|
Oliy va o’rta maxsus ta’lim
|
bet | 6/105 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #263556 |
Bog'liq УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)Каримов И.А. Узбекистондемократик таравдиётнинг янги бос^ичида. -T., Узбекистон, 2005. -Б. 71.
20
Raqobat tadbirkorlarni yangi texnologiyalarni jalb etishga undaganligi sababli ilmiy-texnikaviy rivojlanishga turtki buladi. Bundan tashqari, raqobatning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bunda eng asosiy e’tibor tadbirkorlarning shaxsiy mustakilligiga karatiladi. Fakat raqobatgina iqtisodiy faoliyatni ma’muriy boshkarishsiz ham muvofiklashtirishi mumkin va bu tadbirkorlar manfaatlarini tularok; kondirishga imkoniyat yaratib beradi. Raqobatning salbiy tomonlari sifatida shuni aytish mumkinki, raqobat bozorda muvozanatni yuzaga keltirishi yoki uzi uni buzib kuyishi mumkin. CHunki talab va taklifning uzgarishiga karab narxlarning tuxtovsiz uzgarib turishi bozordagi sub’ektlarning mavkelarini bir maromda saklab turishlariga imkon bermaydi.
SHuningdek, raqobatning mavjudligi tadbirkorni foyda olish va bozorda uz mavkeni saklab kolish maksadida shunday metodlardan foydalanishga majbur etadiki, bu uz navbatida tabiiy resurslardan nookilona foydalanishga, uz rakibini obrusizlantirishga, iste’molchilarni chalgitishga olib kelishi mumkin. Jahon bozoriga nima asos bo’lgan? XVIII asrga qadar olimlar bu savolga javobni tabiat in’omlarining turli mamlakatlar va xalqlar o’rtasida notekis taqsimlanganligi bilangina bog’lar edi. Mulohaza yuritish mantiqi oddiy edi: agar bir mamlakatda marmar koni, boshqasida esa oltin koni bo’lsa, ularning qirollari oltin tojda marmar qoplangan saroyda o’tirishlari uchun bu mamlakatlar bir-biri bilan savdo qilib, marmarni oltinga ayirboshlashi kerak. Adam Smit bilim sari yangi qadam tashlab, “mutloq ustunlik" tushunchasini kiritdi. "Mutloq ustunlik" har qaysi mamlakatda shunday tovar mavjudki, harajatlar birligiga hisoblaganda u boshqa mamlakatlarga qaraganda ko’prok ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan vaziyatdir.
Iqtisodiy tahlilda “Xalqaro savdo” mavzusi fikr yuritishning eng qadimgi mavzularidan biri hisoblanadi. Erkin ayirboshlash nazariyasining asoslari XIX asrdayoq buyuk iqtisodchilar tomonidan ÿratilgan. Ushbu nazariya ikkinchi jahon urushi tugagandan so’ng xalqaro savdo sohasida yuzaga kelgan halqaro ayirboshlashning rivojlanishini tushuntiruvchi qoidalarga juda katta ta’sir ko’rsatdi. A.Smit modelini ko’rib chiqayotganda tahlil uchun foydalaniladigan ba’zi shartlarni keltirish talab etiladi:
Dunyoda faqat ikkita mamlakat mavjud.
Mamlakatlarda faqat ikkita mahsulot ishlab chiqariladi.
Mamlakatlar orasida tovarlar savdosi cheklashlarsiz amalga oshiriladi.
Xalqaro savdo muvozanatlashtirilgan (import eksport bilan to’lanadi).
Faqatgina mehnat tovar bahosiga va unumdorlikka ta’sir ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish omillari mamlakat orasida ko’chib yurmaydi.
Mehnat va mahsulotni chiqishi orasidagi nisbat doimiy.
Ishlab chiqarish omillari tarmoqlar orasida mutlaq ko’chib yurishi mumkin.
Xar ikki mamlakatda va ikki tarmoqda sof raqobat muhiti mavjud bo’ladi.
