211
Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazi-
faning yechimi) oʻqituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan
muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashgʻulot yakunida
oʻqituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy
vazifalarning yechimlari
orasida eng yaxshi va oʻziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi.
Mashgʻulot jarayonida guruhlar a’zolarining faoliyatlari ularning
ishtiroklari darajasiga koʻra baholab boriladi.
“FIKRLARNING SHIDDATLI HUJUMI” METODI
Metodning mohiyati quyidagidan iborat:
-
jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir
oʻquvchining shaxsiy imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishga koʻmak-
lashish;
-
oʻquvchilarda ma’lum jamoa tomonidan
bildirilgan fikrga
qarshi gʻoyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iborat.
“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodidan foydalanishga asos-
langan mashgʻulot quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
1-bosqich: Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin boʻlgan oʻquvchi-
larni oʻzida biriktirilgan hamda son jihatdan teng boʻlgan kichik
guruhlarni shakllantirish;
2-bosqich: Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki
topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash;
3-bosqich: Guruhlar tomonidan muayyan gʻoyalarning
ishlab
chiqilishi (topshiriqlar hal etilishi);
4-bosqich: Topshiriqlarning yechimlarini muhokama etish,
ularni toʻgʻri hal etilganligiga koʻra turkumlarga ajratish;
5-bosqich: Topshiriqlarning yechimlarini
qayta turkumlash-
tirish, ya’ni ularning toʻgʻriligi, yechimni topish uchun sarflangan
vaqt, yechimlarning aniq va ravshan bayoni etilishi kabi mezonlar
asosida baholash;
212
6-bosqich: Dastlabki bosqichlarda
topshiriqlarning yechimlari
yuzasidan bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama
etish hamda ular borasida yagona xulosaga kelish.
Metodni qoʻllash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:
— oʻquvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta
oʻzlashtirilishiga erishish;
— vaqtni iqtisod qilish;
— har bir oʻquvchini faollikka undash;
— ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish.