Zararli dasturiy vositalarni himoyalash usullari




Download 1,05 Mb.
bet6/8
Sana18.11.2023
Hajmi1,05 Mb.
#101150
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mustaqil ish kiberxavfsizlik

Zararli dasturiy vositalarni himoyalash usullari
1. Antivirus dasturidan foydalaning
Barcha foydalanadigan qurilmalaringizda doimo ishonchli antivirus dasturi o’rnatilgan bo’lishi kerak. Bu sizning viruslar va boshqa zararli dasturlardan asosiy himoyangizdir. Yangi tahdidlardan xabardor bo’lish uchun antivirus dasturini muntazam yangilab turing. Windows tizimi Microsoft Defender deb nomlangan o’z ichki bepul va ishonchli antivirus dasturiga ega. Microsoft Defender dasturini sozlamalarini to’g’ri sozlash orqali qurilmangizni yanada yaxshiroq himoyalashingiz mumkin.
2. Qurilmalaringizdagi dasturiy va apparat ta’minotini o’z vaqtida yangilab turing
Zararli dastur dasturiy ta’minotdagi zaifliklarni topadi va ular orqali qurilmalaringizga zararlantiradi. Xakerlar va jinoyatchilar doimo ana shunday zaifliklar ortidan izlanishdalar. Dasturiy ta’minot yaratuvchi tashkilotlar bu zaifliklarni yangilanishlar bilan birga chiqarilgan xavfsizlik tuzatishlari bilan bartaraf etadi. Shu boisdan, yangilanishlar o’z vaqtida o’rnatish juda muhim.
3. Havolalarni bosishdan oldin ularni tekshiring
Notanish odamlar yoki tashkilotlar tomonidan yuborilgan havolalarni hech qachon bosmang. Shuningdek, olingan har bir havola salohiyatli xavfga ega deb hisoblang. Hamkasbingiz, bank yoki siz foydalanayotgan ijtimoiy media xizmatidan elektron xabar olganingizda, undagi havolani bosishga shoshilmang. Toʻliq veb-sayt manzilini havola ustiga kursorni olib borib (ustiga bosmang) tekshiring. Shunda qilib havolani bosish kerak yoki yo’qligini aniqlay olasiz. Shu bilan bir qatorda, sayt haqiqiy ekanligiga amin bo’lish uchun brauzer oynasini ochib, manzilni to’g’ridan-to’g’ri URL maydoniga kiritishingiz mumkin. Qisqartirilgan URL havolalardan foydalanishda esa o’ta ehtiyot bo’ling. Qisqartirilgan havolaning ortidagi asl URL havolani har doim tekshiring. Qisqartirilgan URL manzilini “dekodlash – ochib ko’rish” uchun UnshortenIt kabi bepul onlayn xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
4. Qalqib chiquvchi oynalarga ishonmang
Hammamiz ham Internetdan foydalanayotganimizda to’satdan qalqib chiqib, kompyuterimiz zararlanganligi va uni himoyalash uchun zarur dasturni yuklab olishimizni tavsiya qiladigan qalqib chiqivchi oynalarga duch kelganmiz. Bunday tuzoqlarga ilinmang. Oqilona ish tuting.

Download 1,05 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zararli dasturiy vositalarni himoyalash usullari

Download 1,05 Mb.