bo'lib qoladi, unda yorilishlar kuzatiladi, tirnoqlar
tushib ketadi.
Radioaktiv nurlarning alfa va beta nurlari
tashqaridan ta'sir ko'rsatganda organizmning ten
qavati yetarlicha qarshilik ko'rsata oladi. Ammo bu
radioaktiv nurlar ovqat hazm qilish a'zolariga tushib
qolganda ularning zararli ta'siri kuchayib ketadi.
Ko'pchilik radioaktiv moddalar organizmning
ba'zi bir qismlarida yig'ilish xususiyatiga ega.
Masalan, jigar, buyrak va suyaklarda yig'ilishi butun
organizmni tezda ishdan chiqaradi.
Ba'zi bir radioaktiv moddalar zaharli bo'lib,
ularning zaharlilik darajasi eng xavfli zararli
moddalarnikidan ham yuqori bo'ladi.
Organizmning nurlanish dozasini hisobga olib
radioaktiv moddaning inson organizmidagi miqdorini
baholash mumkin.