O‘qitish materiallar




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/183
Sana24.09.2024
Hajmi4,74 Mb.
#272179
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   183
Bog'liq
Axborot texnologiyalar asoslari Amirova Zubayda Shodmanovna

4-ILOVA 
Tayanch so'z va iboralar: Klaviatura, monitor, sichqoncha, printer, modem, 
tizimli blok, operativ xotira 
1. Kompyuter haqida umumiy ma’lumot. 
Kompyuter - inglizcha so'z bo'lib, u hisoblovchi demakdir. 
Garchand u hozirda 
faqat 
hisoblovchi bo'lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida 
ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi - kompyuter 
saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. 
Hozirda kompyuter termini ko'p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron 
hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko'p 
ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan 
foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli 
(uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar 
foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining 
aniqligi va boshqa ko'rsatkichlari yuqori bo'lgani uchun, ular ko'proq 
qo'llanilmoqda. 
2. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi 
Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi 
qurilmalardan tashkil topgan: 
tizim bloki; 
monitor; 
klaviatura; 
sichqoncha; 
tashqi qurilmalar. 
IBM firmasiga taalluqli shaxsiy kompyuterlar, inglizcha IBM PC kompyuterlari 
atamasida yuritiladi va ular hozirgi kunda Respublikamizda keng tarqalgandir. 


Tizimli blok. Tizimli bloke odatda desktop (yassi) yoki tovn (minora) ko'rinishida 
ishlab chiqariladi. 
Zamonaviy kompyuterlardagi tizim blokda ikkita tugmacha bor. Kattaroq 
ko'rinishdagi tugmacha orqali kompyuter ishga tushiriladi. Bu 
tugmachani POWER tugmachasi deb yuritiladi. POWER tugmachasining 
yonida REZET tugmachasi joylashgan bo'lib, 
bu tugmachaning vazifasi
, agarda 
kompyuterda ishlayotgan vaqtingizda kursor qotib qolsa kompyuterni qayta 
yuklash uchun ishlatiladi. Bu vazifani klavishlar orqali ham bajarish mumkin, 
buning uchun klavishaturadagi CTRL+ALT+DELETE tugmaalri birgalikda 
bosiladi. Kompyuterning asosiy qismlari tizim bloki da joylashgan bo'lib, ular 
quyidagilardir: Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish 
mumkin bo'lgan) mikroprossesor, qurilmalar nazoratchilari, (ya’ni kontrollerlar, 
adapterlar, elektr manbai bilan ta’minlash bloki), yumshoq disk yurituvchi 
qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver), qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk 
Driver), faqat o'qish uchun moijallangan 
lazer disk qurilmasi 
(CD ROM-Compact 
Disk Read Only Memory), (CD Writer) lazer disk yozish qurilmasi, shinalar, 
modem va boshqa qurilmalar. Tizim blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket 
(COM) portlari orqali ko'plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin. 
Mikroprossesor- kompyuterning amal bajaradigan qismi bo'lib, u ma’lumotlarni 
berilgan dastur asosida qayta ishlaydi. 
Mikroprossesor 140 ta atrofida turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. IBM 
rusumli kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan) 
mikroprossesorlar ishlatiladi. 
Xotira- kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan 
qurilma. Xotiraning turlari ko'p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar. 
Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo'lib, muharrir undan amallarni 
bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda 
saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter o'chirilsa, tezkor xotirada 
saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo'q bo'lib ketadi. Shuning uchun ularni 
qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak. Barcha turdagi xotiralar uchun 
muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng 
kichik o'lchovi sifatida bayt qabul qilingan bo'lib, 1 bayt 8 bit (ikkili raqam)ga 
teng. O'z 
navbatida bayt 
bir simvolni (belgini) tasvirlaydi. Familiyangizni 
kompyuterga kiritish uchun familiyangizda nechta harf bo'lsa, u xotirada shuncha 
bayt joyni egallaydi. Xotira hajmi birligi sifatida kilobayt qabul qilingan va u Kb 
bilan belgilanadi. O'z navbatida bir kilobayt 1024 baytga teng. 1024 kilobayt esa 
1 Mbayt (Megabayt)ga teng. 
1 Megabayt tezkor xotiraga ega kompyuterlarda faqat DOS tizimida ishlash 
mumkin bo'lsa, 4 Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari ko'proq bo'lgan 
dasturlarni, xususan Windows 3.1, 3.11 dasturlarini ishlatish mumkin. Windows 95 
ni to'laqonli ishlashi uchun 16 Megabayt xotira va kamida 486 prossesorli 
kompyuter, Windows 98, 2000 operatsion tizimida ishlash uchun, FotoShop, 
Corell Draw va boshqa hozirgi zamon dasturlarini ishlatish uchun kamida 32 
Mbayt tezkor xotirali va Pentium-2,3 prossesorli kompyuterlar lozimdir. Bu 


