olingan komponentaning kontekst menyusini unga sichqonchaning o’ng tugmasini
bosib ochish mumkin.
Bular ichidan
OK
yozuvli
Button
tugmasini,
A
yozuvli
Label
tugmasini
osonlik bilan topish mumkin.
Agar sahifada komponentalar juda ko’p bo’lsa, harakatlanuvchi tugmalar
orqali o’ng va chapga panelni harakatlantirish orqali
barcha komponentalarni
ko’rishimiz mumkin. Barcha komponentalar biror nom yoki maxsus yorliq orqali
berilgan, agar sichqoncha kursorini yorliq ustiga oborsak shu komponenta nomi
paydo bo’ladi. E’tibor bergan bo’lsangiz, ko’pgina komponentalar to’rtburchak
yoki dumaloq shaklga ega. Ixtiyoriy komponentani formaga ikki xil yo’l bilan
joylashtirish mumkin. Komponenta ustida sichqonchani olib borib chap tugmasini
ikki marta bosilsa, mazkur komponenta forma markazida paydo bo’ladi. Ikkinchi
usul sichqoncha chap tugmasini komponenta ustida bir marta bosilib, siljitish bilan
formaga joylashtirish mumkin. Formaga joylashtirilgan
komponentani formaning
ixtiyoriy qismiga siljitishimiz mumkin. Komponetaning o’lchamlarini sichqoncha
yordamida o’zgartirish mumkin. Formada turgan ixtiyoriy komponentani
aktivlashtirish yoki passivlashtirish mumkin. Aktivlashtirish degani shu
komponentaning ustida amal bajarish xususiyatini o’zgartirish imkoniyatini beradi,
buning uchun, mazkur komponentaning ustida sichqoncha tugmasini bosish kifoya.
Aktivlik belgisi shu komponentani
boshqalaridan ajralib, belgilanib ko’rinib
turadi. Buni ob’ektlar inspektoridan ham ko’rish mumkin. Sichqoncha yordamida
tanlangan komponentani formadan o’chirib tashlash ham mumkin.
Label
Shaklda tahrir qilib bo’lmaydigan statik matnning to’rtburchak sohasini aks
ettiradi. Odatda matn boshqa komponenta nomidan iborat bo’ladi.
Nom matni Text xususiyatining qiymatidir.
Alignment
xususiyati matnni
tekislash usulini aniqlaydi. Shrift o’lchami avtomatik tarzda sohaning maksimal
to’ldirilishiga
mos kelishi uchun,