Nisbiy foyda koidasi xar bir mamlakatni mavjud resurslardan tong okilona foydalanishga imkon beradigan darajada uz iktisodiyotini ixtisoslashtirishga va boshka mamlakatlar bilan tovar ayirboshlash natijasida uz fukarolarining farovonligini eng yukori nukgaga kutarish undaydi. A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasida biror-bir davlatning hamma tovarlar bo’yicha mutlaq ustunlikka ega
bo’lgan holati ko’rib chiqilgan edi. Bu holatni esa David Rikardo o’zaro manfaatli savdoning va xalqaro ixtisoslashuvning umumiyroq (A.Smitning modelini xususiy hol sifatida o’z ichiga oluvchi) tamoyilini shakllantirgan “Siyosiy iqtisodning va soliqqa tortishning boshlanishi” (1819 yil) asarida ko’rib chiqdi. D.Rikardo xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o’ziga xosligini ta’kidlab, A.Smitning tamoyilini amal qilmasligi o’zaro manfaatli savdoga to’sqinlik bo’la olmasligi ko’rsatib berilgan modelni yaratdi. D.Rikardo solishtirma ustunlik qonunini yaratdi, ya’ni davlat ishlab chiqarishda eng yuqori mutlaq ustunlikka ega bo’lgan (agar u har ikki tovar bo’yicha mutlaq ustunlikka ega bo’lsa) yoki eng kam mutlaq ustunlikka ega bo’lgan (agar u birorta tovar bo’yicha hech qanday ustunlikka ega bo’lmasa) tovarlar eksportiga ixtisoslashishi kerak.
O’z zamonasining ko’pchilik iqtisodchilari singari u o’z konqepqiyasini rivojlantirishni aniq bir misol orqali: vino va jun hamda ikki mamlakat: Angliya va Portugaliya o’rtasidagi savdodan boshlaydi.
2-jadval
|
Jun
|
Vino
|
|
|
|
Angliya
|
100 ishchi
|
90 ishchi
|
|
|
|
Portugaliya
|
120 ishchi
|
80 ishchi
|
2-jadvaldan ko’rinadiki, Angliyada ma’lum bir (a) miqdorda jun ishlab chiqarish uchun yiliga 100 ta ishchi mehnati talab etiladi. Ushbu miqdordagi junga Angliya ma’lum bir (v) miqdorda portugal vinosini sotib oladi. Angliyaning o’zi vino ishlab chiqarganda yiliga 120 ishchining mehnati talab etilgan bo’lar edi. Bundan Angliyaning Portugaliyadan jun hisobiga vino sotib olishi manfaatli ekanligi kelib chiqadi. Ushbu tovarlarni ishlab chiqarish uchun Portugaliya mos ravishda yiliga 90 va 80 ishchining mehnatini sarflaydi. SHuning uchun unga vino hisobiga jun olib kelish manfaatli. D.Rikardoning fikricha, 100 ingliz ishchisining mehnati va Portugaliya ishchisining mehnatiga noekvivalent almashinuvi ishlab chiqarish omillarining mamlakatlar o’rtasida harakatining qiyinligi bilan tushuntiriladi. D.Rikardoning modeliga binoan Portugaliya Angliya oldida har ikki tovar ishlab chiqarish bo’yicha mutlaq ustunlikka ega, ammo Portugaliya vino ishlab chiqarish bo’yicha nisbiy ustunlikka ega.
SHunday qilib, nisbiy ustunlik - bu shu haqidagi tasdiqki, mamlakat uchun u eng katta samaradorlikka erishgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak va ularni mamlakatning ustunligi minimal bo’lgan tovarlarga ayirboshlagan holda eksport qilishi kerak.
Oxirgi o’n yilliklarda jahon savdosida xalqaro savdoning klassik nazariyalari bilan tushuntirib bo’lmaydigan sezilarli o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bunday vaziyatning yuzaga kelishi mavjud nazariyalarni rivojlantirishni va shuningdek
muqobil nazariy konqepqiyalarni ishlab chiqishga da’vat etadi.
