503
raqamlaridagi va kassadagi pul mablag‘i qoldig‘i ko‘payishida o‘z aksini
topgan.
Pul mablag‘lari oqimi koeffitsiyentining birdan pastligi pul
mablag‘lari sarfi kelib tushishiga nisbatan ko‘proq bo‘lganligidan,
hisobot davri oxirida pul va valuta mablag‘lari qoldig‘i kamayganligidan
dalolat beradi.
Mazkur koeffitsiyent korxona hisobot
davri boshida muayyan pul
qoldiq summasiga ega bo‘lganida birdan past bo‘lishi mumkin.
Pul mablag‘lari oqimi o‘zgarishining moyilligini, ularning korxona
moliyaviy ahvoliga ta’sirini
aniqlash, pul mablag‘lari oqimini
prognozlash uchun pul mablag‘lari oqimining so‘nggi
bir necha yil
ichidagi summasi, tuzilmasi va koeffitsiyentining o‘zgarishini tahlil
qilish lozim bo‘ladi.