ko'rsatkichlar yangi prossesorlar va dastur mahsulotlarini paydo bo'lishi bilan yil 
sayin oshib boradi. 
Doimiy xotira (kompyuterga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS-Basic 
Input-Output System - kiritish chiqarishning asosiy tizimi) mavjud. Bunday 
xotiradan ma’lumotlarni faqat o'qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read 
Only Memory-faqat o'qish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira 
kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion tizimini boshlang'ich 
yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko'rsatishning asosiy funktsiyalarini 
bajarish uchun ishlatiladi. 
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U 
tezkor xotira va mikroprossesor orasida joylashgan bo'lib, uning yordamida 
amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. 
Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) 
saqlab turish uchun ishlatiladi. 
Shina. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar 
mavjud bo'lib, ular adapteriar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapteriar 
mikroprossesor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo'l deb 
ataluvchi shinalar orqali bog'langan bo'ladi. Shunday qilib, oddiy so'z 
bilan aytsak

shinalar turli qurilmalarni bog'lovchi maxsus simlardir. 
Tizim platasi kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, 
mikroprossesor, tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo'ladi. Bundan 
tashqari, unda ba’zi bir qurilmalar, ishni boshqaruvchi elektron sxemalar, 
klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo'ladi. Kompyuterda kiritish-
chiqarish portlari kontrollerlari mavjud bo'lib, ular tizim blokining orqa qismida 
joylashgan slot deb ataluvchi 
joylar orqali printer
, sichqoncha va boshqa 
qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari parallel va 
ketma-ket bo'ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-COM3 deb 
belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha 
va boshqa qurilmalar ulanadi. 
Monitor. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma’lumotlarni tasvirlash 
(ko'rish) uchun xizmat qiladi. Uning elektron-nurii (SRT - Cathode Ray Tube) va 
suyuq kristalli Gidkokristallicheskoe yoki LCD - Liquid Crystal Display) 
ko'rinishlari mavjud. Garchand tashqi ko'rinishidan u televizorga o'xshab ketsada, 
ular bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar. Monitorlar rangli va rangsiz 
bo'ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman aytganda zararii, shuning uchun ham 
bahzi kompyuterlarda past radiatsiya 
(Lowe radiation) so'zlarini uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga 
tahsiri tobora kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi 
yillarda chiqarilgan 17-21 dyuymli SVGA (SUPER Video Grafic Adapter-katta 
video grafik adapter) monitorlarda nurlarning tahsirini ancha kamaytirilishiga 
erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy tavsiflaridan biri uning tasvirlash 
qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va vertikalidagi nuqtalar 
soni bilan beriladi. Masalan 14 dyuymli (36.56 sm) monitorda tasvirlash qobiliyati 
800x600, 15 dyuymli (38.1 sm) monitorda 1024x768, 17 dyuymli (43.2 sm) 


