71
- o’smirning jinoyatga boshlovchi, jamiyatga zarar yetkazish kabi illatlarga
bo’lgan qiziqish va harakatlarini to’xtatish;
- hozirgi davrda muhim bo’lgan masalalar bilan band qilish;
- huquqqa qarshi bo’lmagan, puxta o’ylab chiqilgan maqsadlarni qo’yish.[2.34.
38-bet]
Erki bo’lmagan inson flyugerga o’xshaydi, shamol qay tarafga essa o’sha
tomonga o’giriladi. Bunday insondan ijtimoiy me’yorlarni buzish,
jinoyatchilikni kutish mumkin. Uni yengillik bilan aldash, o’zgalarning
so’zlariga quloq solishi. o’zga axloqiy qarash va baholarga og’dirish oson.
O’zga axloqiy qarashlarga ergashib, u huquqbuzarlik va axloqsizlik xulq-
atvoriga ega bo’ladi. Bunday insonlarni tarbiyalashda jamiyat tomonidan unga
erkinlik va huquqlarini berib, uni o’z-o’zini boshqara olishga o’rgatish zarur.
Bu borada zamonaviy murabbiyga quyilgan talablar aniqlanadi. Har bir
tinglovchi o’zini tahlil qilib, kamchiliklarni aniqlaydi va bu ularga kelgusi ish
rejasiga o’zining ustida ishlashga oid vazifalarini kiritishga yordam beradi.
Qo’llaniladigan vositalar: doska, marker, video-kamera, flamasterlar.