raqobatbop maxsulotlarni ishlab chiqarishga rag‘batlantiruvchi va shunga
da’vat etuvchi bo‘lishi kerak.
Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo‘llanilishi kerakki,
bunda jamoalar va xar bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat
manfaatlariga rioya qilinadigan bo‘lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga
xam foydali bo‘lsin.
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga:
kredit va foiz stavkasi;
solik, va solik yuki;
boj tulovlari;
subsidiya va sanksiya;
litsenziya;
transfert tulovlari;
narx-navo va hokazolar kiradi.
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo‘llab, bozorni
shakllantirish chog‘ida xam, uning o‘zini o‘zi boshqarishi bosqichida xam g‘oyat
muxim jarayonlarni boshqaradi.
Agar ma’muriy boshqarish usullari o‘zini o‘zi boshєaradigan bozor
mexanizmlariga qàrshilik ko‘rsatsa, ularga to‘sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa
aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo‘jalik soѕasiga davlatning ta’siri xam
tubdan
o‘zgaradi.
Binobarin,
ma’muriy
boshkarish
usulida
davlat
korxonalarga o‘z ta’sirini qatiy belgilangan reja orqali o‘tkazadi.