Muhandislik va kompyuter grafikasi




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/83
Sana25.11.2023
Hajmi8,84 Mb.
#105189
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83
 
 
 
 9.7-rasm 
Boltlar
kallakli, rezbali sterjendan iborat (9.8-rasm). Kallakning shakli va 
o’lchamlari boltni standart gayka yordamida burish imkonini beradi. Odatda bolt 
kallagi konussimon faska yordamida qirralari silliqlanadi va uni boshqa detal bilan 
mahkamlash oson kechadi. Boltning turlari juda ko’p. Ular kallagi va sterjenning 
shakli, o’lchamlari va tayyorlanish aniqlik darajasi (normal, o’ta aniq va qo’pol) 
bilan farqlanadi. GOST 7798-70 boltlarni uch xil bajarilishini tavsiya etadi
kallagida va sterjenda teshigi yo’q (1-bajarilish 9.9-rasm,a); bolt sterjenning 
rezbali qismida shplint uchun teshigi bor (2-bajarilish 9.9-rasm,b); boltlar guruhi 
kallagini sim bilan qotirishga mo’ljallangan ikkita teshigi bor (3-bajarilish 9.9-
rasm,c. 
 
 
 
9.8-rasm
 
 
 
 
9.9-rasm 


157 
Gaykalar
(9.10-rasm, a) bolt yoki shpilkaning rezbali uchiga tovlab 
kiritiladi. Tovlash vaqtida biriktirilayotgan detallar bolt kallagi va gayka orasida 
qisiladi. Gaykalar shakli jixatidan oltiyoqli, kvadrat va doiraviy bo’lishi mumkin. 
Gaykalar normal, yuqori va qo’pol aniqlikda bajarilishi mumkin. Keng tarqalgan 
gaykalar GOST 5915-70 bo’yicha 2-bajarilishdagi olti qirrali gaykalardir (9. 10-
rasm,b). Ularning birida ichi va tashqarisida bittadan faska bo’lib, ikkinchisida ichi 
va tashqarisida ikkita faska bo’ladi. Gayka o’lchamlari GOST lardan olinadi. 
a)
b) 
9.10-rasm 
Shpilkalar
boltning kallagi uchun joy bo’lmagan va biriktirilgan detallardan 
birining o’lchami katta bo’lgan hollarda ishlatiladi. Shpilka ikkala tomondan ham 
rezbasi bo’lgan silindrik sterjendir (9.11-rasm, a). Bir tomonida chiqarilgan rezba 
detallarning birida yasalgan rezbali teshikka tovlab kiritiladi. U shpilka uzunligiga 
kirmaydi. Uning uzunligi u kiritilayotgan detal materialiga boglik. Qolgan 
o’lchamlar bolt sterjenidek bajariladi. 
Shaybalar
quyidagi hollarda ishlatiladi: a) Agar bolt yoki shpilka uchun 
teshik doira shiklida bo’lmasa (oval, to’g’ri turtburchak), gayka uchun tayanch sirt 
gaykani kalit bilan mahkamlash paytida detal tayanch sirtida tirnalishlardan 
saqlash uchun; b) Agar detal yumshoq materialdan (alyuminiy, latun, bronza, 
yog’och va b) yasalgan bo’lsa bu holda gayka ostida kattaroq tayanch sirti bo’lishi 
lozim, chunki bu detalning pachaqlanishdan saqlaydi. Bolt va shpilka uchun tekis 
po’lat shaybalarning o’lchamlari GOST 280-76 va 281-76 bo’yicha olinadi. Ko’p 
tarqalgan shaybalar ikki xil bajarilishda bo’ladi: 1-bajarilish faskasiz, 2-bajarilish-
faska bilan (9.11-rasm, b). Bolt shpilka va gaykalarning o’z-o’zidan ochilib 
ketmasligi uchun prujinasimon shaybalardan foydalanadilar. Uning shakli xuddi 
kvadrat profilli rezbaning birta o’ramidek bo’lib, tayanch tekislikka nisbatan 70°-


158 
85° burchak ostida ko’ndalang kesilgan (9.11-rasm, c). Ularning o’lchamlari, 
materiali va qoplamalari GOST 6402-70 dan olinadi. 
Shplintlar
gaykalarning ochilib ketmasligi uchun ishlatiladi. Shplintlar 
maxsus kesimli (yarim doiraviy) yumshoq po’lat simlardan tayyorlanadi. Shplint 
halqasimon sirtmoqqa ega bo’lib ikkita uchi bo’ladi (ko’p hollarda biri katta biri 
esa kichik) (9.11-rasm, d). Belgilanisi: Shplint 5x28,2.019 GOST 397-79. Bunda 

Download 8,84 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish