155
qisman aralashtirgich (2) ga, so‘ngra (14) chiziq bo‘ylab tindirgichlarning (21)
taqsimlab beruvshi kollektorlariga (20) boradi.
Tindirgich (21) larda neft tomchilaridan tozalangan suv nasos qabuli (23) ga
borib, undan ko‘pqatorli nasos stansiyalariga (KNS) uzatiladi.
X.4. Chuchuk suvlarni tayyorlash qurilmalari
Yuqorida aytib o‘tilganidek, neft konlarida qatlam
bosimini ushlab turish
uchun qatlamlarga daryo, ko‘l va suv omorlaridagi
chuchuk suvlarni haydash
mumkin. Ba’zan artezian quduqlaridan olingan yer osti suvlaridan ham Shu
maqsadda foydalanish mumkin. Yer osti suvlarining tarkibi yil fasllari o‘zgarishi
bilan ham o‘zgarmaydi va ularni qatlamga tozalamay turib ham haydash mumkin.
Yer osti suvlaridan farqli ravishda daryo va ko‘l suvlarining sifati past bo‘ladi.
Bular suv tozalash stansiyalarida qayta ishlanishi mumkin.
Amaliyotda mahsuldor qatlamlarni suv bostirishda o‘zan osti suv olgich va suv
tozalash stansiyalari keng tarqalgan.
O‘zan osti suvolgichlari uchun daryoning qirg‘oq qismidan 20-30m
chuqurlikda
quduqlar
kovlanadi
va
300mm
diametrli
quvurlar
bilan
mustahkamlanadi. Bu quvurlarga suv ko‘targish quvurlar (2) tushuriladi. Daryoning
suvi qumli qatlamdan filtrlanib quduqqa tushadi.
Quduqdan toza suv daryo bilan rezervuar sathlari farqi ta’sirida va
vakuumkompressor yordamida hosil qilingan vakuum ta’sirida vakuum-havzaga (4)
boradi. Undan nasos (6) yordamida toza suv rezervuariga (8) uzatiladi. Nasos (9) lar
yordamida toza suv rezervuar (8) dan olinib magistral suvuzatkichga haydaladi.
Magistral suvuzatkichlardan suv ko‘pqatorli nasos stansiyalariga (KNS), ulardan esa
haydovchi quduqlarga boradi.
Ochiq suvolgichlar sxemasida ifloslangan daryo suvi quvur (2) orqali birinchi
ko‘tarish nasos stansiyalariga boradi. Birinchi ko‘tarish
nasos stansiyalaridan
ifloslangan suv aralashtirgichga (3) ga boradi. Bu yerda meyorlagich (2) yordamida
tinimsiz ravishda koagulyatsiya yetkazib berib turiladi (oltingugurtsuvchilli
alyuminiy Al
2
(SO
4
)
3
x18H
2
O yoki temir kuporasi FeSO
4
)