monitorda 1280x1024 va 21 dyuymli (53.54 sm) monitorda esa 1600x1200. 
Bundan tashqari, monitorning yana bir tavsifi tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar 
(nuqtalar) o'lchovining katta-kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800x600 ga teng 
bo'lgan monitorlarda yaxshi tasvir piksel 0,31mm ga, 1024x768ga teng bo'lgan 
monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo'lishi kerak. Monitorning tez 
ishlashi uning adapteriga bog'liq bo'ladi. Matn holatida monitorlar 
nisbatan tez 
ishlasada
, grafik holatda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yo'llari ham 
mavjud. 
Hozirda monitorlarning suyuq kristalli (jidkokristallicheskoe yoki LCD) 
ko'rinishdagilari keng tarqalmoqda. Bunga sabab uning zararli nur tarqatib inson 
ko'ziga salbiy tahsir ko'rsatmasligi hamda kam energiya sarfidir. Bundan tashqari 
bunday monitorlar satxi o'ta tekis bo'lib, unda tasvirlar buzilmasdan ko'rinadi. 
Shuningdek hozirda plazmali monitorlar ham ishlab chiqarish yo'lga 
qo'yilmoqda. иichi inert gazi bilan to'ldirilgan, satxi tekis shisha idish shaklida 
bo'lib ichki satxida esa minglab mayda elektrodlar joylashtiriladi. Har bir elektrod 
esa monitor ekranining bitta pikselini tashkil etadi. U ham inson uchun zararli 
bo'lgan nur tarqatmaydi. Suyuq kristalli monitorlardan farqi uning katta dioganalli 
ko'rinishlarini ham yaratish imkoniyati mavjud. 
3. Klaviatura va sichqoncha 
Klaviatura va sichqoncha ma’lum ma’noda bir-birining o'rnini bosadigan, 
ma’lumotlarni kiritadigan va kompyuter bilan muloqot qilish vazifasini o'taydigan 
qurilmalardir. Ularsiz kompyuterda ishlab bo'lmaydi. Ular yordamida Siz 
operatsion tizimga va uning boshqaruvi ostida ishlaydigan dasturiarga buyruqlar, 
shuningdek, bu qurilmalar yordamida dasturlarga kerak bo'lgan ma’lumotlar 
kiritiladi. 
Klaviatura. Klaviatura 101-105 asosiy klavishlardan tuzilgan. O'z vazifalariga ko'ra 
tugmalar beshta guruhga bo'linadi: 
1. Harflar va sonlarni kiritadigan tugmalar, u oddiy yozuv mashinkalarning 
tugmalariga 
о xshaydi. 
Boshqaruvga oid tugmalar. 
Funktsional yoki amal tugmalar. 
Sonlar kiritadigan tugmalar. 
Maxsus belgilardan iborat tugmalar. 
Eng katta guruh - birinchi guruh bo'lib, ular yordamida rus va lotin 
katta-kichik harflari, sonlar, maxsus belgilar, tinish belgilari kompyuterga 
kiritiladi. 
Pastda joylashgan uzun
, hech qanaqa belgisi bo'lmagan klavishning nomi 
Spacebar yoki Space deb ataladi va bo'shliq belgisini kiritishga mo'ljallangandir. 
Boshqa klavishlar bir necha nomga ega, chunki ular klaviaturaning ish tartibiga 
(registriga) qarab turli belgilarni kiritishga mo'ljallangan. 
Pastki registrda kichik, yuqori registrda esa katta harflar kiritiladi. 
Kirill (rus) alifbosidan lotin (ingliz) alifbosiga yoki aksincha, lotinchadan ruschaga 
o'tish Siz ishlaydigan dasturga bog'liq. Masalan, Windows da alifbo avtomatik 
ravishda tanlanadi. (Ekranning eng pastki qismida). 


