87
hisoblanmaydi. “70 lar qoidasi”aholi jamg’armalarining, real yoki milliy mahsulot
hajmining ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini to’g’ri aniqlab berishga
imkon beradi.
Pulning qadrsizlanish darajasi turli mamlakatlarda har xil bo’lishi mumkin.
Inflyatsiya darajasi rivojlangan mamlakatlarda pastroq va tez o’tishi kuzatilsa, iqtisodiy
jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda uning darajasi yuqori, surunkali va
“davolash”ham ko’proq vaqt talab qilishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda inflyatsiyaning sharoit va omillari har xilligini
hisobga olib uni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin.
Birinchi guruhga rivojlanayotgan Lotin Amerika mamlakatlari - Argentina,
Braziliya, Peru kabilar kiradi. Bu davlatlarda surunkali
davlat byudjeti taqchilligi,
iqtisodiy muvozanatning yo’qligi asosiy va aylanma mablag’lar qiymatining doimo
indeksatsiya qilinishi, milliy valyuta kursining chet el valyutasiga nisbatan tushib
borishi pul qadrsizlanishining omillari hisoblanadi.
Bu mamlakatlarda surunkali byudjet taqchilligini emissiya yo’li bilan
moliyalashtirish natijasida yillik pul qadrsizlanishi bir necha ming foizga yetishi
kuzatilgan.
Argentina, Chili kabi mamlakatlarda inflyatsiya pul qadrini yemirib tashlashi
natijasida biror tovarni sotib olish uchun bir necha million pul birligi zarur bo’lgan. Bu
hol hisob-kitoblarni olib borishda, pul muomalasida juda katta
qiyinchilik
tug’dirgan.
Bir necha marta o’tkazilgan denominatsiYalar
pul qadrsizlanishini to’xtatishga asos bo’la olmagan.
Lotin Amerikasi
mamlakatlarida bo’lgan inflyatsiya darajasini baholar indeksidan ham ko’rish
mumkin. Bu amlakatlarda baholar indekslari bir necha sonlardan iborat bo’lgan.
Ikkinchi guruh mamlakatlar - Kolumbiya, Ekvador, Venesuela, Eron, Suriya
kabi mamlakatlarda ham iqtisodiy muvozanatning yo’qligi, moliyaviy siyosatdagi
kamchiliklar - taqchillikni moliyalashtirish, xalq xo’jaligiga ko’p kreditlar ajratish
inflyatsiyaning mavjud bo’lishini ta’minlamoqda. Bu mamlakatlarda inflyatsiya
shiddatli xarakterga ega bo’lib, baholarning yillik o’sishi 30-40% atro-fida, ba’zida
undan yuqori bo’ladi. Inflyatsiya sur’atiga qarab jamg’armalar, to’lovlar bo’yicha
indeksatsiya o’tkazib boriladi, ishsizlik oshib bormoqda.
Uchinchi
guruhga Hindiston, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Filippin kabi
mamlakatlar kiradi. Bu mamlakatlarda cheklangan iqtisodiy muvozanat mavjud
bo’lib, eksportdan valyuta tushumi ancha yuqori. Yillik inflyatsiya sur’ati 5-20%
atrofida va qisman indeksatsiya o’tkazilib turiladi.
To’rtinchi guruh davlatlar - Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Bahrayn,
Arabistonda - iqtisodiy muvozanatning mavjudligi inflyatsiya sur’atlarining sustligini
ko’rsatadi. Bu mamlakatlardagi inflyatsiya 2-6% ni tashkil qiladi va buni sudraluvchi
inflyatsiya deb atash mumkin.
O’zbekistondagi inflyatsiya bu mustaqillik tufayli vujudga kelgan inflyatsiya
emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSR da yuzaga kelgan.
Bu inflyatsiyaning
umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqtisodiyotga nisbatan siyosatga ko’p
88
e’tibor berilganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur’atlari tushib ketdi. Tovar
kamyobligi yashirin jarayon bo’lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko’p xarajat
qilinsada (xom ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli), tovarlar past bahoda sotilgan.
Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
1.Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib keladi:
- ishlab chiqarish hajmi tushib ketadi va baholarning oshib borishi ishlab
chiqarish istiqbollariga to’g’anoq bo’ladi;
-
kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) sohasiga,
vositachilik sohasiga oqib o’tadi. Chunki ishlab chiqarishdan ko’ra, savdo sohasidagi
kapital tezroq va ko’proq foyda keltiradi;
-
baholarning o’zgarib turishi olib-sotarlikni rivojlantiradi, arzon vaqtida
olib, qimmat bo’lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish jarayonlari avj
oladi;
-
kredit berish jarayonlari cheklangan bo’ladi. Qarz oluvchilar ko’payadi-
yu, qarz beruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bergan yutqazishi mumkin;
- davlatning moliya resurslari qadrsizlanadi va h.k.
2.Aholining kam daromad oluvchi qismining ijtimoiy ahvoli yomonlashadi. Ularning
real daromadlari kamayadi. Nominal daromadning baholar o’sishidan
tushishi
natijasida aholining turmush darajasi pasayadi.
Ayniqsa, nafaqa, davlat
tashkilotlaridan maosh oluvchilarning ahvoli qiyinlashishi mumkin. Inflyatsiya aholi
jamg’armalarining qadrsizlanishiga olib keladi. Inflyatsiya aholi ba’zi qatlamlarining
(savdo-sotiq sohasida) boyishiga olib keladi.
Inflyatsiyaning salbiy ijtimoiy - iqtisodiy oqibatlari sifatida quyidagilarni ta’kidlash
maqsadga muvofiq.
1.
Aholi va korxonalarning nominal daromadlari hajmi ortib borsada real
daromadlari pasayadi. Natijada aholining turmush darajasi pasayadi, ularning yillik
olayotgan daromadlarining real qiymati pasayib boradi.
2.
Mamlakatning boylik va daromadlari bir guruh kishilar o’rtasida qayta
taqsimlanadi. Kreditorlar bu borada yutadilar, debitorlar esa yutqazadilar.
3.
Pulning moddiy boylikka almashtirish jarayoni tezlashadi. Aholi o’z
ihtiyoridagi pullarga tovar, ko’chmas mulk, qimmatbaho buyumlarni, shuningdek,
barqaror horijiy valyutalarni sotib olishga bo’lgan iqtisodiy qiziqish ortib boradi.
4.
Uzoq muddatli investisiyalarga yo’naltiriladigan mablag’lar
kamayib boradi
va ohir oqibat to’xtaydi. Chunki, investitsiyalar hisobidan kelgusida olinadigan
daromadlar o’z qadrini yo’qotgan pullarda olinadi.
5.
Aholining barcha shakldagi pul jamg’armalarining (omonat, naqd pul,
obligasiya, qimmatli qog’ozlar va boshqalar) qiymati tushib kyetadi. Omonatlar
bo’yicha foizlar miqdorining tushib ketishi. Foizlar nominal ko’rinishda o’sishi
mumkin, lekin real qiymati pasayib boradi. Natijada aholining banklardagi
omonatlarining hajmi pasayib, mablag’larning bankdan tashqari oborotining hajmi
ortib boradi.
6.
Mikroiqtisodiy darajada ishlab chiqarishga bo’lgan manfaatdorlik
89
yo’qoladi, buning natijasida korxonada yangi ilmiy texnikani joriy etish darajasi
tushib ketadi. Ishchilarning mehnatini rag’batlantirish pasayadi.
7.
Milliy
daromadni
taqsimlash
va
qayta
taqsimlash
jarayonlari
markazlashadi. Milliy valyutaning qadrini pasayishi natijasida
muomalada horijiy
valyutalarning ishtiroki ortib boradi. Mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda
qiyinchiliklar vujudga keladi.
8.
Iqtisodiy ma’lumotlarning haqqoniyligi, ishonchliligi, barqarorligiga
shubha tug’iladi. Natijada aholining davlat tomonidan olib borayotgan
makroiqtisodiy siyosati va pul - kredit tizimiga ishonchi pasayadi.