Oila psixologiyasi




Download 1,25 Mb.
bet87/125
Sana10.02.2024
Hajmi1,25 Mb.
#154263
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   125
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

Qobiliyatni rivojlanishi
Qadimgi Yunonistonda mantiqiy fikrlash, ya’ni ramziy, faktlar bilan tafakkurni charxlash juda rivojlangan. Yunonlar mantiq fani insonning his-tuyg‘ularini ifodalash uchun zarur, deb hisoblashgan. Misol uchun, XVIIIasrda Yevropa aholisi “o‘z qalbinga ishon, u seni hissiyotlaringni ifodalaydi”, degan fikrga amal qilgan. O‘sha davr manbalarida keltirilishicha, qobiliyat xohish-istak, ichki tuyg‘u bilan ham o‘zviy bog‘liq. Bu, ayniqsa, uyda, maktabda, ish joyida va boshqa jamoat joylaridagi xatti-harakatlarimizda namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy psixologiyada ushbu yo‘nalish tarafdorlari 1990-yildan boshlangan tadqiot ishlari olib borib, tadqiqot natijalari asosida bir nechta kitoblar, ilmiy maqolalar chop etildi. Bunda his-tuyg‘u va inson ruhiyatining qobiliyatning shakllantirishdagi o‘rni muhokama qilingan. Ularda keltirilishcha, qobiliyatning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi eng katta omil uning hayajoni bilan bog‘liq. Chunki, o‘z hissiyotlarini boshqara olmagan inson qat’iyatli, eng asosiysi qobiliyatli bo‘la olmaydi. Insonning fikrlashi uning ichki olami bilan ham o‘zviy bog‘liq ekani olimlar o‘tkazgan tadqiqotlarda ham aniq bo‘lib bormoqda.
Hissiy ong vaqti-vaqti bilan insonni yengishi mumkin. Bunda uning qobiliyati kamayib yoki ortib qolmaydi. Chunki tushkunlikka tushgan vaqtda inson o‘z qobiliyatini to‘liq namoyon yetolmasligi yoki aksincha har doimgidan ham yaxshiroq namoyon qilishi mumkin.
Insonning jismoniy va ruhiy holati, uning dunyoqarashi, qiziquvchanligi, xotirasi, imkoniyatlari uning chetdan axborot qabul qilishi, ya’ni malaka hosil qilishiga ta’sir o‘tkazadi. Bunda insonning o‘sha vaqtdagi sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga bo‘lgan munosabati ham alohida ahamiyatga ega. Olimlar olib borgan tadqiqot natijasida inson o‘z-o‘zini hurmat qilsa va yaxshi ko‘rsa, uning qobiliyati ham shunga monand rivojlanishi aniqlangan. Ya’ni hayotda o‘z o‘rnini topishga harakat qilayotgan kishilar tinimsiz o‘z ustida ishlaydi, yaxshi yashash va moddiy tomondan kamchilikni ko‘rishni xohlamaydiganlar ham aqliy salohiyatini rivojlantirib, qobiliyatini ham shakllantirib boradi.
1980-yillarda psixologlar intellektni rivojlantirish bo‘yicha izchil tadqiqotlarni olib bordi. Ularda his-tuyg‘u va bilishning aqliy salohiyat bilan bog‘liqligi o‘rganildi. Bunday mavzudagi tadqiqot ishlari 1990-yillarning so‘ngi choragida ancha ko‘payib ketdi va 1995-yillarga kelib ancha ommalashdi. Ko‘pchilik mazkur atamani qo‘llasa-da, uning ma’no-mazmunini to‘liq ochib berishni uddalay olmadi. Chunki mavzu yuzasidan ham nazariy, ham amaliy bilimlar etishmas, ko‘ngillilar bilan olib borilgan tajribalar soni juda kam edi.
Ruhiy qobiliyat insonning ruhiyati, uning ichki dunyosi bilan bevosita bog‘liq. Shu sababdan ham, uning tarkibiy tuzilishi ierarxik to‘zilishga ega. Ruhiy qobiliyat aqliy qobiliyat bilan o‘zviy bog‘liqligi tufayli ularni birgalikda rivojlantirish maqsadga muvofiq.
2007-yilga qadar aksariyat tadqiqotlarda ruhiy qobiliyatni o‘rganishga harakat qilindi. Ularning ayrimlarida ruhiyatning qobiliyatni shakllantiridagi o‘rniga ham bag‘ishlangan. Bunda yutuq, muvaffaqiyat, motivatsiya, o‘z-o‘zini nazorat qilish, baxtlilik ko‘rsatkichi kabilar aniqlangan. Bunda insonning tushkunlikka tushgan holati ham inobatga olingan.
