13
davlat
va
jamiyat
qurilishini
takomillashtirishga
yo’naltirilgan
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda
parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat
boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini
rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati
va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish,
fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh
qilishga
yo’naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini,
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi
samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to’laqonli joriy etish,
yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga
yo’naltirilgan
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini
saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq
xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat
ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom
ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada
kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish,
hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti
tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;