Reja:
Differentsiallashning iqtisodiy mazmuni va xususiyatlari.
Differentsiallash yo’nalishlari.
Tovarning iste’mol xususiyatiga iste’molchining yuqori baxo berishi.
Firmaning bozordagi hukmronligini oshishi.
Differentsiatsiyaning turli xil shakllarda amalga oshirilishi
Tayanch so`z va iboralar: Iste’molchi, uzoq muddatli aloqalar, Iste’molchining tovarga nisbatan sezuvchanli, differetsillash, xatolik taqlid ehtimoli, xarajat, daromad, Tovar, hukmron savdo, Dizayn, Brend, texnologiya, funktsionar imkoniyatlar, Dillerlik, iste’molchilar, xizmat ko’rsatish, tovarni differentsiallash, raqobat ustunligi, maxsulot yoki xizmatlar differentsiatsiyasi, dizayn, brend, texnologiya, funktsionar imkoniyatlar, dilerlik, parametrlar.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara, Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, A8, A12.
Raqobat strategiyasi asosiy variantlarning 3 hil turi (varianti) mavjud:Raqobatning asosiy besh tamoyiliga qarshi turish hamda sohaning boshqa firmalariga qaraganda ijobiy ko’rsatkichlarga erishish uchun muvaffaqiyat keltirishi muqarrar bo’lgan uchta asosiy strategik yondashuvni ajratib ko’rsatmoq zarur. Bular:
Sarf-xarajatlar borasida mutlaq yetakchilik Differentsiatsiya
Diqqatni jamlash (Fokusirovanie)
Kamdan kam yuz bersada, ammo ba’zi hollarda firma bittadan ko’p yondashuvni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishi mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan strategining asosiy variantlardan har qaysisini amalga oshirish uchun, odatda ko’pchilikning birgalikdagi sa’y-harakatlari va aniq maqsadga yo’naltirilgan tashkiliy choralar talab etiladi.
Strategiyaning asosiy variantlari sohaning boshqa vakillariga nisbatan birmuncha yuqori natijalarga erishishning asosiy vositasi hisoblanib, bir soha doirasidagi barcha firmalar uchun yuqori darajadagi umumiy daromadni anglatishi mumkin. Bunday hollarda, boshqa sohalardagi kabi strategiyani amalga joriy etish faqatgina maqbul daromadni qo’lga kiritishdagina zarur bo’ladi.
Sarf-xarajatlar borasida mutlaq yetakchilik
Tajriba egri chizig’i sharofati bilan 1970 yillarda keng tarqalgan strategiyaning birinchi varianti aynan sarf-xarajatlar borasida sohada yetakchilikka erishishga qaratilgan qator iqtisodiy choralar asosida shu borada mutlaq yetakchilikka erishishdan iborat. Sarf-xarajatlar borasida yetakchilikka erishish uchun iqtisodiy effektiv ko’lamda ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish; tajriba to’plash asosida sarf-xarajatlarni kamaytirishga intilish, ishlab-chiqarish va qo’shimcha xarajatlarni qat’iy nazorat qilish, mijozlar bilan mayda operatsiyalar o’tkazishdan tiyilish, tadqiqot, ilmiy ishlanmalar, xizmat ko’rsatish, mahsulotni sotish tizimi reklama va shunga o’xshash boshqa sohalarda chiqimlarni kamaytirish talab etiladi.
Buning hammasi menejment tomonidan sarf-xarajatlar ustidan nazorat kuchaytirilishiga alohida ahamiyat qaratish kerakligini ko’rsatadi. Raqiblarga nisbatan kamroq xarajat qilish butun strategiyaning asosiy g’oyasi bo’lishi mumkin, ammo mahsulot sifati va xizmat ko’rsatish saviyasini va boshqa sohalarni ham ko’zdan qochirmaslik darkor.
CHiqim xarajatlarini kamaytirishga erishish kuchli raqobat muhitida ham firmaga shubhasiz foyda olib keladi. Firmaning ana shunday darajaga erishishi uni raqib firmalardan himoya qiladi, chunki raqib kompaniyalarga bunday darajaga yetishish imkoniyatidan mahrum bo’lgan sharoitda ham unga daromad olish uchun qulay imkoniyat yaratiladi.
Sarf-xarajatlarni kamaytirishga erishgan firmalar yirik xaridorlardan ham himoyalana oladi, chunki bunday xaridorlar narxlarni faoliyati sustlashgan raqib firmalar narxlariga tenglashtirishga urinadilar. SHuningdek, kamchiqimlilik kiritilayotgan resurslarning narxini oshirishda firmaga qo’l keladi hamda yirik yetkazib beruvchi tashkilotlardan ham himoya qiladi. Past darajadagi sarf-xarajatlar pozitsiyasini ta’minlovchi faktorlar, shuningdek, masshtabga oid iqtisodiyot yoki sarf-xarajatlarga oid ustunlikka bilan bog’liq yuqori monelikni yuzaga keltirishi mumkin. Natijada, past darajadagi sarf-xarajatlar pozitsiyasi firma uchun raqiblarga qaraganda substitutlarga nisbatan qulay shart-sharoitni yaratadi.
SHunday asnoda, sarf-xarajatlarning past ko’rsatkichi kompaniyani barcha besh raqobat kuchlaridan saqlab qoladi, chunki bozorga oid faktorlar daromadni pasaytirishda to raqibning daromadi nolga teng bo’lib qolmagunga qadar harakat qilishda davom etadilar.
Past sarf-xarajatlarga erishish uchun bozorda yuqori ulushga ega bo’lish yoki boshqa ustunlikka, masalan, xom-ashyo materiallarini to’g’ridan-to’g’ri olish imkoniyatiga ega bo’lishni talab etadi.
SHuningdek, bunday vaziyat ishlab chiqarish jarayonini yengillashtirish uchun mahsulotni aynan o’zini o’zgartirish, chiqim xarajatlarini yoyib tashlash maqsadida o’xshash turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, savdo-sotiqni kengaytirishda keng is’temolchilar guruhiga xizmat ko’rsatishni taqazo qilishi mumkin. Past sarf- xarajatlarga erishish, o’z navbatida yangi uskunalar uchun oldindan yirik xajmda mablag’lar kiritilishini, agressiv tarzda mahsulotlar bahosini belgilashni, bozorda o’z ulushiga ega bo’lish uchun boshlang’ich ziyon yoki zarar ko’rishni ham talab etishi mumkin.
Bozor ulushining yuqoriligi ta’minot sohasida iqtisod qilish va shu bilan bir qatorda sarf-xarajatlarning sekin-asta pasayishiga imkon tug’dirishi mumkin. Agar past darajadagi sarf-xarajatlarga erishilgan bo’lsa, u holda u yuqori sof daromad ko’rsatkichini ta’minlaydi va sarf-xarajatlarga oid ustunlikni ushlab turish uchun yangi zamonaviy uskunalarga nisbatan qayta investitsiyalash mumkinligini ko’rsatadi. Qayta investitsiyalash past darajadagi sarf-xarajatlar pozitsiyasini saqlab turishda qo’l kelishi mumkin.
Sarf-xarajatlarga oid ustunlikka erishish strategiyasi kam quvvatli benzin dvigatellari ishlab chiqaruvchi va dunyo bo’yicha ushbu sohada ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 50 foizini tashkil etuvchi «Briggs and Stratton» va elektr payvandi uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi «Lincoln Electric»
kompaniyalari uchun hal qiluvchi omil ekanligi aniqlandi. Ushbu strategiyani muvaffaqiyatli joriy etgan kompaniyalar qatoriga Emerson Electric, Texas Instruments, Black and Decker va Du Pont kompaniyalarini kiritish mumkin.
Ba’zi hollarda sarf-xarajatlar sohada haqiqiy tub o’zgarishlarni sodir etishga qodir bo’ladi. Bunday hollarda an’anaviy raqiblik printsiplariga tayangan raqiblar ham iqtisodiy ham ruhiy jihatdan o’z sarf-xarajatlarini kamaytirishga oid kerakli tadbirlarni amalga oshishga tayyor bo’lmaydilar.
1979 yilda Harnischfeger firmasi tomonidan ko’tarma kranlar ishlab chiqarishning boshlashi ana shunday dadil qo’yilgan qadamlardan bo’ldi. Firma mavjud kranlarni qayta ishlash, alohida modellarni qo’llagan holda materiallar chiqimini kamaytirish, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasini yengillashtirishga erishdi. SHuningdek, soha uchun noodatiy texnologiyalarni joriy etgan holda firma faoliyatga yig’ish konveyerlari va yig’ishning oraliq bosqichlarini tatbiq qildi. Kompaniya iqtisod qilish maqsadida kerakli ehtiyot qismlarini katta partiyalarda sotib oladi. Bularning hammasi kompaniya uchun sifatli mahsulot ishlab chiqarish hamda ularning narxlarini 15%ga pasaytirish imkonini yaratdi.
Natijada kompaniyaning bozordagi ulushi 25%gacha oshdi va ushbu ko’rasatkich o’sishi davom etmoqda. Kompaniyaning gidravlik uskunalar boshqarmasi boshlig’i Uillis Fisher shunday deydi: «Biz sifatli mahsulot yaratishni emas, ishlab chiqarishda yanada oddiyroq va yanada arzonroq texnikani ishlab chiqishni maqsad qilgan edik». Raqiblar esa past daromad hisobiga Harnischfeger firmasi bozordagi ulushni qo’lga kiritgan degan to’xtamga kelishgan, biroq u buni rad etmoqda.
Differentsiatsiya
Ikkinchi aosiy strategiya – bu firma tomonidan taqdim etilayotgan mahsulot yoki xizmatlar differentsiatsiyasi strategiyasidir, ya’ni soha doirasida ushbu mahsulot yoki xizmat noyob deb qabul qilinishi mumkin bo’lgan holat. Differentsiatsiya turli hil shakllarda amalga oshirilishi mumkin: dizayn yoki brendning mavqeiga muvofiq (Fieldcrest – sochiq va choyshablar ishlab chiqarish sohasi, Mercedes - mashinasozlik), texnologiyaga muvofiq (Hyster - avto yuk tashish moslamalari ishlab chiqarish, Macintosh – stereo komponentlar sohasi), funktsional imkoniyatlariga muvofiq (Jenn-Air – elektr plitalar ishlab chiqarish), iste’molchilarga xizmat ko’rsatishga muvofiq (Crown Cork and Seal – metal idishlar ishlab chiqarish), dilerlik tarmog’iga muvofiq (Caterpillar Tractor – qurilish texnikasi) va boshqa parametrlar.
Ideal ravishda firma o’z faoliyatini bir nechta yo’nalishlar bo’yicha differentsiatsiyalashi (ajratishi) mumkin. Masalan, Caterpillar Tractor kompaniyasi nafaqat o’zining dilerlik tarmoqlari va ehtiyot qismlar ta’minoti bilan, balki mahsulotining sifati va ishonchliligi bilan ham nom qozongan. Bu jihat og’ir qurilish uskunalari ishlab chiqarilishi juda qimmatga tushadigan soha uchun juda muhim sanaladi. Ta’kidlash kerakki, differentsiatsiya strategiyasi sarf-xarajatlarni e’tibordan qochirish degani emas, biroq ushbu holatda sarf-xarajatlarga asosiy strategik maqsad sifatida qaralmaydi.
Differentsiatsiya raqobat o’yinlaridan himoya qiladi, chunki u brendga nisbatan iste’molchilarda sodiqlik tuyg’usini uyg’otadi va uning mahsulot narxiga nisbatan ta’sirini pasaytiradi. U o’z navbatida sof daromadning o’sishiga olib keladi, shu
bilan birga sarf-xarajatlarga oid muammolar keskinlashuvini pasaytiradi.
Natijada differentsiatsiyani amalga oshirib, iste’molchilar ishonchini qozongan korxona, raqiblariga qaraganda substitutlarga nisbatan mustahkam o’ringa ega bo’ladi.
Differentsiatsiyani amalga oshirish ba’zi bir hollarda bozorda yuqori o’rinni egallashda to’sqinliklarga uchrashi mumkin, chunki differentsiatsiya tushunchasi ko’pincha mahsulotning ekslyuzivligini taqozo etadi, bu holat bozorda yuqori ulushga ega bo’lish imkonini susaytiradi. Biroq, differentsiatsiya kam sarf- xarajatlilikning muqobil pozitsiyasini taqdim etadi, zero bunday vaziyatga erishish o’z navbatida zaruriy xarajatlarni talab etadi. Bunday chora-tadbirlarga misol tariqasida katta hajmdagi tadqiqot yoki konstruktorlik ishlarni, yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqarish yoki mijozlar bilan intensiv ravishda ishlash jarayonlarini ko’rsatishimiz mumkin.
Hatto soha mahsulotlari iste’molchilari biron bir firmaning afzalliklarini tan olsalarda, ularning hammasi ham ushbu mahsulotlarni sotib olishga qodir bo’lmaydilar (baland narx-navo bo’lishi bozor talabi bo’lgan taqdirda ham, misol uchun Caterpillar firmasi mahsulotlari). Boshqa javhalarda esa, differentsiatsiya sarf-xarajatlarning past darajasi bilan birmuncha mos kelishi mumkin va mahsulot narxlarini belgilashga to’sqinlik qilmaydi.
Diqqatni jamlash (Fokusirovanie)
Uchinchi strategiya – bu alohida xaridorlar guruhiga, mahsulot turiga yoki bozorning geografik segmenti sifatiga diqqatni jamlashdir. Differentsiatsiya kabi diqqatni jamlash ham turli hil ko’rinishlarga ega. Biroq, kam sarf-xarajatlilik strategiyasi yoki differentsiatsiya butun bir sohaga tegishli bo’lsa, diqqatni jamlash strategiyasi biror bir tor sohaga qaratiladi.
