Ayollar va qiz bolalar kiyimlarini konstruksiyalash




Download 4,85 Mb.
bet4/9
Sana09.06.2024
Hajmi4,85 Mb.
#261830
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
«Ayollar kiyimlarining bichilgan bo’laklariga ishlov berish, kiy (2)

1. 2 Ayollar va qiz bolalar kiyimlarini konstruksiyalash

Kiyimning ayrim detallari tayyor holda muayyan bir hajmiy-fazoviy yuzalikni hosil qiladi. Konstruksiyalashning asosiy maqsadi yassi materialdan hajmiy shaklning qobig`ini tuzish va bu masalaning aksariyatini echish, ya'ni kiyimning qismlarini tekislikka yoyish. Hajmiy yuza tekislikka yoyilganda qator geometrik shakllar hosil bo`ladi. Demak, yuzaning yoyilmasi-tekislikda olingan uning geometrik shaklidir.


Barcha hajmiy yuzalar yoyiladigan va yoyilmaydigan yuzalarga bo`linadi. Tekislikka beshikast yoyiladigan yuza yoyiladigan deyiladi. Yoyiladigan yuzaning yoyilmasi dastlabki yuza bilan bir hil bo`ladi. Yoyilmada to`g`ri chiziqlar saqlanib qoladi, egri chiziqlarning uzunligi va burchaklar dastlabki o`z holatiga teng bo`ladi.
Yoyiladigan yuzalar ikki hil farqlanadi: fazoviy chiziqlarga o`tkazilgan urinmalar orqali hosil bo`lgan yuzalar va aylanish natijasida hosil bo`lgan yuzalar (konussimon va silindrsimon). Barcha yoyiladigan yuzalar tekislikka deformasiyasiz yoyiladi.
Yoyilmaydigan yuzalar tekislikka aniq, beshikast yoyilmaydi. Yoyilmaydigan yuzaning yoyilmasini olish uchun butun yuza yoyiladigan konussimon yoki silindrsimon qismlarga bo`linib, ularning har biri alohida yoyiladi. Natijada yuzaning bo`laklardan tuzilgan tahminiy yoyilmasi hosil bo`ladi.
Shunday qilib kiyim detallari qismlarini tekislikdagi yoyilmalari desak bo`ladi.
Kiyim detallarining yoyilmasi va ularning tasnifi. Kiyim detallarining konstruksiyasini tuzishda qo`llanadigan barcha uslublar ikki yirik sinfga bo`linadi:
1 - tipaviy qomatlar o`lchamlari, qo`shimchalar detallar tipaviy bo`linishlari, konstruktiv nuqtalar orqali
2 - etalon - namunaning bevosita yuzasini o`lchab, detallar yoyilmasini qurishga asoslangan.
Tikuvchilik sanoatining korhonalari kiyim konstruksiyalashda asosan ikki hil konstruksiyalash tizimidan foydalanishadi: mulyaj tizimi va hisoblash-grafikli usulning har hil variantlari.
Mulyaj tizimi murakkab konstruktiv shakllarni va modellarning ayrim detallarini qurish uchun ishlatiladi. Bu tizim bo`yicha detallar konstruksiyasi gazlama yoki qog`ozni odam qomatiga yoki manekenga qadash tufayli olinadi, so`ngra qog`ozni tekislikka yozib detallar konturi chiziladi va shu bilan birga detallar uzellari tutashtirilib kontur chiziqlarinu to`g`riligi tekshiriladi.
Konstruksiyalashning hisob-grafik sistemasi har-hil variantlarda mavjud.Buyumning chizmasi figura o`lchamlari va ularga muvofiq qo`shimchalar asosida eskizda berilgan modelning konstrusiyasi qurilishi bilan harakterlanadi.Shu bilan birga, chizmalar tayyorlashning hilma-hil usullari mavjud.Ishlatiladigan konstruksiyalash usullari asosan hisoblash formulalari bilan farqlanadi.
G.L.Truxan o`tkazgan tahlil barcha hisoblash formulalari uch hilga bo`linishi mumkin.
Birinchi hil hisoblash formulalari turkumiga detaldagi ayrim uchastkaning o`lchamiRunga muvofiq qomatning o`lchami Mva qo`shimcha P, orqali aniqlanadigan formulalar kiradi: R=M+P (SHruk=Op+p)
Ikkinchi hilga detalRagi ayrim uchastkalarning razmeri detalning bu uchastkasi bilan bevosita boglik bulmagan o`lcham belgisiMorqali aniqlanadigan formulalar kiradi:
R= aM+vP+s masalan ( SHpol= 0,2Sb+0,2Pb+1,4)
Bu yerda a,v,s - figura o`lchami va detal aniqlanadigan uchastkasining razmeri orasidagi mo`ljallangan bog`lanish koeffisientlari.
