391
10.9. Favquloddagi foyda va zararlar tahlili
Favquloddagi foyda va zararlar moliyaviy natijaviylikning uchinchi
tarkib qatori hisoblanadi. Uning qatoriga bevosita
tasodifiy holatlardan
ko‘riladigan natijalar kiritiladi. Masalan, suv toshqini yoki yer
qimirlashi, yong‘in, bo‘ronlar oqibatida yoki boshqa tabiat hodisalari
asosida ro‘y beradigan yo‘qotishlar kiritiladi. Favqulodda foyda yoki
daromadlar yoki zararlar qatoriga kiritiladigan a’lohida
moddalar
«Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan mahsulot (ish va
xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy
natijalarning shakllanishi tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda aniq
ko‘rsatilmagan.
Ularning faqat bitta sharti umumiy Nizomda belgilangan, ya’ni
yaqin uch yillik oraliqda korxona uchun
odatiy hol hisoblanmagan
holatlardan olinadigan daromadlar yoki foyda summasi korxona uchun
kutilmagan holatlardan olingan daromadlar sirasiga kiritiladi.
Kutilmagan yoki favqulodda holatlardan olingan daromadlar yoki
ular bo‘yicha yo‘qotishlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning
alohida tarkib qatori sifatida belgilangan.
Ularni korxonada rejalashtirish
amalga oshirilmaydi, ya’ni
favqulodda daromad va xarajatlar rejalashtirilmaydigan qatorga
kiritiladi. Ularning hozirgi paytda korxonalar faoliyat natijaviyligidagi
salmog‘i sezilarli ta’sirga ega emas.
10.10. Korxona hisob foydasi (soliq to‘loviga
qadar foyda) tahlili
Korxona hisob foydasi va uning tarkibiga
kiritiladigan qatorlar
to‘g‘risida yuqorida kengroq to‘xtalgan edik. Korxona hisob foydasi
asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan natija, moliyaviy
faoliyatdan natija, favqulodda faoliyatdan
yoki holatlardan natijasi
jamlangan holda joriy davr bo‘yicha korxonaning hisob foydasi
aniqlanadi. Korxona hisob foydasi davlatning va axborot foydala-
nuvchilarining e’tibor shartidagi asosiy qator hisoblanadi. Daromad va
xarajatlar ularning yuzaga chiqish vaqti va o‘rni bo‘yicha
yuritilgan
holda yakuniy natija ushbu qoida asosida tuziladi.
392
Korxona hisob foydasi yoki soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda
(zarar) summasidan foyda (daromad) solig‘i va foydadan boshqa
soliqlar, to‘lovlar va ajratmalarni chegirish asosida korxonaning joriy
davr bo‘yicha sof foyda (zarar) summasi aniqlanadi.
Respublikamiz
soliq qonunchiligiga muvofiq barcha xo‘jalik hisobidagi korxonalar
foyda (daromad) solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi va ularning ayrim
guruhi bo‘yicha doimiy va vaqtinchalik imtiyozlar belgilangan.
Boshqa soliqli to‘lovlar qatoriga respublika va mahalliy budjetga
tushadigan ayrim tur soliqlar kiritiladi. Yagona soliq to‘loviga o‘tgan
korxonalarda ushbu soliq turi olingan daromaddan qat’iy stavkalarda
hisoblanadi va to‘lanadi.