34
«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti haqida turli iqtisodiy adabiyot-
larda iqtisodchi olimlarning qarashlari turlicha talqin etilgan. Masalan,
iqtisodchi olim M.Q.Pardayev tahlilning predmetiga quyidagicha ta’rif
bergan: «tahlil fanining predmeti, xo‘jalik faoliyatida obyektiv (tashqi)
va subyektiv (ichki) omillar ta’sirida sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va
bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ma’lumotlar manbayida
ifodalangan ko‘rsatkichlar tizimi orqali uning holatiga baho berish va
yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqishni o‘rganishdan iboratdir».
Ushbu olimning fikrlariga qo‘shilgan holda, biz hozirgi bozor
iqtisodiyoti sharoitida «Iqtisodiy tahlil» fanining predmetiga quyida-
gicha ta’rif berishni lozim deb topdik.