Ekranga belgi tushadigan joy maxsus usul bilan belgilanadi. Buning uchun maxsus 
belgi bor, u kursor deb ataladi. Agar ekran matn kiritish holatida ishlab turgan 
bo'lsa, unda kursor o'chib-yonib turadigan vertikal chiziqcha yoki harfning ustiga 
tushadigan to'rtburchakka o'xshaydi va matn kursori deb nomlanadi. 
Agarda ekran grafik holatda ishlab turgan bo'lsa, unda kursor yonib-o'chib 
turadigan gorizontal chiziqchaga o'xshaydi. Xullas, kursor ko'rinishi holatga qarab 
o'zgaradi. 
Boshqarishga oid klavishlar har xil boshqarish vazifalarini bajaradi. Ayrim 
klavishlar, masalan: CapsLock, NumLock va Scroll Lock klavishlarining ishlash 
vazifasini o'zgartirib turadi. 
Shift, Ctrl, Alt klavishlari boshqa klavishlar bilan birga ishlaydi. Masalan, 
Ctrl+Alt+F degani Ctrl, Alt va F klavishlarini birdaniga bosishni bildiradi. 
Fl dan F12 gacha bo'lgan klavishlar funktsional klavishlar deb nomlanadi. Dastur 
tuzilishiga qarab, ushbu klavishlar har xil vazifalarni bajarishi mumkin. Bular 12 ta 
bo'lishiga qaramasdan, ko'pincha Fl dan F10 gachasi ishlatiladi. 
Odatda F
l klavishi 
yordamchi ma’lumotlarni olish uchun xizmat qiladi (Spravochnik). 
4. Shaxsiy kompyuterlarning qo'shimcha qurilmalari. 
Sichqoncha. Sichqonchama’lumotlarnikompyutergakiritishvaubilanmuloqotqilishv
azifasinitezroqamalgaoshirishnitahminlaydiganqurilmadir. Usizkompyuterdaxusus
an, amaliyottizimidaishlabbo'lmaydi. 
Uyordamidaamaliyottizimgavauningboshqaruviostidaishlaydigandasturlargabuyru
qlarkiritiladi. Sichqonchaodatdaikkiyokiuchklavishalibo'ladi: chap, 
o'ngvao'rtayokig'ildirakchali. Chap va o'ng klavishalar dastur asosida 
almashtirilishi mumkin. Odatda chap klavisha 
yordamida asosiy amallar
 
(ajratish, surish, bajarish va h.k.) bajariladi. O'ng klavisha kontekst tavsiyanoma 
deb ataluvchi oynadagi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Kontekst 
tavsiyanomaning vazifasi joriy holatda u yoki bu amalni tezroq bajarish bilan 
bog'liq. O'rta klavisha yoki g'ildirakcha hozirda xususan, varaqlash (Page Down, 
Page Up amaliga o'xshab) maqsadlari uchun qulay. 


Sichqoncha birinchi navbatda ko'rsatish vazifasini bajaradi. Agarda biror 
obyekt ko'rsatgandan keyin, chap klavishacha bosilsa, o'sha obyekt ishlash uchun 
tayyor bo'lib turadi. Ko'rsatilgan obyekt ustida, sichqonchaning chap klavishasi 
ikki marta bosilsa, ko'rsatilgan obyekt ishga tushib ketadi. Sichqonchaning chap 
klavishasini ikki marta 
ketma-ket bosish operatsiyasi
, bu operatsiyani bir marta 
chap klavishani bosib, keyin Enter bosilganiga teng bo'ladi. 
Ekranda ko'rsatilgan obyektni surish yoki ko'chirish uchun, sichqoncha 
ko'rsatkichini ko'rsatilgan obyekt ustiga keltirilib, sichqonchaning chap klavishasi 
bosiladi va klavishani qo'yib yubormasdan, obyektni yangi joyga suriladi va 
sichqoncha klavishasi qo'yib yuboriladi. Windows muhitida ishlayotganda 
ekrandagi obyektlarni sichqonchaning ham chap, ham o'ng tomonda joylashgan 
klavishalar bilan ko'chirish mumkin. 
Bundan tashqari har bir shaxsiy kompyuterga tashqi qurilmalar deb ataluvchi 
vositalarni ham 
ulash imkoni mavjud bo'lib ulardan ayrimlari bilan tanishib chiqamiz. 
Printer. Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, dastur va berilganlarni bosmaga 
chiqarish uchun ishlatiladi. 
Printer yordamida matnlarni
, grafiklarni, rasmlarni 
rangli va rangsiz ko'rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil 
bo'ladi: matritsali, oqimli va lazerli. 
Matritsali printerlar nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi. Shuning uchun ham 
ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan 
sekin ishlaydi, chop qilish sifati uncha yaxshi 
emas va chop qilish tezligi ham katta emas. Ular keng (A3) va oddiy (A4) chop 
etish formatiga ega. 24, 48 ignali (nuqtali) printerlar mavjud bo'lib, albatta ignalar 
soni ko'pligi yaxshi ekanligi tushunarlidir. 
Oqimli printerlar. Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkash 
yo'li bilan ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda 
chop qilish sifati tiniq va ravshan bo'lib, ularning-kamchiligi siyohining tez tamom 
bo'lib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez, grafik 
tasviriarni esa sekinroq chop etadi. 
Lazer printerlar. 
Lazer printerlar ham sifati
, ham tezligi jihatidan eng yaxshi printer 
hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz bo'ladi. 
Bunday printerlarning andozasi sifatida Hewlett-Packard (HP) firmasi
chiqaradigan HP LaserJet rusmli printerlar qabul qilingan. Lazer printeriarda chop 
etish juda qulay bo'lib, u tez (minutiga 8-15 hatto 40 varaqqacha) chop etishi 
mumkin. Ammo tabiiyki, bunday printerlarning narxlari nisbatan balandroqdir. 
Uning bir kamchiligi - unda ishlatiladigan toner rang va kortrijning tez almashtirib 
turilishidadir. Uning bir toneri taxminan 1500-2500 varaqqa yetadi. Albatta bu 
raqam tejab ishlatishga bog'liq albatta. SHuning uchun lazer printerda chiqarilgan 
nusxani kseroks orqali ko'paytirish maqsadga muvofiqdir. 
Drayverlar. Bu shunday dasturki, u ma’lum qurilmalarni amaliyot tizimi bilan 
birga ishlashini tahminlaydi. Agar tizimga biror qurilma ulangan bo'lsayu unga 
mos drayver o'matilmagan va sozlanmagan bo'lsa, u holda Windows bunday 


qurilmani tanimaydi. Masalan: 
klaviatura
, monitor, disk, printer va boshqa 
qurilmalar drayverlari bor. 
Mulitimedia qurilmalari. Tovushlar va videoelementlar (video) bilan ishlash 
mulitimedia vositalari deb ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan 
amalga oshiriladi. Bunday texnik vositalar bilan jihozlangan kompyuter 
mulitimedia - kompyuter deb ataladi. 
Mulitimedia atamasining lug'aviy ma’nosi mulitimuhitni anglatadi. Ammo 
mulitimedia tushunchasining aniq tahrifi mavjud 
emas. Odatda mulitimedia deganda turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi 
vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni 
vaqtda bu avvalo tovushlar

videoelementlarni qayta ishlovchi vositalardir. SHu bilan birga mulgʻtiplikatsiya 
(animatsiya) va yuqori sifatli grafika hollarida ham mulitimedia haqida gapirish 
mumkin. Kelajakda mulitimedia vositalari ma’lumotning boshqa turlari, masalan, 
virtual voqelik bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan xoli emas. 
Raqamli foto va videokameralar kompyuterga 
tasvirli va tovushli ma
’lumotlarni 
(fototasvir va 
Videofil’mlami) kiritish uchun mo’ljallangan. 
Mikrofon tovushli ma’lumotlarni kiritish uchun mo'ljallangan. 
Kolonkalar va naushniklar tovushli ma’lumotlarni eshitish uchun mo'ljallangan. 
Vebkamera kompyuterga videotasvirli ma’lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladi. 

Download 4,74 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   183




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish