81
Rasm.6.2
.
Tarmoqlararo ekran texnologiyasi
Shuningdek tarmoqlarni himoyalash uchun suqilib
kirishlarni aniqlash
tizimlari (Intrusion Detection System) deb nomlanuvchi maxsus vositalardan ham
foydalaniladi. IDS tizimlari kompyuter tizimlari xavfsizligini buzishi mumkin
bo’lgan ayrim zararli faol turlarni aniqlashda foydalaniladi. Bunday faollikka zaif
xizmatlarga qarshi qaratilgan tarmoq xujumlari, imtiyozni oshirishga qaratilgan
hujumlar, muhim fayllardan
avtorizasiyasiz foydalanish, hamda zararli dasturiy
ta’minotlar harakatlari(kompyuter viruslari, troyanlar va qurtlar) kiradi.
IDS tizimlari arxitekturasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
himoyalangan tizimlar xavfsizligi bilan bog’liq holatlarni yig’ib
tahlillovchi sensor qismtizimi;
-
sensorlar ma’lumotlariga ko’ra shubhali harakatlar va xujumlarni
aniqlashga mo’ljallangan tahlillovchi qismtizim;
-
tahlil natijalari va dastlabki holatlar haqidagi ma’lumotlarni yig’ishni
ta’minlaydigan omborxona;
-
IDS tizimini konfigurasiyalashga
imkon beruvchi, IDS va himoyalangan
tizim holatini kuzatuvchi, tahlil qism tizimlari aniqlagan mojarolarni
kuzatuvchi boshqaruv konsoli.
Aksariyat IDS tizimlarida barcha tarkibiy
qismlari yagona modul yoki
qurilma ko’rinishida amalga oshirilgan.
Suqilib kirishlarni bartaraf qilish tizimlari (
Intrusion Prevention System
) —
suqilib kirishlar yoki xavfsizlik buzilishlarini aniqlovchi va avtomat bartaraf
etuvchi dasturiy yoki apparat tizim. IPS tizimlarini IDS tizimlarining
kengaytirilgan varianti sifatida ko’rish mumkin, ammo xujumlarni kuzatish
vazifasi bir xilligicha qoladi. Ular asosan faollikni
real vaqt davomida kuzatib
borishi va tezkorlik bilan xujumni bartaraf qilish harakatlarini amalga oshirishi
bilan farqlanadi. Ushbu tizimlar quyidagi kategoriyalarga bo’linadi:
Tarmoq IPSlari (
Network-based Intrusion Prevention, NIPS
);
Simsiz tarmoqlar uchun IPS(
Wireless Intrusion Prevention Systems,
WIPS
);
Tarmoqni holatga ko’ra tahlillash (
Network Behavior Analysis, NBA
);
82
Alohida kompyuterlar uchun suqilib kirishlarni bartaraf qilish (
Host-based
Intrusion Prevention, HIPS
).
Suqilib kirishlarni aniqlash va bartaraf qilish tizimlariga misol tariqasida
quyidagilarni keltirishimiz mumkin: Snort,
Open VAS, Bro, Prelude Hybrid,
OSSEC, Check Point IPS Blade, Check Point, McAfee.