Mahsulotning xayotiylik davri nazariyasi. 60-yillarning o’rtalarida amerikalik iqtisodchi R.Vernon mahsulotning hayotiylik davri nazariyasini olg’a surdi. Ushbu nazariyasida R. Vernon tayyor mahsulotlar jahon savdosining rivojlanishini ularning xayotiy bosqichlari asosida, ya’ni mahsulot bozorda xayotga ega va sotuvchining o’z maqsadlariga erishishini ta’minlashi vaqt davri asosida tushuntirishga harakat qildi.
Mahsulotning xayotiylik davri to’rtta bosqichni o’z ichiga oladi, ya’ni tadbiq etish, o’sish, yetuklik va pasayish.
Birinchi bosqichda mamlakat ichida yuzaga kelgan ehtiyojni hisobga olgan holda yangi mahsulotni ishlab chiqarish yuz beradi. SHuning uchun ushbu bosqichda yangi mahsulotni ishlab chiqarish kam seriyali xarakterga ega bo’ladi, yuqori malakali mutaxassislarni talab etadi hamda yanglik kashf etilgan mamlakatda konqentraqiyalanadi. Ishlab chiqaruvchi esa deyarli monopol mavqega ega bo’ladi va mahsulotning kichik qismigina tashqi bozorga chiqariladi. Yetuklik davrida ko’p seriyali ishlab chiqarish oldingi o’ringa chiqadi. Raqobat kurashida esa narx omili birlamchi axamiyat kasb eta boshlaydi. Ushbu bosqichda bozorlarning kengayib borishi va texnologiyaning tarqalishi natijasida yanglik kashf etilgan mamlakat raqobat ustunligiga ega bo’lmay qoladi. Ishlab chiqarish ishchi kuchi arzon bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga ko’cha boshlaydi. Standartlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlarida arzon ishchi kuchidan samarali foydalanish mumkin. Mahsulot xayotiylik davri pasayish bosqichiga o’tishi munosabati bilan unga bo’lgan talab qisqaradi. Bu holat ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda kuzatiladi. Mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda to’planadi. Mahsulot yaratilgan mamlakat esa sof importyorga aylanadi. Mahsulotning hayotiylik davri nazariyasi ko’pchilik tarmoqlar evolyuqiyasini ifodalab beradi, ammo ushbu nazariya xalqaro savdo rivoji tendenqiyalarining universal ta’rfi hisoblanmaydi.
Miq’yos ta’siri nazariyasi. 80-yillarning boshlarida P. Kryugman, K. Lankaster va ayrim boshqa iqtisodchilar klassik nazariyaga muqobil ravishda, miq’yos ta’siriga asoslangan xalqaro savdo nazariyasini taklif etdilar. “Mikroiqtisodiyot” kursidan yaxshi ma’lum bo’lgan miq’yos ta’siri tushunchasining mohiyati shundan iboratki, aniq bir yaratilgan texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etishda mahsulot chiqarish xajmi o’sgan sari uzoq muddatli o’rtacha xarajatlar qisqaradi, ya’ni ommaviy ishlab chiqarish natijasida iqtisodi qilish holati yuzaga keladi.
