4-ILOVA
Microsoft
Office — Microsoft korporatsiyasi
tomonidan
Microsoft Windows, Windows Phone, Android, OS X, iOS operatsion tizimlari
uchun yaratilgan idora dasturlari to'plamidir. Ushbu to'plam tarkibiga turli xildagi
hujjatlar: matn, jadval, ma'lumotlar ombori va boshqalar bilan ishlash imkonini
beruvchi dasturiy ta'minot kiradi. VBA tilida yozilgan skriptlar va makroslarni
qo'llay oladi.
Mundarija
4Sh. qarang
5Manbalar
Microsoft Office haqida[tahrir]
Microsoft Office 2013/2016 logotipi
Microsoft Offiсe dasturlaridan foydalanuvchi har bir masalani yechishda,
hujjatlarni taxrirlashda va boshqa ishlarda unimli foydalanishi mumkin. Officedan
foydalangan foydalanuvchi ekranni o'z xohishi bo'yicha o'zgartirishi, shriftlarni
tanlashi, printerlarni tanlashi, boshqa tizimlarni disklarga yozishi, qo'shimcha
kompyuter qurilmalarini o'rnatishi va hakozo imkoniyatlardan foydalanishi
mumkin. Qisqa qilib aytganda, kompyuter ishini o'z xohishiga moslab kompyuter
xotirasi, ekranni, ishlash tezligi, qo'shimcha qurilmalaridan optimal foydalanishi
mumkin.
Mashxur
Microsoft
korporatsiyasi
shaxsiy
kompyuterlardan
foydalanuvchilar uchun ko'pgina dasturlar va operatsion tizimlarni ishlab
chiqarishni
jadal
rivojlantirmoqdalar.
Jumladan,
foydalanuvchilarning
kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun OFFICE dasturlar
to'plamini
ham
ishlab
chiqarishgan.
Ko'pgina foydalanuvchilar Windows operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar
to'plamini chalkashtirishadi. To'g'ri, bu ikkala dasturlarni ham Microsoft
korporatsiyasi ishlab chiqqan va asosan shaxsiy IBM va Pentium kompyuterlariga
o'rnatishga mo'ljallangan. Windows operatsion tizimi OFFICE dasturlarisiz
bemalol
ishlay
oladi,
lekin
OFFICE
dasturlari
Windows
dasturisiz
ishlamaydi. Windows dasturlarining quyidagi versiyalari mavjud: Windows-3.X,
Windows-95, Windows-98, Windows-2000, Windows-2002, Windows NT,
Windows
XP
va
hokozo.
Office dasturlar to'plamini esa quyidagi versiyalari mavjud: Office-95, Office-96,
Office-97, Office-2000, Office-2002 va Office XP. Office-2003 dasturlar
to'plamini shaxsiy kompyuterga o'rnatish uchun kompyuterda Windows operatsion
tizimi o'rnatilgan bo'lishi, so'ng kompyuter operativ xotirasi kamida 8-16 Mb
bo'lishi va qattiq diskda kamida 250 Mbdan 700 Mbgacha (Officedan foydalanish
imkoniyatiga qarab) bo'sh joy bo'lishi lozim.
Office tarkibi[tahrir]
Microsoft Office bir nechta xilda sotuvga chiqariladi. Ularning farqi to'plam tarkibi
va narxida. Office dasturlar to'plamining nisbatan to'liqroq variantiga quyidagi
dasturlar kiradi:
Microsoft Word — har xil ko'rinishdagi oddiy va murakkab matnlarni taxrirlashga
mo'ljallangan matn muharriri.
Ekvivalent dasturlar: OpenOffice.org Writer, LibreOffice Writer, StarOffice
Writer, KWord, NeoOffice Writer, Corel WordPerfect, Apple Pages (bu faqat Mac
OS tizimida) va AbiWord.
Microsoft Excel — har ko'rinishdagi hisob—kitobli ma'lumotlar bilan ishlashga
mo'ljallangan elektron jadvalli dastur.
Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Calc, LibreOffice Calc, KSpread, StarOffice,
Gnumeric, Corel Quattro Pro va Apple Numbers (bu faqat Mac OS tizimida).
Microsoft PowerPoint — ma'lumotlarni taqdimot, reklama qilishga mo'ljallangan
taqdimot dasturi.
Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Impress, LibreOffice Impress, KPresenter,
Corel WordPerfect va Apple Keynote.
Microsoft Access— ma'lumotlar ombori (bazasi) bilan ishlashga mo'ljallangan
dastur.
O'rnini bosuvchi dasturlar: OpenOffice.org Base, LibreOffice Base, Kexi.