Tafakkur bu aqliy qobiliyatning bir turi bo‘lib ma’lumotlarni tahlil qilishda juda katta rol o‘ynaydi. Sababi, inson atrofdan qabul qilayotgan xabarlar ichida muhim va o‘ta maxsus ma’lumotlar ham aralashib yotibdi. Bunda tafakkurni rivojlantirish va uni ishlatish asosida axborotlarni saralash ko‘nikmasi ham rivojlantiriladi. Og‘zaki va yozma ma’lumotlarni qabul qilib uni tafakkur asosida qayta ishlagan insonning aqliy qobiliyati ham shakllanib boraveradi. U orqali voqea-hodisa ongda aks etib, sezgi, idrok, tasavurni ishga solgan holda bilish jarayonini faollashtiradi.
Tafakkurning asosi aqliy qobiliyatning rivojlangani va fikrlash tezligiga bevosita bog‘liq. Sababi, u orqali fikr, g‘oya va boshqa omillar rivojlanib boradi. Fikrlash qobiliyati esa nutqiy faoliyat orqali yuzagakeladi. Suhbat chog‘ida insonning hissiy mushohadasi boshqa kishilarda ham namoyon bo‘ladi. Mazkur jarayonning kechishi inson faoliyatida aks etgan, u idrok qilgan, tasavvur etgan tushuncha va xulosalarni chin yoki yolg‘on ekanini isbotlashga harakat qiladi.
Inson tafakkur orqali voqelikni umumlashtirib, uni o‘z fikrlari bilan bevosita ifoda etadi. Tushunish orqali voqea-hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini anglaydi va uni tahlil qiladi. Xususan, mantiq qonunlaridan foydalanib jarayonning sodir bo‘lishi bilan bog‘liq hukm chiqaradi. Tafakkur voqelikni aks ettirishi, muammoni hal qilishi, inson uchun yangiligi va muhimligi darajasiga ko‘ra bir nechta turlarga xususan, amaliy, nazariy, mavhum, ijodiy va boshqalar ajratilishini yuqoridagi boblarda ko‘rib o‘tganmiz. Kishilarning atrofdagi voqea-hodisalarni idrok etishi ham bevosita tafakkur bilan bog‘liq ravishda kechadi. Jumladan, ixtirolar, kashfiyotlar, innovatsion fikrlarning yuzagakelishi va rivojlanishi inson tafakkurining mahsulidir.
Qobiliyat va tafakkurning o‘zviy bog‘liqligi mavhum tushuncha, biroq uni tajriba orqali isbotlash ham mumkin. Chunki har ikkalasi orqali kishining xulq-atvori, dunyoqarashi yaxshilanadi. Qobilyat ham tafakkur singari narsa va hodisalarning mohiyatini tasavvur qilishni taqozo etadi. U shaxsning rivojlanishi va shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Mazkur tushunchalar kishidagi mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik xususiyatlari orqali namoyon bo‘ladi.
Demak, qobiliyat ham, tafakkur ham insonda tug‘ma iste’dod natijasida yuzagakelishi mumkin, biroq uni hayotiy tajriba orqali yuzagakeltirish va shakllantirishning ham imkoni bor. Bunda inson o‘z ustida ishlashi, imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanishi talab etiladi. Inson shaxsiga alohida yondashuv orqali undagi iste’dodni yuzagachiqarish va uni shakllantirish mumkin33.
Qobiliyat bilim va malakalarning o‘zida ko‘rinmaydi, balki ularni egallash tizimida namoyon bo‘ladi ya'ni, boshqacha qilib aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishida namoyon bo‘ladi. Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo‘lishi bilan aql sifatlari xotira xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi, hamda qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga qo‘yish ham mumkin emas. Agar shu sifatlarning birortasi yoki ularning yig‘indisi faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar ta'siri bilan tarkib topsa bu shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb hisoblashiga asos bo‘ladi. Qobiliyat kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit bo‘lib, shu bilan birga u ma'lum darajada bilim olish mahsuli hamdir. Umumiy va maxsus bilimlarni o‘zlashtirish, shuningdek, kasbiy ko‘nikmalarni egallab olish jarayonida qobiliyat mukamallashib va rivojlanib boradi. Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko‘nikma va malakadir. Ular faoliyat mexanizmini tashkil qiladi hamda ular qobiliyat bilan birgalikda mahoratga erishishni ta'minlaydilarki, buning natijasida mehnatda katta yutuqlar qo‘lga kiritiladi. Qobiliyatli, ammo dangasa inson ko‘p narsaga erisha olmaydi. Qobiliyat ko‘nikma va malakalarda ro‘yobga chiqadi. Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko‘nikma va malakalari ko‘p qirrali va mukammallashgan bo‘ladi. Shuning bilan birga ko‘nikma va malakalar yetishmagan qobiliyatni bir muncha to‘ldirish yoki undagi kamchilikni tugatish mumkin. Ko‘nikmalarni umumlashmasi mohirlik deb ataladi. Mohirlik bu qobiliyatning kichik bir qismidir. Demak, qobiliyat ko‘nikma va malakalarning paydo bo‘lishi jarayonida shakllanadi. Har qanday qobiliyat ham murakkab bo‘lib, u kishiga turli-tuman talablar qo‘yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talabga javob bera olsa kishi faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirish uchun o‘z qobiliyatliligini ko‘rsata oladi, agarda xususiyatlardan qaysi biri rivojlanmagan bo‘lsa, shaxs mehnatning muayyan turiga nisbatan ham qobiliyatli deb baholanadi. Har bir qobiliyatning o‘ziga xos tuzilishi mavjud: qobiliyat tarkibida tayanch va yetakchi xususiyatlarni, muayyan asosiy yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish lozim. Barcha qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyat ko‘zatuvchanlik, sinchkovlik ko‘nikmasidir. Bu individuallikning o‘ziga xos tomoni bo‘lib, ijodiy faoliyat uchun boshlang‘ich materialni ko‘ra bilish demakdir. Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur hisoblanadi.
