96
11 - Mavzu:
Valyuta va valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy
ishtirokchilari.
Reja:
1.Valyuta tushunchasi
2.Valyuta munosabatlari
3.Valyuta munosabatlari ishtirokchilar.
Valyuta - jahon bozorida, davlatlar o’rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning
milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari “dollari”, Buyuk Britaniya
“funt sterling”, Kanada “dollari”, Yapon “iyenasi”va boshqa shu kabilar.
Muayyan bir
davlatning milliy puli - uning milliy valyutasi bo’ladi. Shu davlat uchun boshqa
davlatlarning milliy pul birliklari esa - xorijiy valyutalardir. Masalan, AQSH “dollari”
Buyuk Britaniya “funt sterling”, Kanada “dollari’, ‘Evro”, Yaponiya “iyenasi”, Turkiya
“lira”si va shu kabi erkin muomalada yuradigan valyutalar O’zbekiston Respublikasida
xorijiy valyuta bo’ladi, o’z navbatida O’zbekiston “so’m”i bu davlatlar uchun xorijiy
valyuta bo’lib hisoblanadi.
Xorijiy valyuta bilan deviz tushunchasi bog’liqdir. Deviz - bu,
xorijiy valyutadagi har
qanday vositadir.Qabul qilingan Xalqaro qoidalarga asosan har bir davlatning valyutasi 3
harf bilan belgilanadi. Bunda ushbu harflarning birinchi 2 tasi mamlakatni, 3- esa valyuta
nomini belgilaydi. Masalan, US - Qo’shma Shtatlar, D - dollar yoki GB - Buyuk Britaniya,
P - paund. Ushbu belgilanishlar valyutalar kodlari deb ataladi. Valyutalar jahon bozorida
o’zlarining muomalada bo’lish xususiyatlariga ko’ra erkin muomalada yuradigan,
muomalasi qisman yoki butunlay cheklangan, yopiq yoki ekzotik valyutalarga bo’linadi.
Ba’zi bir davlatlarning milliy pul birliklarini mazkur davlatlarda
valyuta munosabatlari
borasida mavjud va harakatda bo’lgan qonun-qoidalariga asosan xorijga chiqishi hamda u
erda muomalada bo’lishi chegaralanadi.
Xalqaro valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xo’jaligida amal qilishi borasida
shakllanadigan va milliy xo’jaliklar faoliyat natijalarining o’zaro almashuviga xizmat
ko’rasatadigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir. Xalqaro valyuta munosabatlari moddiy
ishlab
chiqarish jarayoniga, ya’ni birlamchi ishlab chiqarish munosabatlariga hamda
taqsimot, almashuv va Iste’mol jarayonlariga aloqador bo’lgan xalqaro iqtisodiy
munosabatlarni o’z ichiga oladi. Valyuta munosabatlari va takror ishlab chiqarish o’rtasida
bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) hamda oqibat xarakteridagi (qaytma) aloqalar mavjud.
Ularning ob’ktiv asosi bo’lib tovarlar, kapitallar, xizmatlar bilan xalqaro almashuvni
vujudga keltiruvchi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi.
Valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xo’jaligi muomalasida
amal qilish jarayonida
va xalqaro aloqalar sohasiga xizmat ko’rsatishda o’ziga hos pul munosabatlarining
yig’indisidir, yoki davlatlar, jahon valyuta bozorining subyektlari, muayyan davlatning
rezident yoki norezident shaxslari o’rtasida valyutalarni sotish, sotib olish, majburiyatlarni
bajarish hamda boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga
keladigan munosabatlardir. Valyuta munosabatlari - bu xalqaro aloqalarga xizmat
ko’rsatuvchi va jahon xo’jaligida valyuta muomalasi jarayonida vujudga keladigan o’ziga
hos pul munosabatlarining majmuidir. Valyuta munosabatlari jahon valyuta tizimining asosi
bo’lib xizmat qiladi. Ularning shakllanish jarayonlarini o’rganish O’zbekiston uchun
97
nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. Valyuta munosabatlarining paydo
bo’lishi, o’zgartirilishi yoki tugatilishining huquqiy asoslari bo’lib xalqaro kelishuvlar va
ichki davlat qonun-qoidalari hisoblanadi.
Valyuta munosabatlari nisbatan mustaqil munosabatlar bo’lgani holda to’lov balansi,
valyuta kursi, hisob-kitob operatsiyalari orqali dunyo iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir
ko’rsatadi.
Valyuta munosabatlarining ahvoli quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
-milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga;
-siyosiy ahvolga;
-jahon bozorida davlatlararo munosabatlar borasidagi muammolarga va ushbu
muammolarning rivojlanish tendensiyalariga.
Valyuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari sifatida xalqaro moliyaviy
tashkilotlar, davlatlar, davlatlarning rezident va norezident shaxslari maydonga chiqadi.
Rezident shaxs - bu muayyan davlat hududida yashayotgan va ushbu davlat fuqarosi
bo’lgan hamda mazkur davlat hududida faoliyat ko’rsatayotgan yuridik yoki jismoniy
shaxsdir.
Norezident shaxs - bu muayyan davlat hududida yashab faoliyat ko’rsatayotgan, ammo
shu davlat fuqarosi bo’lmagan yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Masalan, elchixonalar,
vakolatxonalar, chet el firma va korxonalarining bo’linmalari hamda shu kabilar.
Valyuta
tizimi - bu, mamlakatlar o’rtasida valyuta munosabatlarini tashkil etish
shaklidir.
Valyuta tizimi - bu, xo’jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan
shakllangan, valyuta amali bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Valyuta
tizimining mohiyat, tashkil etilish shakllari va roli Jamiyat ning iqtisodiy tizimi bilan
belgilanadi.
Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy
faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit Yaratib beradi. Subyektlarning ushbu faoliyati
amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi. Valyuta qonunchiligi -
bu, mamlakat ichkarisida valyuta qimmatliklari bilan bir mamlakat tashkilotlari va
fuqarolari hamda
boshqa mamlakat tashkilotlari va fuqarolari o’rtasidagi shartnomalarni hamda
mamlakat ichkarisidan xorijga va xorijdan mamlakat ichkarisiga milliy hamda xorijiy
valyutalar va boshqa valyuta qimmatliklarini olib kirish, olib chiqish, o’tkazish yo’li bilan
amalga oshirilishini tartibga soluvchi qonuniy me’yorlar yig’indisidir.