.
Xavfsizlik
texnikasi
bo‘yicha
dastlabki
(umumiy) instruktajni
xavfsizlik texnikasi bo‘yicha
muhandis yoki bosh muhandis o‘tkazadi.
Dastlabki instruktaj vaqtida ishchilar mazkur
korxonaning umumiy xususiyatlari, o‘ziga xos
tomonlari bilan, ichki mehnat tartib-qoidalari,
baxtsizlik hodisalarini keltirib chiqaradigan asosiy
sabablar, xavfsizlik texnikasi qoidalarini bajarish
majburiyati, yakka tartibda himoyalanish vositalari va
ulardan foydalanish tartibi, baxtsizlik hodisasi ro‘y
berganda birinchi yordam ko‘rsatish yo‘llari bilan
tanishtiriladi. Bu instruktaj vaqtida ishchilar elektr
tokidan saqlanish qoidalari, yong‘inning oldini olish
va yong‘inga qarshi ko‘riladigan tadbirlar bilan,
tashkilot yoki korxona territoriyasida yurish-turish,
o‘tish tartibi bilan ham tanishtiriladi.
Xavfsizlik texnikasidan dastlabki instruktaj
o‘tkazilganligi haqida maxsus jurnalga yozib
qo‘yiladi. Instruktaj haqidagi jurnaldan olingan
ko‘chirma xodimning shaxsiy ishida saqlanishi kerak.
Ishchi qaysi rahbar ixtiyoriga yuborilsa,
ish
o‘rnida instruktaj (ishlab chiqarish instruktaji)
o‘tkazish
bevosita shu rahbar (master, mexanik,
energetik yoki ish boshqaruvchi, uchastkasi boshlig‘i
shu kabilar) zimmasiga yuklanadi.
Bu instruktaj paytida ishchiga uning mazkur ish
o‘rnida bajaradigan vazifalari aytib beriladi, mashina
va mexanizmlarning tuzilishi hamda ularni ishlatish
tartibi, elektr uskunalari hamda elektrlashtirilgan
asboblardan xavf-xatarsiz foydalanish qoidalari,
mavjud transport vositalari va yuk ko‘tarish
mexanizmlarini xavf-xatarsiz ishlatish yo‘llari, yakka
tartibda himoyalanish vositalaridan foydalanish tartib-
qoidalari tushuntiriladi, himoya moslamalari va
to‘siqlari, signal berish sxemalari hamda shaxsiy
gigiena qoidalari bilan tanashtiriladi. Instruktaj
oxirida bevosita ish o‘rnida xavf- xatarsiz ishlash
usullari qo‘llanib ko‘riladi. Bundan tashqari,
yaqindagina
ishga
qabul
qilinib,
dastlabki
instruktajdan o‘tgan ishga tajribali ishchiga 2-3 kun
birkitib qo‘yiladi.
Ishchi boshqa ishga o‘tkazalayotganida, ish
sharoitlari va xarakteri o‘zgartirilganida yoki alohida
xatarli ishlarni bajarish uchun ishlab chiqarish
topshirig‘i
berilganida
xavfsizlik
texnikasidan
qo‘shimcha instruktaj o‘tkazilib, xatarsiz ishlash
usullari amalda qilib ko‘rsatiladi. Kamida har olti
oyda bir marta barcha ishchilar uchun ish o‘rnining
o‘zida takror instruktaj tashkil etiladi.
Dastlabki instruktaj jurnalga yozilgani singari,
ish o‘rnida xavfsizlik texnikasidan o‘tkazilgan
instruktaj ham maxsus jurnalga yozib qo‘yiladi.
Ma’muriyat
|