Quyidagilarni yordamchi xususiyat deb hisoblash mumkin: xotira (u faoliyat talablariga muvofiq ravishda o‘ziga xos to‘zilishda bo‘ladi), emosionallik, ya'ni his tuyg‘uga beriluvchanlik (bu xususiyat shaxsning faoliyatini oshiradi). Amaliy faoliyatning ba'zi ko‘rinishlarida shaxsning irodasi oldingi o‘ringa chiqadi. Qobiliyat tuzilishidagi turli xususiyatlarning tarkibi faoliyatning turli davrlarida yoki ijodiyotning bosqichlarida turlicha bo‘lishi mumkin. Demak, to‘zilish ham barqaror, ham o‘zgaruvchandir.
Psixologiyada qobiliyatlarning individual psixologik xususiyatlariga, ya’ni uning miqdor va sifat tavsifiga ham alohida e’tibor qaratiladi. Ya’ni bir xil faoliyat bilan shug‘llanayotgan hamma odamdan bir xil natija va bir xil sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o‘z qobiliyatlari bo‘yicha bir-birlaridan muayyan darajada farq qiladilar, bu farqlar sifat va miqdor jiqatidan bo‘lishi mumkin.
Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual psixologik xususiyatlari faoliyat jarayonida muvaffaqiyatga erishishini ta’minlashining majburiy sharti tariqasida xizmat qiladi. Ularning miqdor tavsifi esa faoliyatga qo‘yiladigan talablarni shaxs tomonidan qay yo‘sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya'ni mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda ko‘nikma, malaka, bilimlardan nechog‘lik tez, yengil, puxta foydalana olishini namoyish qiladi.
O‘quvchining qobiliyatlari nimaga namoyon bo‘lishini va binobarin o‘quvchi shaxsini qanday individual psixologik xususiyatlari faoliyatni qay darajada bajarish qobiliyatiga ega ekanligi, ya'ni o‘quvchining boshqalarga nisbatan malaka va bilimlarni qanchalik tez, yengil va mustahkam egallab olishini bilish pedagog uchun muhimdir.
Qobiliyat xususiyatlarining sifat tomonidan qaralishi maqsadga har turli yo‘llar bilan borishga imkon beruvchi "o‘zgaruvchan miqdor" to‘plami sifatida, faoliyat muvaffaqiyatini ta'minlovchi inson psixologik xususiyatlarining yig‘indisi sifatida ko‘riladi. Bir xususiyatlarni o‘rnini ikkinchi bir xususiyatlar bilan bosishning keng imkoniyatlari mavjud, buni odam o‘zida chindan qat'iylik bilan ishlash orqali rivojlantirishi mumkin.
Qobiliyatlarning sifat jihatdan tavsifi odam mehnat faoliyatining qaysi sohasida (pedagog, sport, savdo va boshqalar) yengillik bilan "o‘zini topa oladi" va qanday qilib katta yutuq va natijalarga erisha oladi degan savolga javob berish imkoniyatini beradi. Qobiliyatlarni miqdor tavsifi va ularni o‘lchash muammosi bilan ko‘proq xorij psixologlari (Kettell, Termen, Spirmen) va boshqalar shug‘ullanganlar. Ular kattalarda qobiliyatni o‘lchash usuli sifatida aqliy iste'dod testlaridan foydalanganlar. Unga ko‘ra, bolaning aqliy iste'dod koeffisenti quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:
IQ Aqliy yosh\passport yoshi*100%
Qobiliyatlar odamning faoliyatidan tashqarida mavjud bo‘lmaydi. Qobiliyatlarning tarkib topishi esa ta'lim-tarbiya jarayonida bolaning yutuqlari tezligida namoyon bo‘ladi.

Download 1,25 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   125




Download 1,25 Mb.