132
belgi qo’yiladi. 8.7-rasm,
b bunday yo’zuvlarning g’adir-budirlilik parametrlari
ma'lum qiymatga 500 mkm cheklangan bo’lsa, mazkur belgi 16.2.2-rasm,
c da
ko’rsatilgandek ifodalanadi.
8.7-rasm
Detallarning takrorlanadigan elementlarida (bir xil teshiklar, pazlar va
tishlarda) yuzalarning g’adir-budirlik belgisi faqat bir marta qo’yiladi. Rezbali
yuzalarga g’adir-budirlik belgilari 8.8-rasm,
a va 8.9-rasmda ko’rsatilgandek
qo’yiladi.
Mashina detallarini loyihalashda yuzalarning g’adir-budurligi, ularning
ishlash sharoitlarini va estetik ko'rinishlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Masalan, ora zazorli qo'zg’almas birikma detallari yuzalarining qadir-budurligi
3...4 klassda oraliqsiz (zazorsiz) bo'lganda esa 4...5 klassda bo'lishi lozim.
Qo’zg’aladigan birikmadagi detallarning bir-biriga tegib turadigan yuzalarining
qadir-budurligi 6...8 klasslarida bo'lishi kerak. 16.2.5-rasmda metall kesuvchi
asboblar bilan detallarga ishlov berilganda, yuzalarda qanday o'rtacha qadir -
budurlik qosil bo'lishi ko'rsatilgan. Detallar va buyumlar ish chizmalarida
yuzalarning qoplamalari, termik va boshqa ishlov berish turlari GOST 2.312-68
qoidalariga asoslanib belgilanadi.