Ushbu strategiyaning negizida shunday taxmin yotadi, ya’ni keng miqyosda faoliyat olib borayotgan raqiblarga qaraganda ushbu strategiya yordamida firma katta effektivlik va mahsuldorlik bilan tor strategik maqsadga intila oladi. Natijada firma aniq bir talabni qondirish hisobiga differentsiatsiyaga yoki ushbu talablarni qondirishda kam xarajatlilikka erishadi.
Agarda diqqatni jamlash strategiyasi umumiy bozorda kam xarajatlilikka yoki differentsiatsiyaga erisha olmasa, tor ma’nodagi bozorda ulardan biriga yoki ikkoviga ham erishishi mumkin. 2.1. suratda ushbu uch strateriyaning o’rtasidagi tafovut ko’rsatilgan:
2.1-rasm
Diqqatni jamlash strategiyasini amalga oshirayotgan firma shuningdek yuqori daromad olish imkoniyatiga ega bo’lishi ham mumkin. Korxonaning ushbu strategiyasi strategik maqsad doirasida yoki kam sarf-xarajatlilik pozitsiyasini, yoki yuqori darajadagi differentsiatsiyasini, yoki ularning barini ko’zda tutadi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, sarf-xarajatlarning pastligi va differentsiatsiyasi sohasida yetakchilikka ega bo’lish, barcha raqib kuchlardan himoyada bo’lish imkonini beradi. Bundan tashqari, diqqatni jamlash maqsadni tanlashda, ya’ni substitutlar tomonidan xavf tug’dirilgan yoki raqobachilarning zaif tomoni yo’nalishlarida muhim o’rin tutishi mumkin.
Masalan, Illinois Tool Works kompaniyasi faoliyati maxsus mahkamlash vositalari ishlab chiqarishga qaratilgan bo’lib, konkret xaridorlar talabiga binoan mahsulotlarni tadqiq qilish imkonini beradi va sarf-xarajatlar o’zgarishini ta’minlaydi. Ba’zi bir xaridorlar ana shunday mahsulotga o’z qiziqishlarini bildiradilar.
Fort Howard Paper korxonasi faoliyati ishlab chiqarishda foydalaniladigan qog’oz mahsulotlarini tayyorlashga qaratilgan. Bu orqali korxona tez sur’atlarda yangilanishi talab etiladigan iste’mol mollarini ishlab chiqarishdan hamda unga bog’liq reklamaga oid jarayonlardan o’zini forig’ etadi. Asosan bo’yoqlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan Porter Paint korxonasi esa, yuqori sifatli bo’yoq mahsulotlarini tayyorlash, hajmidan qat’iy nazar ish joylariga yetkazib berish, hamda o’zining maxsus shoxobchalarida mijozlar uchun bepul tamaddixonalar ochishga erishdi. Kam sarf-xarajatlar ko’rsatkichiga erishishning diqqatni jamlash strategiyasiga misol tariqasida AQSHda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda uchinchi o’rinda turuvchi Martin-Brower korxonasi faoliyatini ko’rsatishimiz mumkin.
Firma o’z mijozlariga tez ovqatlanish tarmog’ining faqatgina 8 shoxobchasini orqaligina erishdi. Mijozlarning maxsus talablarini qondirish, faqat ulargagina mo’ljallangan mahsulotlar bilan ishlash, mijozlarning xarid qilishlariga doir mahsulotlarga buyurtmalar qabul qilish, firma yaqinida joylashgan omborga ega
bo’lish, shuningdek, hisob-kitobni olib borishda qat’iy nazorat va kompьyuterlashtirilgan dasturlarga ega bo’lish firma strategiyasining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Martin-Brower kompaniyasi xizmat ko’rsatish bozorida sarf-xarajatlar bo’yicha ustunlikka ega bo’lmasada, o’zining alohida segmenti doirasida ustunlikka ega. Kompaniya faoliyatining tez sur’atlarda o’sishi hamda daromadbardorlikka erishishi, sohada kompaniyaning o’rta me’yordan anchayin o’sganini ko’rsatadi.
Diqqatni jamlash strategiyasi umumiy bozorda o’z ulushiga ega bo’lishi bilan bog’liq ba’zi bir to’sqinliklarga uchraydi. U serdaromadlilik va savdo xajmidan birini tanlash zarurligini taqozo etadi. Differentsiatsiya strategiyasida bo’lgani kabi, bu yerda ham sarf-xarajatlar borasida ustunlikka erishishning alternativ pozitsiyasi yuzaga kelishi mumkin. Lekin muqarrar emas.
O’rta pog’onada turib qolmoq
Strategiyaning uch umumiy varianti raqobat kuchlariga qarshi tura olishning turli hil yondashuvlarini o’zida namoyon etadi. Boshqa tomondan esa, tahlil natijalari shuni ko’rsatadiki, agar firma o’z faoliyatida hech qanday strategiyaga tayanmagan holda ish olib borsa, ya’ni «o’rta pog’onada turib qolsa», juda mushkul strategik vaziyatga tushib qolishi mumkin.
Bunday firmalar o’zining bozordagi ulushidan, mablag’lar investitsiyasidan mahrum bo’lgan holda, sarf-xarajatlarni qisqartirish borasida yoki soha doirasida alьternativ differentsiatsiya qilish imkoniyatini yo’qotadi
O’rta pog’onada qotib qolgan har qanday korxona yaxshi daromad ko’ra olmasligi aniq. Bu orqali korxona arzon narxda yirik partiyadagi mahsulotlar uchun xaridorlarni yoqotadi, yoki arzon narxlarda tovarlarini sotuvchi raqiblaridan o’z biznesini himoya qilish uchun daromad ko’rishdan voz kechgan holda mahsulotlari narxini arzonlashtirishi lozim. SHu bilan bir qatorda, korxona faoliyati to’liq differentsiatsiyasiga erishgan yoki maqsadli yo’nalishlarda ish olib boruvchi firmalarga imkoniyatni ko’lgan boy bergan holda, biznesning serdaromad turlarini ko’zdan qochiradi. Bundan tashqari, o’rta pog’onada turib qolgan korxonalar mujmal korporativ madaniyat va boshqaruvga oid ziddiyatlardan aziyat chekadi.
Yuk tashish avtoulovlarini ishlab chiqaruvchi hamda AQSH bozorlarida o’zining salmoqli o’rniga ega Clark Equipment faoliyatini o’rta pog’onada qotib qolgan korxonalar sirasiga kiritish mumkin. Toyota va Komatsu kabi ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchi yapon korxonalar faoliyatida esa yirik bozor segmentlariga xizmat ko’rsatish strategiyasiga tayangan bo’lib, yapon po’latini arzon narxlarda qo’lga kiritish va bu orqali transport xarajatlarini foydasi bilan qoplash imkoniyatiga ega bo’lindi va ishlab chiqarishdagi sarf-xarajatlarning kamayishiga erishildi. Ishlab chiqarish tarmoqlarining kengligi va bozorda salmoqli ulushga bo’lishiga qaramasdan (jahonda 18% va AQSHda 33%) Clark Equipment korxonasi sarf-xarajatlar borasida yetakchi hisoblanmaydi.
