103
Ko’p hollarda barcha davlatlar milliy valyutalarining kursi AQSH dollari yoki
Buyuk Britaniya funt sterlingiga nisbatan belgilanadi.
Ammo tashqi savdo
munosabatlarida albatta biror bir valyutaning boshqa bir valyutadagi kursiga zarurat
tug’ilib turadi. Masalan, Yaponiya eksportyor Germaniya importyor bo’lsa, unda
albatta 1 Nemis markasi qancha Yapon iyenasiga to’g’ri keladi, degan savol tug’iladi.
Bunga javob berish uchun kross-kurs uslubidan foydalaniladi.
Milliy valyuta savdo qilinayotgan, xorijiy valyuta esa kotirovka valyutasi
bo’lgan holdagi kotirovka turi teskari kotirovka bo’ladi.
To’g’ri kotirovkada “Bid”sotib oluvchi kursi banklar tomonidan savdo
ilinayotgan valyutani sotib olish va milliy valyutani sotish kursi bo’ladi. “Offer”kursi
banklar tomonidan savdo qilinayotgan valyutani sotish va milliy valyutani sotib olish
kursi hisoblanadi. “Bid”va “Offer’kurslarining farqi sifatidagi miqdor “spred”deb
ataladi.
Valyuta kurslarining quyidagi turlari mavjud: “spot”kurs, sotuvchi va
sotib
oluvchi kurslari, forvardli kurs, kross-kurs, “autrayt”kursi. “spot”kurs - bu, naqdli
(kassa) shartnomasi kursidir. U “spot”shartnomalari ijrosi paytida qayd etiladigan bir
mamlakat valyutasining bahosini boshqa mamlakat valyutasidagi ifodasidan
iborat.“spot”kurslar erkin suzadigan yoki qat’iy belgilangan bo’lishi mumkin.
Ular milliy valyutani mamlakat tashqarisida shartnomani
amalga oshirish paytiga
sotib olish qobiliyatini ko’rsatadi.
Ba’zi davlatlar valyutalarining ichki va tashqi qiymati mavjudligiga qaramasdan
valyuta nazorati sharoitida oddiy tijorat operatsiyalarini amalga oshirishda, asosan
tovar hamda xizmatlar importida valyuta va “spot” kurslari bir xilda qo’llanilishi
mumkin.
Forvardli kurs - bu, muddatli valyuta shartnomalari kursidir. U kelgusida
ma’lum bir sanaga valyutani etkazib berish sharti bilan sotish yoki sotib olish
bahosidan iboratdir. Bunda muddatli valyuta operatsiyasida kurs uning ijrosi ma’lum
bir muddat o’tganidan so’ng amalga oshsa ham shartnoma tuzilish paytida qayd
etiladi.
Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar juda ko’p, ularning ichida eng
muhimlarini ko’rib chiqamiz.
Pul birliklarini sotib olish qobiliyatlari va inflyatsiya sur’ati. Valyutalarni sotib
olish qobiliyati bo’yicha bir biriga nisbatan o’lchanishi (sotib olish qobiliyatining
pariteti) qiymat qonunini aks ettirgan holda valyuta kursining asosi bo’lib xizmat
qiladi.
Valyuta kursi va pul birligining sotib olish qobiliyati o’rtasidagi muvofiqlik
hamma vaqt ham kuzatilmaydi. Masalan, 1980 yil ichida AQSH dollarining kursi
Doych markaga nisbatan 2%ga o’sgan, ammo shu bilan birgalikda ichki bozorda
dollarni sotib olish qobiliyati 13%ga, doych markaniki esa 6%ga pasaygan. Buning
sababi shundaki, valyutalarning kunlik kurslar kotirovkasi
ularni sotib olish
qobiliyatlariga nisbatan korrektirovka qilinmasligida va valyuta kurslariga boshqa
omillarning ta’siridadir.
104
Mamlakat to’lov balansining ahvoli valyutaga bo’lgan talab va taklifga, valyuta
kursining darajasiga bevosita ta’sir etadi hamda uning u yoki bu tarafga og’ib
ketishiga olib keladi. Mamlakatning aktiv to’lov balansi milliy valyuta kursining
o’sishiga olib keladi, chunki xorijiy qarzdorlar tomonidan unga bo’lgan talab oshib
boradi. Aksincha, passiv to’lov balansi esa milliy valyuta kursining pasayishiga olib
keladi.
Turli mamlakatlardagi foiz stavkalarining bir biridan farqi.
Mamlakatdagi hisob yuritishning o’rtacha foiz stavkasini ko’tarilishi xorijiy
kapitallarni mamlakatga oqib kelishini rag’batlantiradi. Ushbu foiz stavkalarining
pasayishi esa aksincha kapitallarni, shu jumladan
milliy kapitallarni ham
mamlakatdan chetga oqib ketishiga olib keladi.