Mazkur nazariya mualliflarining nuqtai nazariga ko’ra ko’pgina mamlakatlar (xususan sanoati rivojlangan) asosiy ishlab chiqarish omillari bilan bir biriga yaqin bo’lgan nisbatda ta’minlanganlar. Ushbu sharoitda ular uchun miq’yos ta’siriga ega tarmoqlarga ixtisoslashgan holda o’zaro savdo aloqalarini yo’lga qo’yish manfaatli hisoblanadi. Bunday ixtisoslashish ishlab chiqarish xajmining oshishiga, mahsulotni eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishga va natijada uning narxi past bo’lishiga imkon beradi. Ommaviy ishlab chiqarish ta’siri amalga oshishi uchun yetarli darajada keng bozor talab etiladi. Xalqaro savdo esa bunda xal qiluvchi rolni
o’ynaydi. CHunki u mahsulot sotiluvchi bozorlarni kengayishiga imkon yaratadi. Boshqa so’zlar bilan aytganda, xalqaro savdo yagona integraqiyalashgan bozorni vujudga keltiradi va bu esa o’z navbatida aloxida olingan mamlkat bozoridan ko’ra iste’molchilarga ko’proq miqdordagi mahsulotni arzonroq narxda taklif qilish imkoniyatini tug’ bilan diradi. Biroq shular bilan bir qatorda miq’yos ta’sirining amalga oshirilishi sof raqobat muhitining buzulishiga olib kelishi mumkin
Omillarning parametrlari. Har bir mamlakat u yoki bu äarajada ishlab chiqarish omillariga ega bo’ladi (Xeksher-Olin modeli). omillar avvaldan mavjud bo’lishi, shuningdek inson faoliyati natijasida ÿratilishi mumkin. SHuning uchun raqobat ustunligiga erishish va uni rivojlantirish uchun íafaqat mavjud omillar zahirasi, balki uning ÿratilishi tezligi ham muhimdir. Bundan tashqari omillarning ortiqchaligi raqobat ustunligini yo’qotilishiga olib kelishi, ularning yetishmasligi esa, aksincha, yangilanishni yuzaga keltirishi va bu bilan uzoq muddatli raqobat ustunligiga olib kelishi mumkin. SHunday bo’lsada omillar bilan ta’minlanganlik o’ta muhim axamiyat kasb etadi va shuning uchun ham u birinchi parametrdir (iíson resurslari, moddiy resurslar, bilim resursi, moliyaviy resurslar, infratuzilma). Omillar turli tarmoqlarda turli miqdorlarda qo’laniladi. Firmalar o’z ixtiyorlarida o’z tarmoqlaridagi raqobat kurashida zarur bo’ladigan arzon va yuqori sifatli omillarga ega bo’lsalargina raqobat ustunligiga erishadilar.
Ikkinchi parametr bu - omillar ierarxiyasidir. Omillar asosiy (tabiiy resurslari, iqlimiy sharoitlar, geografik joylashuv, malakasiz ishchi kuchi va h.k.) va rivojlangan (zamonaviy infratuzilma, malakali ishchi kuchi va h.k.), umumiy (barcha tarmoqlarda qo’llash mumkin bo’lgan) va ixtisoslashgan (aynan ixtisoslashgan omillar raqobat ustunligi uchun ko’rinarli va uzoq muddatli asos bo’ladi) omillarga ajratiladi. Omillarni ÿratish - uchinchi parametr. Omillar, ular tabiiy yuzaga kelganliklari va sun’iy ravishda yaratilganliklari bilan farqlanadilar. Yuqori darajadagi raqobat ustunligiga erishishga ko’mak beruvchi barcha omillar sun’iy omillardir. Mamlakatlar, ular zarur omillarni eng maqbo’l tarzda yarata oladigan va mukammalashtiradigan tarmoqlardagina muvaffaqiyatga erishadilar. Talab parametrlari. Ichki bozordagi talab miq’yos ta’siri vositasida yangiliklarning tadbiq etilishining xarakterini va tezligini belgilaydi. Talab quyidagilar bilan tavsiflanadi:
tuzilishi bilan;
o’tish xarakteri va hajmi bilan;
baynalminallashuv bilan.
Talab quyidagi asosiy xususiyatlarga ega bo’lgan taqdirdagina, firmalar raqobat ustunligiga erishishi mumkin bo’ladi:
ichki talabning katta ulushi bozorning global segmentlariga to’g’ri kelsa;
xaridorlarning yuqori talablari firmalarni yana ham sifatli mahsulot tayyorlashga, hizmatlarni ko’rsatishga hamda tovarning iste’mol xususiyatlarini oshirishga majbur qilsa;
mahsulot yaratilgan mamlakatda talab boshqa mamlakatlarga nisbatan erta yuzaga kelsa.