Uchinchi hiliga detal ayrim uchastkalarining razmeri R chizmada avval aniqlangan detalning boshqa razmerlari R orqali aniqlanadi:
R=aR-v (0,15Sg1+0,4SHpr+Pspr+5,1)
O`tkazilganommaviyantropometrikizlanishlarilmiyjihatdanasoslanganrazmerlitipologiyavayangikonstruksiyalashCNIISHPumumiymetodikasiniishlabchiqishgasababbo`ldi.
UmumiymetodikaninghisoblashformulalariCNIISHPningmaishiykiyimkonstruksiyalashvaassortimentlaboratoriyasiningeksperimentalhamdaantropometrikma'lumotlaritahlilivamatematikishlovlarnatijasidir. Shuning uchun umumiy metodikaga asos qilib olingan bu usul hisoblash-analitik usul deyiladi. Bu usulga binoan odam figurasining geometrik yoyilmalari, proporsional hisoblashlardan batamom kechib, figuraning natural o`lchamlari bo`yicha, o`lchamlarga mos bemolollik (to`kislik) va dekorativ - bezatuvchi qo`shimchalar bilan quriladi.
1980-86 yillarda qator davlatlar kuchi bilan yaratilgan kiyim konstruksiyalashning yagona uslubi - YEMKO SEV sanoatga tatbiq etildi.
YEMKO usulida erkaklar, ayollar, bolalar konstruksiyasini qurish yagona sistemasi, yagona o`lchamlar sistemasi, yagona terminlar va simvollar konstruktiv nuqtalarning sonli ifodalanishi, qo`shimchalar klassifikaciyasi fomulalar tizimi va konstruksiya qurish ketma-ketligi, konstruktorlik hujjatlar, yagona chizmachilik qoidalari, asosiy tur kiyimlar uchun yagona tehnik ko`paytirish asoslari o`z ichiga qamrab olgan.
Asosiy konstruksiya chizmasini qurishda dastlabki malumotlar sifatida tipaviy qomatlarning o`lchamlari va qo`shimchalar olinadi.
Orqa va old bo`laklar chizmasi har qanday uslub bo`yicha quyidagi ketma-ketlikda bajariladi, chizmaga hos bazis turini qurish, yuqori kontur chiziqlarini, orqa o`rta chiziqni va old o`rta chiziqni, yon va etak chiziqlarini, bel chizig`idagi vitachkalarni qurish hamda cho`ntak chiziqlar joylanishi va qirqma yon bo`lak chiziqlari ko`rsatiladi.
Kiyim loyihalashda ishlatiladigan konstruktiv parametrlar.
Kiyim konstruksiyasini tuzishda quyidagi asosiy grafik usullarga oid chizma qurish elementlari qo`llanadi: kiyimning gabarit o`lchamlarini aniqlaydigan gorizotal va vertikal chiziqlardan tuzilgan bazis to`ri; konstruktiv nuqtalarning joyini yoylar usuli yordamida aniqlash; lekalolarga oid egri chiziqlarni o`tkazish, radiusografiya va proektiv diskriminant yordamida ikkinchi darajali egri chiziqlarni qurish usullari.
Gorizontal va vertikal chiziqlar to`rsimon tizimi tananing ostki va tepa qismlariga mo`ljallangan kiyim detallari yoyilmasining gabaritlarini aniqlaydi.
Kiyim detallarining chizmalarida konstruktiv nuqtalarni belgilash tizimlari turlicha. Asosiy gorizontal va vertikal chiziqlarning kesishgan tizimida joylashgan konstruktiv nuqtalarni ikki arab raqamlari bilan belgilash qulayroq hisoblanadi: birinchi raqam gorizontal chiziqni bildiradi, ikkinchi esa vertikalni.
Detallar biriktirilganda ustma-ust tushadigan aynan bir biriga o`hshash nuqtalar chizmada bir hil raqamlar bilan belgilanadi, lekin bu raqamlar nuqtalar soniga va chizmada ularni qurish ketma-ketligiga bogliq holda tepasida belgilangan shtrihlar soni bilan farqlanadi.
Kiyim detallarining chizmalarini qurishda konstruktiv nuqtalar joylashishini yoylar kertimi yordamida aniqlash usuli keng tarqalgan.
Kiyim detallarini chizmada lekalolarga hos egri chiziqlar yordamida qurish ham keng tarqalgan.
Radiusografiya usulidan ham grafik element tariqasida foydalanish mumkin. Masalan old, orqa bo`laklar bo`yin o`mizlarini chizishda, eng o`mizini o`tkazishda foydalaniladi.

Download 4,85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 4,85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ayollar va qiz bolalar kiyimlarini konstruksiyalash

Download 4,85 Mb.