tashkilotlari standart sifatida qabul qiladilar: 802 IEEE qo‘mitasi (Institute of
Electrical and Electronic Engineers) va ECMA (European Computer Manufactures
Association). Bu standart IEEE 802.03 nomini oldi (inglizcha
«eight oh two dot three»).
IEEE 802.03 standartining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar: Topologyasi – shina;
uzatish muhiti – koaksial kabel; uzatish tezligi – 10 Mbit/s; maksimal uzunligi – 5
km; abonentlarning maksimal soni – 1024 tagacha; tarmoq qismining uzunligi –
500 m; tarmoqning bir qismidagi maksimal abonentlar soni – 100 tagacha;
tarmoqqa ega bo‘lish usuli – CSMA/CD, uzatish modulyatsiyasiz (monokanal).
Jiddiy qaralganda IEEE 802.03 va Ethernet orasida oz farq mavjud, lekin ular
haqida odatda eslanmaydi. Ethernet hozir dunyoda eng tanilgan tarmoq va shubha
yo‘q albatta u yaqin kelajakda ham shunday bo‘lib qoladi. Bunday bo‘lishiga
asosiy sabab, uning yaratilishidan boshlab hamma ko‘rsatkichlari, tarmoq protokoli
hamma uchun ochiq bo‘lganligi, shunday bo‘lganligi uchun dunyodagi juda ko‘p
ishlab chiqaruvchilar Ethernet qurilma va uskunalarini ishlab chiqara boshladilar.
Ular o‘zaro bir-biriga to‘liq moslangan ravishda ishlab chiqiladi, albatta. Dastlabki
Ethernet tarmoqlarida 50 Om li ikki turdagi (yo‘g‘on va ingichka) koaksial
kabellar ishlatilar edi. Lekin keyingi vaqtlarda (1990-yil boshlaridan) Ethernet
tarmog‘ining aloqa kanali uchun o‘ralgan juftlik kabellaridan foydalanilgan
versiyalari keng tarqaldi. Shuningdek, optik tolali kabellar ishlatiladigan standart
ham qabul qilindi va standartlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. 1995-yili
Ethernet tarmog‘ining tez ish- lovchi versiyasiga standart qabul qilindi, u 100
Mbit/s
tezlikda ishlaydi
(Fast Ethernet deb nom berildi, IEEE 802.03 u standar- ti),
aloqa muhitida o‘ralgan juftlik yoki optik tola ishlatiladi. 1000 Mbit/s tezlikda
ishlaydigan
versiyasi
ham
ishlab chiqarila
boshlandi (Gigabit Ethernet, IEEE 802.03 z standarti). Standart bo‘yicha «shina»
topologiyasidan tashqari «passiv yulduz» va «passiv daraxt» topologiyali
tarmoqlar ham qo‘llaniladi. Bu taqdirda tarmoqning turli qismlarini o‘zaro
ulash uchun repiter va passiv kontsentratorlardan foydalanish ko‘zda tutiladi (1–
rasm).