Yaqin va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlar. Milliy raqobat ustunligini
aniqlovchi uchinchi determinant – bu mamlakatda jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan yetkazib beruvchi yoki aralash tarmoqlarning mavjudligidir. Raqobatbardosh yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud bo’lganda:
qimmatbaho resurslarga samarali va tez yetishish;
ichki bozorda yetkazib beruvchilarni muvofiqlashtirish;
yangilik kiritish jarayoniga yordam ko’rsatish mumkin bo’ladi. Milliy firmalar, ularning mol yetkazib beruvchilari jahon bozorida raqobatbardosh bo’lsalar, ko’proq foyda oladilar.
Firmalar strategiyasi, tuzilmasi va raqobati. Firmalar ichki bozordagi raqobat xususiyatiga qarab tuziladi, tashkil etiladi, hamda boshqariladi va kunda turli strategiya va maqsadlar ishlab chiqiladi. Bularning barchasi firmaning raqobat ustunligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Tashki iktisodiy shartnomalarga pudrat shartnomalari, sanoat ob’ektlari kurishda texnik yordam berish buyicha turli xizmatlar ko’rsatish shartnomalari, shuningdek tashki savdo tovarlar oldi-sotdisi buyicha shartnomalar kiradi. Kuyida tashki savdo tovarlar oldi-sotdisi buyicha shartnomalar xakida suz boradi. Xalkaro tovarlar oldi-sotdisi buyicha shartnomalar xakidagi 1980 yilgi Vena konferentsiyasi bunday shartnomalar deganda tijorat korxonalari turli davlatlarda joylashgan tomonlar urtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarini tushunadi. Oldi-sotdi shartnomalarining turli shakllari mavjud. Bir martalik yetkazib berish shartnomasi - bir martalik kelishuv bo’lib, unda ma’lum kunda, ma’lum vakt mobaynida, ma’lum davrda kelishilgan miqdordagi tovar yetkazib berish nazarda tutiladi. Tovar yetkazib berish belgilangan vakt mobaynida bir yoki bir necha marta amalga oshiriladi. Majburiyatlar bajarilgandan keyin shartnoma amal kilishdan tuxtaydi. Bir martalik shartnomalar kiska muddatli va uzok muddatli bo’lishi mumkin.
Doimiy yetkazib berish shartnomalari - shartnomada kelishilgan muddat mobaynida ma’lum miqdorda doimiy ravishda tovar yetkazib berishni nazarda tutadi. Bunda muddat kiska muddatli (odatda bir yil) va uzok muddatli (5-10 yil, ayrim xollarda undan xam kuprok) bo’ladi. Majmua uskunalari yetkazib berish buyicha shartnomalar - uskunalar eksporteri va oluvchi-importerlar, shuningdek bunday yetkazib berishlarni tuldirishda katnashuvchi ixtisoslashgan firmalar urtasida aloka mavjudligini nazarda tutadi. Bunda bosh yetkazib beruvchi tulik majmua va uz vaktida yetkazib berish,
shuningdek sifat uchun javob beradi.
Tovar uchun xak tulash shakliga karab pul bilan xak tulash va tulik yoki kisman tovar shaklida xak tulash shartnomalari farklanadi. Pul bilan xak tulash shartnomalarida tomonlar kelishgan valyuta, shartnomada nazarda tutilgan tulov usullari (nakd pul, avansli va kreditli tulov) va hisob-kitob shakllari (inkasso, akkreditiv, chek, vekselь) kullaniladi.
