risida
gap borganda esa, issiq-sovuqlikni
bildiruvchi bir narsani gavdalantirgansiz. Aynan mana shular biz sizga
tushuntirmoqchi bo`lgan kattalikning sifat tavsifi bo`lib hisoblanadi.
Endi olingan ob`ektlarda biror bir kattalik to`g`risida so`zlaydigan bo`lsak,
bu ob`ektlar o`zida shu kattalikni ko`p yoki kam “mujassamlashtirganligini”
shohidi bo`lamiz. Bu esa kattalikning miqdor tavsifi bo`ladi.
Mana endi kattalikning ta`rifini keltirishimiz mumkin: