16
1.8-rasm. TDMA sikli strukturasi
Bunda abonent kanal o’tkazish kengligining hammasidan faqat
ma’lum vaqt bo’laklarida foydalanishi mumkin.
Bunday vaziyatda qo’shni taymslotlar signallari bir birining ustiga
tushmasligi muhim. Bunga uzatish quvvatining haddan tashqari kattaligi,
kanaldagi xalallar, ishlatiluvchi uskunaning mukammal emasligi sabab
bo’lishi mumkin. Bu kabi slotlararo xalallardan qutilish uchun ko’pincha
maxsus vaqt intervali kiritiladi (1.9 ̵ rasm).
1.9-rasm. TDMA siklidagi vaqt intervali
Shunday qilib, agar bitta peredatchik energiyasining qismi unga
ajratilgan taymslot chegarasidan sizib o’tsa, u faqat axborot eltmaydigan
himoya intervaliga ta’sir etadi. Bunday intervalning kiritilishi aloqa
kanalining umumiy o’tkazish qobiliyatini pasaytirsada, xizmat sifatining
berilgan xarakteristikalarini madadlash uchun zarur.