Xozirgi paytda aralash shakldagi tulov shartnomalari keng tarkalgan. Masalan, maksadli kredit shartlarida korxonani “kalit ostida” kurishda tulov kisman pulda kisman tovar shaklida amalga oshiriladi. Bizning mamlakatimizda barter kelishuvlari - bir tovarni boshka tovarga oddiy, kelishilgan miqdorda ayirboshlashni nazarda tutuvchi tovar ayirboshlash va urinni tuldirish kelishuvlari keng tarkalgan.
Bu kelishuvlarda yo uzaro yetkazib beriladigan tovarlar miqdori yoki kanday summaga teng tovar yetkazib berilishi belgilanadi.
Oddiy urinni tuldirish kelishuvi - tovar ayirboshlash kelishuvi kabi teng kiymatdagi tovarlar yetkazib berishni nazarda tutadi. Ammo tovar ayirboshlash kelishuvidan farkli ravishda oddiy urinni tuldirish kelishuvida tomonlar tomonidan narxlarning uzaro kelishib olinishi xam kuzda tutiladi. Bunday kelishuvda odatda ikkita emas, bir necha tovarlar ko’rsatiladi.
Xalkaro tijoriy shartnomalarning tomonlari kontragentlar deb ataladi. Xalkaro tijoriy operaqiyalarining asosiy kismi firmalar tomonidan amalga oshiriladi. Firma deganda sanoat, savdo, kurilish, transport va kishlok xujaligida foyda olish maksadida xujalik faoliyati yurituvchi korxona tushiniladi. Xar bir firma uz mamlakatining savdo ruyxatida ruyxatga olinadi. Jaxon xujaligida ishtirok etuvchi korxonalar kuyidagilarga bo’linadi: 1) xujalik faoliyati kurinishi va amalga oshirilayotgan operatsiyalarning xarakteriga kura; 2)xukukiy xolatiga kura; 3)mulk kurinishiga kura; 4)milliy kapitalga tegishliligiga kura; 5)faoliyat soxasiga kura.
Birinchi guruxga sanoat, savdo, transport, transport-ekspeditorlik, sugurta, injniring, ijara, turizm, reklama va boshka soxalardagi firmalar.
Ikkinchi guruxga shaxsiy tadbirkorlar va tadbirkorlar birlashmalari kiradi. Uchinchi guruxga xususiy, davlat va kooperativ firmalar kiradi.
Turtinchi guruxga milliy, xorijiy va kushma firmalar kiradi.
Beshinchi guruxga xalkaro soxada faoliyat ko’rsatuvchi firmalar - avvalo transmilliy korporaqiyalar kiradi.
Afsuski, ushbu ish xajmi xar bir tushuncha moxiyatini ochib berish imkonini bermaydi.
Tashki iktisodiy shartnomalarni tartibga solishda mintakaviy va universal xarakterdagi xalkaro shartnomalar katta rolь uynaydi.
Tashki iktisodiy shartnomalarni tartibga soluvchm kator xalkaro kelishuvlar mavjud. Bu birinchi navbatda “xalkaro tovarlar oldi-sotdisi xakidagi bir xil konun xakidagi” va “xalkaro tovarlar oldi-sotdisi tuzish tartibi xakidagi bir xil konun xakidagi” 1964 yilda Gaaga konvenqiyasidir. Bu konvenqiyalarga kam sonli davlatlar imzo chekkanlari uchun ular keng tarkalmagan. O’zbekiston bu konvenqiyaga a’zo emas. BMTning 1980 yildagi xalkaro tovarlar oldi-sotdisi xakidagi konvenqiyasi (kuyida 1980 yilshi Vena konvenqiyasi) katta axamiyatga ega.
Ushbu konvenqiya universal va kelishuvchanlik xarakteriga ega chunki unda turli xukukiy tizimlarning tamoyillari xamda rivojlanayotgan davlatlarning yangi xalkaro iktisodiy tartib o’rnatilishidan mafaatdorligi e’tiborga olingan. 1964 yilgi Gaaga konaenqiyasi Vena konvenqiyasiga kushilgan.
|
| |