Microsoft Publisher — har xil ko'rinishdagi noshirlik ishlarini bajarishga
mo'ljallangan muharrir dastur.
Microsoft Outlook (Outlook Express bilan chalkashtirmang)— elekton pachtadan
foydalanishga mo'ljallangan dastur va hokazo Uning tarkibiga taqvim, ish
rejalashtirgich, qaydnoma, manzillar kitobi va shaxsiy pochta kiradi.
Pochta xizmati uchun — Mozilla Thunderbird/SeaMonkey, Novell Evolution,
Claws Mail ,Eudora Mail, The Bat!; shaxsiy ma'lumotlar dispetchiri — Mozilla,
Lotus Organizer и Novell Evolution.
Microsoft InfoPath — ma'lumot yig'ish va uni boshqarish dasturi.
Microsoft Communicator (Microsoft Lync) — insonlar bilan har tomonlama
muloqot qilishni tashkilashtiradigan dastur.
Microsoft Visio — biznes va texnik diagrammalar bilan ishlovchi dastur.
Muqobil dasturlar: LibreOffice Draw, OpenOffice.org Draw, yEd Grapth Editor.
Microsoft Project — loyihalar bilan ishlovchi dastur.
Microsoft Query — ma'lumotlar omboridan ma'lumot oluvchi va ko'rib chiquvchi
dastur.
Microsoft OneNote — qaydnomalar yozish uchun mo'ljallangan dastur.
Microsoft Groove — birgalikdagi ishni qo'llab quvvatlovchi dastur.
Microsoft SharePoint Designer — Microsoft SharePoint tizimida dastur yaratish
uchun vosita.
Microsoft Picture Manager — rasmlar bilan ishlash.
Muqobil dastur: OpenOffice.org Draw.
Microsoft Document Image Writer — virtual printer.
Microsoft Diagnostics — Microsoft Officening zararlangan dasturlarini
diagnostika qiluvchi va tuzatuvchi dastur.
Office dasturlar to'plamini o'rnatishda yuqorida ko'rsatilgan dasturlarni tanlash
orqali, ya'ni keraklisini o'rnatish orqali kompyuter qattiq diskidagi joyni tejash
mumkin.
Versiyalar[tahrir]
Ishlab
chiqarilgan
sana
Nomlanishi/versiya
Tarkibi
19.11.1990
Office 1.0
Word 1.1, Excel 2.0, PowerPoint 2.0
04.03.1991
Office 1.5
Word 1.1, Excel 3.0, PowerPoint 2.0
08.07.1991
Office 1.6
Word 1.1, Excel 3.0, PowerPoint 2.0,
Mail 2.1
30.08.1992
Office 3.0, Office 92
CD-ROM versiya : Word 2.0c, Excel
4.0a, PowerPoint 3.0, Mail
17.01.1994
Office 4.0
Word 6.0, Excel 4.0, PowerPoint 3.0.
2-iyun, 1994
Office 4.3
Word 6.0, Excel 5.0, PowerPoint 4.0,
Mail 3.2, Access 2.0.
3-iyul, 1994
NT 4.2 uchun Office
30.08.1995
Office 95 (7.0)
Windows 95 uchun Word 7 va boshqalar
30.12.1996
Office 97 (8.0)
Word 97 va boshqalar
20-iyun, 1998
Office 97 Powered by
Word 98 (8.5)
Word 98 olishning yagona usuli.
27.01.1999
Office 2000 (9.0)
Word 2000 va boshqalar; Windows 95
ko'tara oladigan oxirgi versiya, 2009-
yildan to'xtatildi.
31.05.2001
Office XP (10.0)
Word 2002 va boshqalar
17.11.2003
Office 2003 (11.0)
Word
2003
va
boshqalar;
Dastur
timsollari Windows XP ko'rinishida
namoyon bo'ldi.
30.01.2007
Office 2007 (12.0)
Word 2007 va boshqalar;
12.05.2010
Office 2010 (14.0)
Word 2010 va boshqalar; Windows
XP/Vista uchun so'nggi versiya. Office
2003/2007 larning sotilishi shu yilning
11-yanvar kuni to'xtatildi.
01.10.2013
Office 2013 (15.0)
Word 2013 va boshqalar
22.09.2015
Office 2016 (16.0)
Word 2016 va boshqalar
Yana:
Office for iPad — Apple iPad uchun dasturlar to'plami, 2014-yildan sotila
boshladi.
Office Online (ранее Office Web Apps)/ Office 365 — idora to'plamlarining
online versiyasi. Office Web Apps ilk bor Los-Anjelesda (PDS 2008
konferensiyasi) 2008-yilda namoyish etildi. Online versiya dasturlarning
yengillashtirilgan ko'rinishi taqdim etilgan
|