3
TAQRIZ
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat
dasturi asosida rejalashtiriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi
tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga
tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarning rivojlanishidagi o’ziga
xosliklar, ularning rivojlanishidagi psixologik, fiziologik jihatlari samaralari
o’rganilib chiqilgan. Bolalarning rivojlanishiga qo’yilgan davlat talablari atroflicha
yoritilgan. Bolalarning rivojlanishidagi o’ziga xosliklarni inobatga olgan holda
tarbiyachilarning bolalar bilan ta’limiy va tarbiyaviy faoliyatni to’g’ri tashkil
etishlari uchun yetarli ma’lumaot yig’ilgan. Mavzu haqida ma’lumot to’plashda
Prezident qarorlari, farmonlaridan to’g’ri foydalanilgan.
Kurs ishi mavzusi aynan shu mavzuga mos bo’lib, bolalarning
rivojlanishidagi barcha o’ziga xosliklar inobatga olinib, to’laqonli yoritilgan.
Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan
iborat.
Birinchi bobda ”Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining o’ziga xos
xususiyatlari” haqida alohida to’xtalib o’tilgan.
Ikkinchi bobda ”Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining pedagogik
asoslari” haqida batafsil yoritilgan.
Kurs ishining yakunida xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
keltirilgan. Talaba keraklicha adabiyotlardan foydalangan deb hisoblaymiz.
Kurs ishining umumiy hajmi 42 betni tashkil qiladi. Kurs ishi talaba
tomonidan mustaqil tayyorlangan, stilistik va imloviy xatolarga yo’l qo’yilgan.