Kapitallar ayniqsa “qaynoq”(chayqov) pullarning harakati (oqimi) mamlakatlar
to’lov balanslari muvozanatsizligini kuchaytirib yuboradi.
Foiz stavkalari valyuta bozorlari operatsiyalari va ssuda
kapitallari bozorlaridagi operatsiyalarga ta’sir etadi. Operatsiyalarni amalga
oshirishda banklar maksimal foyda olish maqsadida milliy va Xalqaro bozordagi foiz
stavkalari farqlarini hisobga oladilar. Ular arzonroq kreditlarni xorijiy ssuda
kapitallari bozorida sotib olib, xorijiy valyutani milliy ssuda kapitallari bozorida
nisbatan yuqoriroq foiz ustidan joylashtirishga harakat qiladilar.
Valyuta bozorlari faoliyati va chayqov valyuta operatsiyalarining valyuta
kursiga kon’yunktura ta’siri. Agarda biror bir valyutaning kursi pasayib borsa, bozor
ishtirokchilari uni nisbatan muvozanatliroq valyutaga almashtiradilar va bu bilan ular
uning qadrsizlanishini tezlashtirib yuboradilar.
Valyuta bozorlari mamlakat iqtisodiyotida va siyosatida bo’layotgan
o’zgarishlar, kurslar nisbatining tebranishiga ta’sir ko’rsatadi.
Evrobozorda u yoki bu valyutadan foydalanish darajasi uning kursiga bevosita
ta’sir etadi. Masalan, 2000 yilgacha Evrobanklar operatsiyalarini 70-75% AQSH
dollarida amalga oshishi AQSH dollariga bo’lgan talab ko’lamini belgilaydi. Hozirgi
kunda ushbu banklar operatsiyalarida asosiy o’rinni Evro egallagan.
Evrobozorda va Xalqaro hisob-kitoblarda muayyan
bir valyutadan foydalanish
darajasi. Masalan, muomalaga Evro kiritilgunga qadar Evrobanklar operatsiyalarining
60%i AQSH dollarlarida amalga oshirilgan va ushbu omil mazkur valyutaga bo’lgan
talab hamda taklifni belgilagan. Valyuta kursiga undan xalqaro hisob-kitoblarda
foydalanish darajasi ham ta’sir etadi. Masalan, 90-yillarda AQSH dollari zimmasiga
xalqaro hisob-kitoblarning 50%i, tashqi qarzdorlikning
70%i (asosan rivojlanib borayotgan mamlakatlarning) to’g’ri kelgan. Shu
sababli jahon baholarining, davlatlar qarzdorliklari bo’yicha to’lovlarning muntazam
ravishda o’sishi dollar kursini, uni sotib olish qobiliyatini pasayishi sharoitida ham
o’sishiga ko’maklashadi.
Valyutalar kurs nisbatlariga yana xalqaro to’lovlarning tezlashishi yoki
sekinlashishi ham ta’sir etadi. Masalan, muayyan valyutaning pasayishini ko’zda
tutgan holda qarzdorlar zarar ko’rmaslik uchun kontragentlarga bu valyutadagi
to’lovlarini tezlashtirishga harakat qiladilar. Agarda valyuta qadrining ko’tarilishi
105
kutilsa aksincha ushbu valyutadagi to’lovlarni amalga oshirishni kechiktirilishi
kuzatiladi.
Jahon bozoridagi bunday taktika “lidz end legz”nomini olgan va u mamlakat
to’lov balansi hamda valyuta kursiga ta’sir etadi.
Jahon va ichki bozorlarda mamlakat milliy valyutasiga ishonch darajasi. Ushbu
ishonch mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va siyosiy holat hamda yuqorida ko’rib
chiqilgan valyuta kursiga ta’sir eta oladigan omillar bilan belgilanadi.
Shu bilan
birgalikda dilerlar iqtisodiy o’sish va inflyatsiyaning mazkur sur’atlaridan, valyutani
sotib olish qobiliyatining o’sishidan, talab hamda taklifning o’zaro nisbatidan
tashqari ularning dinamikasi istiqbolini ham hisobga oladilar.
Ba’zida, mamlakatning savdo va to’lov balanslari holati yoki saylovlar natijalari
to’g’risidagi ma’lumotlarni matbuotda chop etilishini kutish talab hamda taklifning
o’zaro nisbatiga va valyuta kursiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Ayrim holatlarda valyuta
bozorida imtiyozli yo’nalishlar vazirlar iste’fosi haqidagi mish-mishlar singari va
boshqa shu kabi siyosiy Yangiliklar foydasiga o’zgaradi.
Agarda mamlakatning iqtisodiy holati jahonda yuqori baholanayotgan bo’lsa,
unda uning valyutasi kuchli hisoblanadi va iqtisodiy jihatdan kuchsizroq hisoblangan
davlat valyutasiga nisbatan yuqoriroq bahoda sotilishi mumkin.