Ushbu korxona o’z keng ko’lamdagi assortimenti va ishlab chiqarish texnologiyalariga yetarlicha e’tibor qaratmagani bois Hyster korxonasi darajasida mahsulotlar differentsiatsiyasiga va texnologik mavqeyga ega bo’la olmadi. Hyster korxonasi faoliyati sohaga mukammal modellar tadbiq etishga qaratilgan bo’lib, o’z mablag’larining salmoqli qismini tadqiqotlar olib borish va yangi g’oyalar ishlab
chiqishga yo’naltirgan. Natijada Hyster korxonasiga nisbatan Clark Equipment korxonasining daromad olish ko’rsatkichlari birmuncha past.
O’rta pog’onada qotib qolgan korxonalar oldida fundamental strategik qaror qabul qilish zaruriyati yotadi. Korxona sarf-xarajatlar borasida yetakchilikka erishish uchun muhim qadam qo’yishi yoki birhillikka erishishi lozim. Bu esa o’z navbatida ishlab chiqarishni modernizatsiyasi uchun mablag’lar kiritilishini talab etadi. Ba’zi hollarda esa korxonadan bozordagi ulushi ko’rsatkichini kengaytirilishi, yoki faoliyatini maqsadli yo’naltirilishi (diqqatni jamlash) yohud kamyob mahsulotining ishlab chiqarilishini (differentsiatsiya) talab etadi.
Oxirgi ikki variant korxonaning bozordagi ulushini va hattoki savdoning butun xajmini kisqartilishiga bog’liq bo’lishi mumkin. Har ikkala variantdan birini tanlanishi har bir korxonaning o’ziga xos imkoniyat va cheklovlaridan kelib chiqadi. Har qanday strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish, korxonaning resurslari, imkoniyatlari, boshqaruv sharoitlari va usullariga tayangan holda vujudga keladi.
O’rtada pog’onada qotib qolgan korxonani bunday holatdan olib chiqib ketish, albatta katta kuch va vaqtni talab etadi. Biroq, qiyinchilikda qolgan firmalarda ko’pincha bir strategiyadan ikkinchisiga keskin o’tishi holatlari kuzatiladi. Ushbu strategiyalarni qo’llashda yuzaga kelgan bir-biriga zid bo’lgan sharoitlar odatda firmani tanazzulga tutishi mumkin.
Yuqorida ko’rib chiqilgan holatlardan bozordagi ulush va daromad olish o’rtasida bo’lishi mumkin bo’lgan o’zaro bog’liqlik kelib chiqadi. Qator korxonalar faoliyatining o’rta pog’onada turib qolish muammosi kichik (diqqatni jamlash va differentsiatsiya qilish imkoniyatiga ega) va yirik (sarf-xarajatlar borasida ustunlikka ega) firmalar faoliyati eng daromadbaror hisoblanadi, o’rtacha masshtabdagi firmalar daromad ko’rsatkichi birmuncha past bo’lishi bilan izohlanadi.
Boshqacha qilib aytganda daromad olish va bozordagi ulush o’rtasidagi o’zaro munosabat U-shaklidagi egri tiziq bilan aks ettiriladi. (2.2. rasm). AQSHda kam quvvatli elektrodvigatellar ishlab chiqarish sohasi fikrimizga misol bo’la oladi. Ushbu sohada General Electric va Emerson kompaniyalari bozordagi katta ulushi va sarf-xarajatlar borasidagi ustunligiga egadir, shu bilan bir qatorda General Electric kompaniyasi ilg’or texnologiyalarga ega ekanligini ham ta’kidlab o’tish joiz. Har ikkala kompaniyaning mahsulotlari katta daromad olish manbai hisoblanadi. Baldor va Gould kompaniyalari o’z faoliyatlarini diqqatni jamlash strategiyasiga tayangan holda olib boradilar. Baldor mahsulotlarni taqsimlash va savdo ishlari bilan shug’ullanadi, Gould faoliyati esa iste’mol bozorining alohida segmentlariga qaratilgan.
Har ikala firmaning daromad ko’rsatkichlari ijobiy sanaladi. Franklin firmasining faoliyati o’rta oraliq pozitsiyasini egallaydi. Uning strategiyasi kam chiqimli ham, markazlashtirilgan ham emas. Bu ko’rsatkichlar firmaning moliyaviy natijalarida o’z aksini topgan.
Bunday U-shaklli o’zaro bog’liqlik, shuningdek avtomobilь ishlab chiqarish sohasining umumiy jihatlariga ham tegishlidir. Sohada General Motors (sarf- xarajatlarining past ko’rsatkichi) va Mercedes (differentsiatsiya) kompaniyalari daromad olish borasida ustunlikka egalar. Chrysler, British Leyland va Fiat kompaniyalari esa sarf-xarajatlarda ham, faoliyati differentsiatsiyasi va markazlashtirilishida ham o’z pozitsiyalariga ega emaslar, ular o’rta oraliqda qotib qolganlar.
Biroq 2.2. rasmida ko’rsatilgan U-shaklidagi bog’liqlik barcha sohalarda ham kuzatilmaydi. Ba’zi bir sohalarda faoliyatning umumlashtirish va differentsiatsiya qilish imkoniyati mavjud emas. Faqatgina sarf-xarajatlarga doir hatti-harakatlar mavjud. Bunday vaziyatga ommaviy tovarlar ishlab chiqarish sohasida duch kelish mumkin.
Bunday sohalarda ko’pgina hollarda bozordagi ulush va daromad o’rtasida qarama- qarshi munosabatlar mavjudligi kuzatiladi. Sohadagi yana bir guruhda raqobat shu qadar intensiv ravishda bo’ladiki, o’rta me’yordan yuqori daromad olish uchun sohada diqqatni jamlash yoki diffenrenitsatsiya qilishga to’g’ri keladi. Va nihoyat, past ko’rsatkichli sarf-xarajatlar differentsiatsiya yoki diqqatni jamlash bilan qo’shilib ketishi mumkin yoki sarf-xarajatlarning kamaytirishga bozorda yuqori ulushga ega bo’lmasdan erishish mumkin.
Murakkab, biroq samarali omillar kombinatsiyasiga Hyster korxonasi faoliyati misol bo’la oladi. Dunyoda yuk tashish mashinalarini ishlab chiqarishda ikkinchi o’rinda turuvchi ushbu korxona, aynan shunday mahsulotni ishlab chiqaruvchi kichik firmalarga (Allis-Chalmers, Eaton) qaraganda birmuncha daromadbaror hisoblanadi. Kichik firmalar esa past sarf-xarajatlar ko’rsatkichiga erishish uchun na bozorda yetarli ulushga, va na xarajatlar darajasini qoplovchi mahsulotlarning yetarli differentsiatsiyasiga egalar.
