295
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
Farg‘ona filiali “Al-Farg‘oniy avlodlari”
elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252
Tom: 1 | Son: 4 | 2023-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific
journal of Fergana branch of TATU named after
Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252
Vol: 1 | Iss: 4 | 2023 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-
Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени
Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252
Том: 1 | Выпуск: 4 | 2023 год
https://al-fargoniy.uz/
−
interfaol doska: Bu o‘qituvchilarga raqamli
kontentni taqdim etish va izohlash, talabalarni
interfaol faoliyatga jalb etish va real vaqtda
talabalar bilan hamkorlik qilish imkonini beradi.
Google Jamboard, Promethean ActivPanel va
SMART Board kabilar hozirgi kunda keng
qo‘llaniladi.
−
video
konferensiya
vositalari:
Bu
o‘qituvchilarga virtual sinf mashg‘ulotlarini
yaratish, masofaviy ta’lim berish va olis
joylardagi talabalar bilan bog‘lanish imkonini
beradi. Google Meet, Microsoft Teams va Zoom
kabilar zamonaviy va keng qo‘llaniladigan video
konferensiya vositalari hisoblanadi.
−
raqamli portfel: Bu talabalarga o‘z ishlarini
yig‘ish va namoyish etish, o‘rganishlari haqida
fikr yuritish va o‘qituvchilar va kursdoshlaridan
fikr-mulohazalarni
olish
imkonini
beradi.
Google Sites, Seesaw va WordPress kabilarda
raqamli portfel yaratish mumkin.
−
ma’lumotlarni vizuallashtirish vositalari: Bu
o‘qituvchilarga talabalar faoliyati va ta’lim
natijalari haqida tushunchaga ega bo‘lishida
grafik va diagrammalar kabi vizual formatlarda
ma’lumotlarni tahlil qilish va taqdim etish
imkonini
beradi.
Ma’lumotlarni
vizuallashtirishda Google Data Studio, Infogram
va Tableau kabilardan foydalanish mumkin.
−
ijtimoiy media platformalari: Bu o‘qituvchilarga
talabalar bilan bog‘lanish, o‘quv manbalarini
almashish va talabalar ta’lim faoliyatida ularni
faolligini oshirish imkonini beradi. Bunda
Facebook, Instagram va Twitter kabilardan
foydalanish mumkin.
−
plagiatni aniqlash: SIga asoslangan plagiatni
aniqlash dasturi talabalar ishini tahlil qilish va
plagiat
holatlarini
aniqlashda
TTQI
algoritmlaridan foydalanadi. Hozirgi kunda
plagiatni aniqlashni ko‘plab dasturlari mavjud.
Masalan, Copyscape, Grammarly va Turnitin
kabilar.
−
sinfda javob berish tizimlari: Bu o‘qituvchilarga
savollar berish va elektron qurilmalar orqali real
vaqt rejimida talabalar fikr-mulohazalarini olish
imkonini beradi. iClicker, Poll Everywhere va
Top Hat kabilar sinfda javob berish tizimlari
hisoblanadi.
−
raqamli baholash vositalari: Bu o‘qituvchilarga
talabalar bilim va ko‘nikmalarini turli savollar,
jumladan ko‘p tanlovli, qisqa javob va
insholardan
foydalangan
holda
baholash
imkoniyatini beradi. Edulastic, ExamView va
Google Forms kabilar raqamli baholash
vositalari hisoblanadi.
−
ta’lim muassasalari o‘qitish va baholashda
raqamli platformalar va o‘zaro bog‘liq tizimlarga
tobora ko‘proq tayanar ekan mustahkam
xavfsizlik choralariga bo‘lgan ehtiyoj birinchi
o‘ringa chiqadi. Bu esa kiber-xavfsizlik bo‘yicha
kuchli choralarini ko‘rishni talab etadi [27].