145
2.
Bosh ko’rinish va boshqa zarur tasvirlarni tanlanash
. Bosh ko’rinishni
tanlash uchun, detalni joylashtirish variantlari berilgan va proyeksiyalash
yo’nalishi strelkalar bilan ko’rsatilgan. Bulardan o’ng
vaziyat yaxshiroq
hisoblanadi, chunki, chap yondan ko’rinishda detalning ko’pgina elementlarining
konturlari ko’rinadi, Bosh ko’rinish esa detalning shakli to’g’risida yaqqolroq
tasavvurni beradi. Ushbu vaziyatda detal shakli to’g’risida tasavvurga ega bo’lish
uchun uchta tasvir: bosh ko’rinish, yuqoridan ko’rinish va chapdan ko’rinish
yetarli. Bosh ko’rinishda frontal qirqim berish tavsiya etiladi. Bosh ko’rinish
shunday tanlangan-ki, bu mazkur detal shakli va o’lchamlari to’g’risida mumkin
qadar to’liqroq tushuncha hosil qilishni, hamda detalni tayyorlashda eskizdan
foydalanishni yengillashtirgan.