Daromad hamda bozordagi ulush o’rtasida yagona munosabat mavjud emas, chunki soha va bozor bir hil ta’rifga ega emas: ba’zi birlar uchun bu tor sohadagi bozorda yuqori ulushli faoliyati markazlashtirilgan yoki differentsiatsiya qilingan firmalar nazarda tutilsa, boshqalar esa bunga keng doiradagi bozorda yuqori ulushga ega yetakchi firmalar nuqtai nazaridan qaraydilar (odatda, ular o’z bozorini har bir tor segmentda o’zgartirmaydilar). Hattoki sohaning muayyanligini o’zgartirish ham nima uchun butun bir soha doirasida differentsiatsiyaga erishga korxonalar sohadagi yetakchi firmalarga qaraganda bozordagi ulushi kam bo’lishiga qaramasdan yuqori daromadga erishishlarini izohlab bera olmaydi.
Biroq, eng muhim jihat shundaki, sohaning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda uch asosiy strategiyaning firmaga munosibligi belgilanadi. Ushbu tanlov firmaning eng kuchli jihatiga tayangan hola, raqiblar tomonidan kam foydalaniladigan strategiyaga asoslangan bo’ladi.
Faoliyat strategiyasini to’g’ri tanlashda strukturaviy tahlil printsiplari as qotadi, shuningdek tahlilchiga har qanday aniq sohaning bozordagi ulushi hamda daromadi o’rtasidagi munosabatni izohlash va tahmin qilishga imkoniyat beradi.
Strategiyaning asosiy variantlarida xavf tushunchasi
Aslida strategiyaning asosiy variantlarini amalga oshirish ikki turdagi xavf bilan kuzatiladi: birinchidan, strategiyani muvaffaqiyatsiz tanlanishi va uni saqlab qola olish xavfi; ikkinchidan soha rivoji natijasida yuzaga keluvchi raqobat borasidagi ustunlikni buzilishi xavfi. Torroq nuqtai nazar bilan qaraydigan bo’lsak strategiyaning 3 turi raqobat kuchlaridan himoyalanishning turli hil ko’rinishlariga asoslanadi va shuning uchun ular turli hildagi xavflarga duch keladi.
Sarf-xarajatlar borasida mutlaq ustunlikdagi xafv tushunchasi
Sarf-xarajatlarda ustunlikka ega bo’lish korxonaga qator majburiyatlarni yuklaydi va bu o’z navbatida uning mavqeyni saqlab qolishda as qotadi. Ushbu majburiyatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: zamonaviy uskunalarga mablag’lar ajratish, eskirgan aktivlardan voz kechish, ishlab chiqarishda ixtisoslikni kengaytirishdan tiyilish hamda texnologik takomillashuvni e’tibordan qochirmaslik.
Ishlab chiqarish xajmi kengayishi bilan sarf-xarajatlarning pasayishi avtomatik tarzda ro’y bermaydi, shuningdek, keng ko’lamda iqtisod qilish ham alohida mashaqqat talab etadi.
Sarf-xarajatlardagi ustunlik ishlab-chiqarish hajmiga yoki sohadagi tajribaga bog’liq bo’ladi. Quyidagilar ana shunday xavflar qatoriga kiradi:
avvalgi investitsiyalar yoki tajribaga zarar yetkazuvchi texnologik o’zgarishlar; sohaga qaytadan kelgan kompaniyalar yoki unlarga turdosh korxonalar tomonidan sohada orttirilgan tajribani o’rganish yoki yangi texnologiyalarni kiritish orqali sarf-xarajatlarni sekin-asta pasaytirish imkoniyatiga ega bo’lish;
korxonaning sarf-xarajatlarni kamaytirish muammosiga haddan ziyod e’tibor qaratib mahsulot yoki bozordagi muhim o’zgarishlarga baho bera olmasligi; differentsiatsiya qilishda raqib korxonalarning ustunligi va ularning brendlari nufuzini saqlab turuvchi va korxonaning narxlardagi tafovutni saqlab qolish imkoniyatini pasaytiruvchi sarf-xarajatlar inflyatsiyasi.
1920 yillardagi Ford Motor Company kompaniyasi faoliyatini sarf-xarajatlarlardagi ustunlik xavflariga misol qilib ko’rsatishimiz mumkin. Ford kompaniyasi modellari
sonining cheklanganligi va ularning modifikatsiyasi, ishlab-chiqarish bosqichlaridagi faol vertikal integratsiyasi, ishlab chiqarishni yuqori darajada avtomatlashtirilishi va chiqimlarni pasaytirish omillarini chuqur o’rganish natijasida sarf-xarajatlar borasida mutloq ustunlikka erishgan edi.
Ishlab chiqariluvchi modellarda o’zgarishlar kuzatilmagani sohani o’rganishda qo’l keldi. Biroq, shaxsiy avtomobilga ega kishilarning daromadlari oshgan sari yangi modeldagi, o’zgacha dizayn va qulayliklarga ega avtomobil sotib olishga talab kuchayib bordi va ular ochiq kuzovli avtomobilga qaraganda yopiq kuzovli avtomobillarni afzal ko’rishlarini va bu avtomobillarni qimmatroq narxlarda xarid qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Turli hildagi modellarga ega bo’lgan General Motors kompaniyasi bunday vaziyatdan unumli foydalandi. Ford kompaniyasi esa eskirgan modellarni ishlab chiqarishda sarf-xarajatlarni kamaytirishga yirik investitsiyalar kiritgani sababli o’z faoliyatini yangi strategiya bo’yicha olib borish uchun katta mablag’larni ajratishiga to’g’ri keldi.
Maishiy elektrotexnika vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Sharp kompaniyasi faoliyatini sarf-xarajatlar bo’yicha ustunlikka ega bo’lish xavfi misolida ko’rishimiz mumkin. Sarf-xarajatlar borasida uzoq vaqt davomida ustunlikka ega bo’lgan Sharp kompaniyasi oldida o’z faoliyati va brendini yanada takomillashtirish vazifasi paydo bo’ldi. Sarf-xarajatlarning oshishi, shuningdek AQSHning dempingga qarshi qonunchiligi kompaniya mahsulotlarini Sony va Panasonic kompaniyalariga nisbatan arzonroq narxlarda sotish imkoniyatini yo’qqa chiqardi va uning strategik pozitsiyasi faqatgina sarf-xarajatlarda ustunllikka qaratilgani uchun yomonlashdi.
Differentsiatsiyada xavf tushunchasi Differentsiatsiya bilan ham bir guruh xavflar bog’liq:
mahsulot yoki xizmat turlarining o’ziga xosligi yoki differentsiatsiya amalga oshirilgan korxona imidji orqali iqtisod qilishni afzal ko’ruvchi xaridorlarni saqlab qolishda differentsiatsiya o’tkazuvchi korxona sarf-xarajatlari hamda kam sarf- xarajatli kompaniyalar o’rtasidagi farq sezilarli darajada bo’ladi;
iste’molchilar tajribasi ortgani sari nozik ta’b xaridorlar uchun differentsiatsiya faktori tushunchasi pasayishi mumkin;
odatda sohaning eskirishi jarayonida boqsha bir sohaga taqlid qilish mavjud differentsiatsiyani pasaytiradi.
Yuqorida ko’rsatilgan xavflarning dastlabkisi juda muhim sanaladi va qo’shimcha izohlashni talab etadi. Korxona differentsiatsiyaga erishishi mumkin, lekin bu vaziyatda u narxlar tafovutiga bog’liq sinovlarga dosh bera olishi lozim. Agar differentsiatsiya strategiyasini amaliyotda ko’llayotgan korxona texnologik o’zgarishlar yoki oddiygina e’tiborsizlik natijasida sarf-xarajatlar masalasida kam chiqim korxonalardan orqada qolishi mumkin.
Masalan, mototsikl ishlab chiqarishda Kawasaki va boshqa yapon firmalari Harley- Davidson i Triumph kabi yirik firmalarga xaridorlarga yanada arzonroq narxlarni taqdim etish bilan xujum qildi.
Diqqatni jamlashdagi xavf tushunchasi Diqqatni jamlash bilan bog’liq xavflar:
keng strategik reja asosida ish olib boruvchi raqiblar va markazlashtirish strategiyasini olib borayotgan korxona o’rtasida sarf-xarajatlardagi tafovutning o’sishi tor sohada xizmat ko’rsatish sarf-xarajatlardagi imtiyozlarni barham topishiga yoki diffentsiatsiyaning neytral holatga kelishiga olib keladi.
aniq maqsadli bozorda katta talabli mahsulotlar yoki xizmatlar va sohaviy bozordagi mahsulot va xizmatlar o’rtasidagi tafovutning torayishi;
raqiblar aniq maqsadli bozorda bozorga oid yanada torroq segmentni topishi orqali markazlashtirish strategiyasini amalga oshirayotgan korxonalarni yengib chiqishiga oid vaziyat
Raqobatni shakllantirishda iqtisodiyotni erkinlashtirish va tarkibiy qayta qurishning ahamiyati
Uzbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish Prezidentimiz I. Karimovning ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, iqtisodiyotni erkinlashtirish - bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning zrkinligi va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’lidagi mavjud to’siqlarni bartaraf etish jarayonlari orqali ta’minlanadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin sog’lom raqobat muhiti yaratish bozor munosabatlarini shakllantirishning asosiy, muhim shartlaridan ekanligi belgilab qo’yilgan. Tovar bozorlarida sog’lom raqobat muhitining mavjudligi ishlab chiqaruvchilarni xo’jalik yuritishning samaraliroq usullari va yangi texnologiyalarni joriy etishga, tovarlarning sifatini hamda xizmat ko’rsatish darajalarini doimiy ravishda oshirib borish yo’llarini izlashga majbur qiladi, bu esa o’z navbatida nafaqat alohida olingan korxonaning, balki butun mamlakat iqtisodiyotining moliyaviy barqarorligini oshiradi. SHu bilan birgalikda raqobat - iste’molchilarga sifatli tovarlarni nisbatan arzon narxlarda sotib olish imkonini yaratib, ularning sotib olish qobiliyatini yanada oshiradi. Iste’molchilarning sotib olish qobiliyati qanchalik yuqori bo’lsa, sog’lom, jamiyat farovonligi ham shuncha yuqori bo’ladi. SHunday qilib, sog’lom raqobat muhitini shakllantirish iqtisodiyotni erkinlashtirishning muhim shartlaridan bo’lib hisoblanadi.
Uzbekistonda iqtisodiyot erkinligi raqobat muhiti bilan uzviy bog’liqdir. Iqtisodiy erkinlikning raqobat muhitiga ta’siri orqali sog’lom raqobat qoidalarining nechog’lik amal qilayotganligiga baho berish mumkin. Raqobat muhitini shakllantirish va rivojlantirish narxlar erkinligiga, xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ta’siriga, savdo valyuta operatsiyaparshshng erkshshik darajasi va boshqa kursatatchlarga bog’liq.
1-jadval. Iqtisodiyotini erkinlashtirish va raqobat muhitini shakllantirishga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar*
(Qashqadaryo viloyati misolida)
Ko’rsatkichlar
|
o’lchov birligi
|
2006
yil
|
2007
yil
|
2008
yil
|
2009
yil
|
2010
yil
|
2011
yil
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Yalpi
mahsulot
|
hududiy
|
mlrd.so’
m
|
1642,
6
|
2054
|
2831,
6
|
3731,9
|
4814,8
|
2337
,3
|
O’sish sur’ati utgan
yilga nisbatan
|
%
|
106,8
|
110,0
|
111,7
|
108,2
|
103,8
|
103,
7
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Yalpi
mahsulotda ulushi:
|
hududiy sohalar
|
|
|
|
|
|
|
|
Sanoat
chiqarish
|
ishlab
|
%
|
31,7
|
34,1
|
33,5
|
35,4
|
40,7
|
218,
82
|
Qurilish
|
%
|
8,1
|
8,1
|
8,1
|
6,6
|
7
|
8
|
Qishloq xo’jaligi
|
%
|
28,8
|
26,3
|
22,7
|
20
|
18,4
|
21
|
Savdo va umumiy
ovqatlanish
|
%
|
4,5
|
4,5
|
4,6
|
4,4
|
4,3
|
4,6
|
Boshqalar
|
%
|
19,3
|
21,3
|
24,2
|
25,0
|
17,6
|
17
|
Soliqlar
|
%
|
7,6
|
5,7
|
6,9
|
8,6
|
7,4
|
6.9
|
SHu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
Kichik biznes
|
%
|
44,3
|
45,9
|
50,9
|
52
|
55
|
213,
18
|
Xizmatlar
|
%
|
28,2
|
28,4
|
28,8
|
28,7
|
26,5
|
29.6
|
Aholi jon
YaHM
|
boshiga
|
ming
so’m
|
673
|
820
|
1104
|
1441
|
1838,1
|
1957
,5
|
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, xususiy sektorning YaHM dagi hissasini oshayotganligi, narxlarning erkinligi indeksi ijobiy tomonga o’zgarganligi raqobat muhitini shakllantirish va rivojlantirish uchun qulayliklar mavjudligidan dalolat beradi. Lekin, savdo valyuta operatsiyalarining erkinlik darajasini izohlovchi indeks o’zgarishi sababli holatining mavjudligini anglatadi. SHuning uchun, hali raqobat muhitini shakllantirish va rivojlantirishga yetarlicha iqtisodiy sharoit yaratilgan deb bo’lmaydi.
Raqobat resurslar, mulk, tovar va xizmatlarning oldi-sotdi jarayonida yuzaga chiqadi.
2-jadval. Iqtisodiyotini erkinlashtirish va raqobat muhitini shakllantirishga ta’sir etuvchi narx- navo ko’rsatkichlar
Ko’rsatkichlar
|
o’lchov
birligi
|
2006
yil
|
2007
yil
|
2008
yil
|
2009
yil
|
2010
yil
|
2011
yil
|
Solishtirma
narxlarda
|
mlrd.so’
m
|
1838,4
|
2225,3
|
2959,
7
|
4365,
9
|
4400,2
|
2114,
6
|
O’sish sur’ati
o’tgan yilga nisbatan
|
%
|
107,9
|
114,3
|
118,9
|
116,6
|
97,6
|
94,43
5
|
Xalq iste’moli
mollari
|
|
|
|
|
|
|
|
amaldagi narxlarda
|
mlrd.so’ m
|
142,4
|
196,1
|
254,1
|
283,2
|
342,5
|
684,9
6
|
O’sish sur’ati
o’tgan yilga nisbatan
|
%
|
116,7
|
115,9
|
117,3
|
111,5
|
111,1
|
97,71
9
|
Raqobat bozorlar mavjudligi, ularning amal qilishi darajasiga bog’liq bo’ladi. Savdo-sotiq munosabatlari cheklangan sharoitda sog’lom raqobat muhiti bo’lishi mumkin emas. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda Uzbekiston bozorlarida sog’lom raqobat muhitini barpo etishdagi muammolar quyidagilardan iborat:
davlatning iqtisodiyotga aralashuvining kuchliligi;
tarmoqlar tuzilishidagi nomuvofiqliklar va ishlab chiqarishda yuqori texnologiyalarning yetishmasligi;
soha va tarmoqlar miqyosidagi raqobatda adolat mezonlarining buzilishi;
mansabdor shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidagi suiste’molliklari;
narx belgilashda monopol mavqening saqlanib qolishi, xususan iqtisodiyotning agrar va industrial sektorida narxlarning keskin farqlanishi;
kontrabanda yo’li bilan mamalakatga tovarlarning kirib kelishi;
faoliyat turini va daromadlarni yashirish hollarining mavjudligi;
sog’lom pul muomalasi uchun hozirgi sharoitdan kelib chiqadigan bozor infratuzilmasining yetarli emasligi;
milliy valyutani xorij valyutalariga erkin almashtirish shkoniyatlarining cheklanganligi;
sub’ektlarning bozor iqtisodiyoti qoidalarini chuqur tushunib yetmaganliklari;
iqtisodiy jinoyatchilik holatlarining mavjudligi.
Mazkur muammolarni hal etish ularning bir-biriga ta’sirini aniqlash va qaysi muammoni birinchilardan bo’lib hal etish muhim janligini belgilab olish zarur. O’zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish va rivojlantirish borasida dolzarb muammolardan birinchisi narx belgilashda monopol mavqening saqlanib qolishi hisoblanadi. Xususan iqtisodiyotning agrar va industrial sektorida narxlarning keskin farqlanishi bo’lsa, ikkinchisi soha va tarmoqlarning raqobat kurishida teng ishtiroki uchun to’siqlar mavjudligi deb hisoblash mumkin. Muammolar ko’lamini aniqlash masalaning bir tomoni bo’lsa, asosiy jihat mavjud muammolarni qanday
yo’l bilan hal etishga kelib taqaladi.
Birinchi muammoni hal etishning dastlabki yo’nalishi agrar sohada narxlarni yanada erkinlashtirish, xarid narxlarni bozor talabi doirasida shakllantirish, xo’jaliklar ixtiyorida qoladigan mahsulotlarni erkin sotish ko’lamini yanada kengaytirish talab etildi. Xorijiy tajriba shuni ko’rsatadiki, qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxi sanoat mahsuloti narxiga ancha yaqin, xatto moddiy manfaatdorlikni kuchaytirish bilan birga, zrkin bozor uchun ishlash ko’nikmalarining ham ortib borishiga olib keladi. Natijada sog’lom raqobat muhitini yaratish uchun ob’ektiv iqtisodiy shart-sharoitlar qaror topadi.
jadval. Iqtisodiyotini erkinlashtirish va raqobat muhitini shakllantirishga qishloq xo’jalik maxsulotlari ta’sir etuvchi narx- navo ko’rsatkichlar
Ko’rsatkichlar
|
o’lchov
birligi
|
2006
yil
|
2007
yil
|
2008
yil
|
2009
yil
|
2010
yil
|
2011
yil
|
Qishloq xo’jalik
yalpi maxsuloti
|
mlrd.so’
m
|
670,6
|
795,6
|
949,9
|
1081,3
|
1329,
8
|
1309,
5
|
O’sish sur’ati o’tgan
yilga nisbatan
|
%
|
100,8
|
108,7
|
106,4
|
103,4
|
107,1
|
|
Fermerlar ulushi
|
%
|
43,6
|
40,8
|
35,6
|
40,6
|
41,9
|
1132,
5
|
shu jumladan, Dehqonchilik
mahsulotlari
|
mlrd.so’ m
|
384,0
|
421,4
|
482,1
|
560,6
|
709,7
|
2245,
9
|
chorvachilik mahsulotlari
|
mlrd.so’ m
|
286,6
|
374,2
|
467,8
|
520,7
|
620,1
|
1165,
6
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kichik biznes
korxonalari
|
soni
|
69845
|
7402
4
|
74865
|
78552
|
7495
0
|
574,5
9
|
O’sish sur’ati o’tgan
yilga nisbatan
|
%
|
120,6
|
106,0
|
101,1
|
104,9
|
95,4
|
87,36
3
|
Kichik biznes
sub’ektlarida
|
|
|
|
|
|
|
|
ishlovchilar soni
|
ming
kishi
|
775
|
778
|
780
|
785
|
725,7
|
100,2
8
|
Kichik biznes korxonalarida ishlab chikarilgan
maxsulotlar xajmi
|
mlrd.so’ m
|
131,6
|
177,9
|
491,0
|
575,0
|
|
0
|
Ikkinchi muammoni xal etishning muhim yo’llaridan biri, mulk shaklidan qat’iy nazar, turli soha va tarmoqlar tarkibidagi xo’jalik subektlarining bir-birlari bilan
oldi-sotdi munosabatlarini bozor talabi doirasida erkin amalga oshirishni, ya’ni savdo erkinligini yanada erkinlashtirishni va bunga to’sqinlik qiluvchi turli cheklovlarni olib tashlashni talab etadi. CHunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish muammosidan ko’ra sotish muammosi birinchi pog’onada turadi. Demak, savdo-sotiqning avj olishi daromadni qistirishga bo’lgan intilishi kuchaytirib, ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki bo’ladi.
Bizningcha, dastlab yuqorida ajratib olingan ikkita muammoning hal etilishi raqobat muhitini shakllantirish va rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, erkin bozor munosabatlarining rivoji uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. Sub’ektlarning daromad topishga bo’lgan qiziqishni kuchaytirib yuqori foyda olish manfaatini oshiradi. Natijada raqobat ishtirokchilari iqtisodiy faol sub’ektlarga aylanadi. SHuning uchun raqobat bozor iqtisodining asosiy qonuni sifatida iqtisodiyotni qaraktlantiruvchi kuchi bo’lib qoladi.
Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko’p jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.
Narxlarni erkinlashtirish - iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy okibatlari ko’p jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog’liq bo’ladi.
Narxlarni erkinlashtirish xom-ashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o’rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. SHu yondashuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo’llar bilan erkinlashtiriladi:
narxlarni birdaniga, yoki "esankiratadigan" tarzda qo’yib yuborish;
narxlarni sun’iy ravishda to’xtatib qo’yish;
narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolish.
Mamlakatlarning raqobat pozitsiyalari shuningdek jahon bozoridagi ekspansiya darajasi bilan ham tavsiflanadi va bu borada raqobatbardoshlikning muhim ko’rsatkichi bo’lib mamlakat eksport hajmi hisoblanadi. Masalan, jahon YaIMda YaIM ulushi 0,39%ga teng bo’lgan Gonkongning eksporti 3,7%ni, Singapurda 0,24% va 2%ni, Janubiy Koreyada 1,43% va 2,2%ni tashkil etadi. Bunday manzara ko’plab yangi industrial mamlakatlar iqtisodiyotining eksportga yo’naltirilganligi bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi ko’p darajali shakllarda namoyon bo’ladi:
tovarning raqobatbardoshligi;
tovar ishlab chiqaruvchining raqobatbardoshligi;
tarmoq raqobatbardoshligi;
mamlakat raqobatbardoshligi.
Mazkur barcha raqobatbardoshlik darajalari o’rtasida yetarli darajada mustahkam ichki va tashqi o’zaro bog’liqlik mavjud. Mamlakat va tarmoq raqobatbardoshligi pirovard natijada muayyan tovar ishlab chiqaruvchining raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi.
Tovarning raqobatbardoshligi deganda uning ham ichki, ham tashqi bozordagi
muvaffaqiyatini belgilab beruvchi iste’mol, narx va sifat jihatidan kompleks tavsiflari tushuniladi.
Tovarning raqobatbardoshligi bevosita turli omillarga bog’liq bo’ladi. Ular orasida mahsulotning narxi va sifatiga ta’sir ko’rsatuvchi ishlab chiqarish xarajatlari, mehnat unumdorligi va intensivligi birlamchi ahamiyat kasb etadi. Respublika xalq xo’jaligining ko’plab tarmoqlarida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish xarajatlari rivojlangan mamlakatlarga qaraganda 2-5 marta yuqori bo’lgan. Industrial rivojlangan mamlakatlar bilan taqqoslaganda respublikadagi sanoat ishlab chiqarishi ko’prok material, metall va energiya sig’imiga ega.
Ishlab chiqarish material omillarining bunday qimmat sharoitida mamlakatimiz sanoati mahsulotlarining tashqi bozordagi narx bo’yicha raqobatbardoshligidan foydalanishga umid qilish qiyin.
SHu bilan bir vaqtda, respublikamizda yakka tartibdagi ish haqining o’rtacha darajasi sanoati rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ahamiyatli darajada (tarmoqlar bo’yicha olganda 30 va undan ko’p marta) past.
Jahon bozoridagi tovar raqobatbardoshligini belgilovchi ko’rsatkichlardan biri bo’lib mehnat unumdorligi hisoblanadi, chunki aynan ishlab chiqarish jarayonida raqobatning moddiy asoslari tarkib topib, ular bozorda taqqoslama narx va foydalilik darajasi orqali namoyon bo’ladi.
Respublika sanoatidagi mehnat unumdorligi ko’rsatkichi hozirgi vaqtda nafaqat barcha sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar va yangi industrial davlatlardan, balki ko’plab rivojlanayotgan mamlakatlar -Eron, Tayland, Misr, Omon va boshqalardan ham past. Qishloq xo’jaligidagi mehnat unumdorligi yanada pastroqdir. Respublika qishloq xo’jaligida band bo’lgan bir kishiga hisoblaganda qo’shilgan qiymat darajasi bo’yicha rivojlangan mamlakatlardan 40 va undan ko’p baravar ortda qolmoqda.
Hozirgi vaqtda jahon raqobatbardoshligi bo’yicha birinchi o’ringa nobahoviy omillar chiqmoqda. Ular orasida tovarning sifati, uning yangiligi, ilmiylik va intellektuallik darajasi muhim o’rin tutmoqda.
Biroq, respublikaning ko’plab sanoat tovarlari sifat ko’rsatkichi bo’yicha sanoat jihatidan rivojlangan, yangi industrial va rivojlanayotgan mamlakatlardan ortda qolmoqda. SHu munosbat bilan o’zbek eksporterlarining jahon bozoridagi raqobat kurashidagi asosiy ustun jihatlari bo’lib narx tavsiflari qolmoqda.
Hozirda jahonning ko’plab mamlakatlari o’zlarining tovar bo’yicha raqobatbardoshliklarini oshirishni innovatsiyalardan foydalanish, ilmiy-gexnikaviy salohiyatni rivojlantirmay turib yaratish mumkin bo’lmagan yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqish hisobiga ta’minlanmoqda. Mazkur jarayonlarning muhim ko’rsatkichi bo’lib innovatsiya uchun sarflar hisoblanadi. Mazkur ko’rsatkich mamlakatning innovatsion faoliyatga bo’lgan layoqatini aks ettiradi hmada, NIOKRga bo’lgan sarflar miqdoridan tashqari, dizayn va marketinga sarflarni, ilmiy sohadagi band bo’lganlar sonini, mamlakat ichida va xorijda olingan patentlar sonini, ta’lim muhitining rivojlanganligini ham hisobga oladi.
Jaxon tabelida raqobatbardoshlik reytingini aniqlash uchun ko’p omilli modeldan foydalaniladi. Unda 381ta ko’rsatkich qo’llaniladi. Bu ko’rsatkichlar 8ta umumlashtirilgan omillarga guruhlangan:
ichki iqtisodiy saloxiyat;
tashqi iqtisodiy aloqalar;
davlat tomonidan tartibga solish;
kredit-moliya tizimi;
infratuzilma;
boshqaruv tizimi;
ilmiy-texnikaviy salohiyat;
mehnat resurslari.
Afsuski, O’zbekiston raqobatbardosh mamlakatlar ro’yxatiga shritilmagan. Bu ro’yxatda keyingi yillarda Singapur va Gonkong yetakchilik qilmoqda. Xitoy Yevropadagi barcha sobiq sotsialistik mamlakatlarini ortda qoldirib, 34-o’rinda bormoqda. Rossiya 2000 yilda 50-o’rinni egallagan.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda ta’kidlash mumkinki, mamlakatimizda bozor munosabatlariga o’tish davrida sog’lom raqobatni shakllantirish iqtisodiyotni har tomonlama erkinlashtirish, uning tarkibini samarali tarzda qayta tuzish orqali ta’minlanishi mumkin. Bu esa mazkur jarayonlarni izchil va asosli tarzda ishlab chiqilgan davlat dasturlari asosida olib borilishini taqozo etadi.
|